O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi


Download 7.07 Mb.
bet36/36
Sana30.10.2023
Hajmi7.07 Mb.
#1733842
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Bog'liq
Асанов Дауран БМИ

Internet saytlari
1. www. tdpu. uz
2. www. pedagog. uz
3. www. Ziyonet. uz
4. www. edu. uz
5. tdpu-INTRANET. Ped
6. www.bimm.uz
Tinglovchi Asanov Dauranbek Jadigerovich tomonidan
“Elektromagnetizm modulini uqitishda pedagogick
texnologiyalarning urni”
mavzusidagi bitiruv ishiga


XULOSA

Hozirgi davrda mamlakatimiz oliy ta’lim tizimida bo‘lajak mutaxassislarni tayyorlash tizimini zamon talablari darajasida qayta tashkil etish maqsadida ta’limning xalqaro andozalaridan samarali foydalanish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Chunki dunyoning rivojlangan davlatlari o‘zgarishlarga tez moslasha oladigan va har qanday sharoitda raqobatlasha oladigan yosh mutaxassislarni tayyorlash borasida zamonaviy ta’lim tizimiga egadirlar.


Bitiruv ishi kirish qismi, ikkita bob, yettita paragraf, xulosa va takliflar hamda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat ekanligi, kirish qismida mavzuning dolzarbligi, maqsadi, vazifalari, predmeti va ob’yekti, amaliy ahamiyati izohlab o‘tilganligini ko‘rish mumkin.
Birinchi bob umumiy fizika fanini o’qitishning nazariy masalalariga bag’ishlangan bo’lib, unda fizika va astronomiya fani taraqqiyotining ustuvor yo’nalishlari va bu yo’nalishlarda so’nggi yillarda ochilgan ba’zi kashfiyotlar hamda ularning qo’llanilish sohalari yoritilgan. Bobda shuningdek, fiizika va astronomiyani o’qitishda innovatsiyalar va ilg’or xorijiy tajribalar haqida ham ma’lumotlar berilgan.
Ikkinchi bobda oliy ta’lim tizimida “Elektromagnetizm modulini uqitishda pedagogick texnologiyalarning urni” moduli bo’yicha ma’ruza matni, nazariy va amaliy mashg’ulotlar uchun ishlanmalar hamda keyslar ishlab chiqilgan. Ishlanmalarda talabalarda kreativ sifatlarni shakllantirishda ijobiy ta’sir ko’rsatadigan “Aqliy hujum”, “Venn diagrammasi”, “Assesment” va “Keys-stadi” metodlari qo’llanilishi nazarda tutilgan. Modul doirasida turli qiyinlik darajasiga ega bo’lgan nostandart testlar, sillabus va glossariy kabi pedagogik ta’minot vositalari yaratilgan. Bitiruv ishda keltirilgan ma’lumotlarga tayangan holda xulosa va takliflar ishlab chiqilqan. Bitiruv ishi o‘z maqsad va vazifalariga ko‘ra yakunlanganligini hamda unga qo’yiladigan talablarga mos holda tayyorlanganligini inobatga olib, uni himoyaga tavsiya etaman.
Ilmiy rahbar: K. Nasriddinov
Nizomiy nomidagi TDPU, fizika va astonomiya
o’qitish metodikasi kafedrasi professori, f-m.f.d.
Tinglovchi Asanov Dauranbek Jadigerovich tomonidan
“Elektromagnetizm modulini uqitishda pedagogick
texnologiyalarning urni”
mavzusidagi bitiruv ishiga
TAQRIZ

Hozirgi davrda butun dunyoda yuz berayotgan global o‘zgarishlar, fan va texnologiyalarning tez sur’atlarda rivojlanayotgani mamlakatimiz ta’lim tizimi oldiga yuqori malakali, ijodkor, faol va tashabbuskor mutaxasislarni tayyorlash vazifasini qo‘ymoqda. Bunday vazifalarni xal etish uchun ta’lim sifatini mutlaqo yangi bosqichlarga ko‘tarish, talabalarda kreativ xarakterga ega shaxsiy sifatlarni hamda kreativ tafakkurni rivojlantirish talab etiladi.


Ushbu bitiruv ishi kirish qismi, ikkita bobdan iborat asosiy qismlardan hamda xulosa qismidan tashkil topgan. Ishning kirish qismida mavzuning dolzarbligi asoslangan, uning maqsad va vazifalari, predmeti va ob’yekti aniqlangan.
Birinchi bobda fizika va astronomiya fani taraqqiyotining ustuvor yo’nalishlari xususan, elementar zarralar fizikasi, yadro fizikasi, qattiq jism fizikasi, nanofizika va nanotexnologiya kabi sohalarda olib borilayotgan ilmiy izlanishlar va songgi yillarda shu yo’nalishlarda ochilgan ba’zi kashfiyotlar haqida ma’lumotlar keltirilgan. Bobda shuningdek, fizika fanini o’qitishdagi innovatsiyalar va ilg’or xorijiy tajribalar qisman o’rganilgan va tahlil etilgan.
2- bobda oliy ta’lim tizimida “Elektromagnetizm modulini uqitishda pedagogick
texnologiyalarning urni” moduli bo’yicha didaktik ishlanmalar tayyorlangan. Xususan modul doirasida nazariy mashg’ulot uchun ma’ruza matni, ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar uchun ishlanmalar, keyslar, turli qiyinlik darajasiga ega bo’lgan nostandart testlar hamda glossariy tayyorlangan.
Bitiruv ishda keltirilgan ma’lumotlarga tayangan holda xulosa va takliflar ishlab chiqilqan.
Bitiruv ishi o‘z maqsad va vazifalariga ko‘ra yakunlanganligini inobatga olib, uni himoyaga tavsiya etish mumkin.



1“Туркистон” газетаси. 2014 йил 18 январ № 005 (15747)

2


3К.Насриддинов.Физика ва астрономия фанларининг тараққиёт тенденциялари ва инновациялари.T., TDPU, 2018.



4К.Насриддинов.Физика ва астрономия фанларининг тараққиёт тенденциялари ва инновациялари.T., TDPU, 2018.



5К.Насриддинов.Физика ва астрономия фанларининг тараққиёт тенденциялари ва инновациялари.T., TDPU, 2018.



6К.Насриддинов.Физика ва астрономия фанларининг тараққиёт тенденциялари ва инновациялари.T., TDPU, 2018.



7 Х.М.Маҳмудова. Олий таълимда физика ва астрономия фанларини ўқитиш методикаси. T., TDPU, 2018.

8 Н.А.Муслимов, М.Ҳ.Усмонбоева. Инновацион таълим технологиялари ва педагогик компетентлик.
T., TDPU, 2018.


9 Benjamin Crowel Newtonian Physics , p 43

Download 7.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling