O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi


Download 7.07 Mb.
bet34/36
Sana30.10.2023
Hajmi7.07 Mb.
#1733842
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Bog'liq
Асанов Дауран БМИ

XULOSA VA TAVSIYALAR

Ushbu bitiruv ishini yozish davomida hozirgi davrda ta’lim jarayonida qo’llanilayotgan turli interfaol metodlar o’rganildi, barcha sohalarda bo’lgani kabi oliy ta’lim tizimiga ham kiritilayotgan innovatsiyalarning mohiyati va yo’nalishlari ko’rib chiqildi. Umumiy fizika kursining mexanika bo’limi kinematika modulining mavzularini o’qitish samaradorligini oshirishda mazkur innovatsion ta’lim texnologiyalardan foydalanishning nazariy va uslubiy asoslari o’rganildi.


Ushbu bitiruv ishini yozish davomida quyidagi vazifalar bajarildi:
- bitiruv ishini 1-bobni yozish davomida hozirgi davrda fizika fani taraqqiyotining ustuvor yo’nalishlari bilan tanishildi;
- fizika fanini o’qitishdagi innovatsiyalar va ilg’or xorijiy tajribalar haqidagi ma’lumotlar organildi va tahlil etildi;
- oliy ta’lim tizimida umumiy fizika kursining mexanika bo’limiga qarashli kinematika modulining horijiy adabiyotlardan foydalanilgan holda ma’ruza matni, uning o’qitish texnologiyasi, texnologik xaritasi hamda ilovalari ishlab chiqildi. Ushbu ma’ruza darsi ishlanmasida “blits-so’rov”, “aqliy hujum” metodlari hamda krossvorddan foydalanish nazarda tutilgan;
- “moddiy nuqta kinematikasi” mavzusi bo’yicha “Kichik guruhlarda ishlash” metodi qo’llanildan amaliy mashg’ulot ishlanmasi tayyorlandi;
- kinematika moduli doirasida ma’ruza va amaliy mashg’ulotlarda foydalanish uchun nazorat savollari, keyslar, SWOT tahlil, assesment topshirig’i, joriy va oraliq nazoratlar uchun standart va nostandart testlar (Blum taksonomiyasi bo’yicha), sillabus kabi pedagogik ta’minot vositalari yaratildi;
- modul bo’yicha o’zbekcha, ruscha va inglizcha variantlarda asosiy tayanch so’zlar va iboralar hamda ularning sharxi - glossariy tayyorlandi;
- kinematika modulining elektron o’quv –uslubiy majmuasining dastlabki varianti ishlab chiqildi. Bunda asosan ISpring Suite 7, Autoplay Media studio 8 dasturlaridan samarali foydalanildi.
Bitiruv ishini bajarish mobaynida mavzuga tegishli nazariy materiallarni o’rgangan holda hamda malaka oshirish davrida turli modullar bo’yicha olgan ma’lumotlarga tayanib, quyidagi xulosa va takliflarni bildiraman:

  1. Fizika va astronomiyani o’qitishda to’g’ri va o’rinli qo’llanilgan interfaol ta’lim metodlari darsning sifati va samadorligiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi hamda talabalarning darslarda faol qatnashishlarini ta’minlaydi;

  2. Turli interfaol ta’lim metodlarini dars jarayoniga va uning bosqichlariga to’g’ri tanlash o’qituvchidan ijodkorlikni va o’z ustida muntazam ishlashini talab etadi;

  3. Fizika va astronomiyani o’qitishda amaliy mashg’ulotlarda “Kichik guruhlarda ishlash”, “Assesment topshirig’i”, “SWOT tahlil” va “Keys-stadi” singari interfaol metodlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir;

  4. Talabalarning joriy va oraliq nazoratlarda fan bo’yicha egallagan bilim, malaka va ko’nikmalarini aniqlashda va baholashda nostandart test topshiriqlaridan foydalanish nazoratning haqqoniyligi, keng qamrovliligini ta’minlaydi.

Men ushbu bitiruv ishini tayyorlash jarayonida hamda malaka oshirish davrida turli modullar bo’yicha hozirgi davrda ta’lim jarayonida qo’llanilayotgan ko’plab innovatsion ta’lim metodlari (“Assesment topshirig’i”, “SWOT tahlil”, “Keys-stadi” va boshqalar) haqida, virtual ta’lim o’quv dasturlari (ISpring Suite 7, Autoplay Media studio 8, HotPotatoes 6, videomontaj va boshqalar) hamda nostandart testlar va ularni tayyorlash yuzasidan ma’lumotlarga ega bo’ldim. Men o’zimning kelgusi pedogogik faoliyatimda ulardan samarali foydalanaman degan umiddaman.



Download 7.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling