O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi toshken moliya instituti iqtisodiyot fakulteti “iqtisodiyot” kafedrasi


Download 52.06 Kb.
bet5/7
Sana01.11.2023
Hajmi52.06 Kb.
#1738036
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
O‟zbekist-fayllar.org

1.2 Mulk obyektlari va subyektlari.

Mulkchilik munosabatlari uning obyektlari va subyektlari boʻlishini shart qilib qoʻyadi. Mulkka aylangan barcha boylik turlari mulkchilik obyektlaridir. Mulk obyekti boʻlib, inson yaratgan moddiy va maʼnaviy boyliklar, tabiiy boyliklar, aqliy mehnat mahsuli, insonning mehnat qilishi qobiliyati - ishchi kuchi va boshqalar hisoblanadi. Mulk obyektida asosiy boʻgʻin - bu ishlab chiqarish vositalariga egalik qilish hisoblanadi. Ishlab chiqarish vositalari kimniki boʻlsa, ishlab chiqarilgan mahsulot ham unga tegishli boʻladi.


Real hayotda ishlab chiqarish vositalarining umumlashish darajasi turli xil, yaʼni ishlab chiqaruvchilarning ishlab chiqarish vositalari bilan qoʻshilishi turli darajada va turli shakllarda amalga oshiriladi. Shunga mos ravishda mulk subyektlari vujudga keladi. Mulk subyekti jamiyatda maʼlum ijtimoiy-iqtisodiy mavqeiga ega boʻlgan, mulk obyektini oʻzlashtirishda qatnashuvchilar, mulkiy munosabatlar ishtirokchilari boʻlib, ular jamoa, sinf, tabaqa yoki boshqa ijtimoiy guruhlarga birlashgan boʻladi. Ayrim kishilar, oilalar va davlat ham mulkchilik subyekti boʻlib chiqadi.
Mulk obyektlari va subyektlari yordamida mulkchilik munosabatlari va huquqlarini

yanada yaqqolroq tushunish mumkin. Mulkchilik munosabatlari – bu mulk obyektini oʻzlashtirish boʻyicha mulk subyektlari oʻrtasidagi iqtisodiy munosabatdir.Mulk subyektlari koʻp darajali boʻlib, shu subyektlardan birontasi oʻzini mulk egasi sifatida yuzaga chiqara olmasa, unda mulkchilik munosabatlari rasmiy va yuzaki tus oladi.





  1. Mulkchilikning turli shakllari va ularning iktisodiy mazmuni.

Mulk shakllari: Rejali iktisodiyotdan bozor iktisodiyotiga utishda ishlab chikarish vositalariga ijtimoiy mulk atalmish davlatlashtirigan mulk shakllarining uzgartirilishi asosida asta-sekin turli nodavlat mulk shakllariga utib boriladi. Aralash iktisodiyot sharoitida kuyidagi mulk shakllari mavjud:



  1. Davlat mulki. Aralash iktisodiyotda mudofaa, davlat boshkaruvi, ijtimoiy tartibni muxofaza kilish, yagona energetika tizimini taʼminlash, fundamental fanni rivojlantirish, yer, yer osti va ustki boyliklari, foydali kazilmalar, suv va suv inshootlari, tabiatni muxofaza kilish kabi bir kator obyektlar kiradi.



  1. Jamoa mulki. Jamoa mulki mazkur jamoa aʼzolarining mexnati bilan yaratilgan maxsulotga tula egalik kilish, foydalanish va tasarruf etishlari borasidagi obyektlardir. Bunda mexnat jara yonida ishtirok etuvchilar xam, uning natijasini uzlashtiruvchilar xam aynan bir kishilardir. Jamoa mulki mayda mulk egalarining kungilli, xayrixoxlik vaziyatda barchalari mavjud mulklarni birlashtirish asosida tashkil etilgan.



  1. Ijaraga olingan korxona jamoasi mulki. Bu mulk avvalo ijarachilarga tegishli mulkdir. Yerni va boshka ishlab chikarish vosi talarini ijaraga olish bilan mulkchilik xukuki ijaraga berayotgan shaxsdan olayotgan odamga utmaydi.


Mulkchilikning egalik xukuki, ijaraga berayotgan shaxsda koladi. U uz mulkidan foydalanish va uni tasarruf etish xukukini shartnomada kursatilgan muddatda vaktincha, ijaraga olayotgan shaxsga beradi. Mulkchilikning uzlashtirish munosabati muayyan sharoitda mazkur obyektda yaratilayotgan maxsulotni ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchi subyektlar urtasida kelishilgan nisbatlarda taksimlanishi borasida sodir buladi.



  1. Xissadorlik uyushmasi.Uyushma tashkil etuvchilarning maʼlum maksadini amalga oshirish uchun barchaga umumiy bulgan asoslarda, ammo xar bir aʼzoning mulkka kushgan turlicha mikdordagi xissasi orkali vujudga keladi.



  1. Yakka mulk. Bu mulk mulkning bir subyekt tomonidan uzlashti rilishini ifodalaydi. Yakka mulk egasi, avvalo uz mexnati, uz ishlab chikarish vositalari bilan maxsulot yaratadi. Uz maxsuloti va daromadini uz xoxishiga muvofik tasarruf etadi.



  1. Shaxsiy mulk. Bu mulk - insonlarning yakka isteʼmol buyumlaridan foydalanish, uni uzlashtirish, tasarruf kilish va unga egalik kilish munosabatidir. Shaxsiy mulk jamiyat aʼzolarining shaxsiy isteʼmolini taʼminlash uchun zarur bulgan uy-joy, trans port vositasi, radio, televizor, mebel, uy-ruzgor buyumlari va boshkalar.



  1. Xususiy mulk. Bu mulk maʼlum shaxslarga karashli bulib, daromad topishga yunaltirilgan mulkdir. Xususiy mulkning asosiy obyekti ishlab chikarish vositalaridir.



  1. Kushma korxonalar mulki. Bu mulk kamida ikkita davlat ishtirokida tuzilgan kushma korxona mulkidir. Bozor munosabatlariga utish mamlakat


iktisodiyotiga chet el kapitalining kirib kelishiga yul ochdi. Respublikamizda faoliyat kursatayotgan kushma korxonalarga misol: “UzDEU”, “AnTEKST”, “SamKUCHAVTO” va boshkalar. Shunay kilib jamiyatda mavjud extiyojlarning turli-tumanligi uchun ularni xar tomonlama kondirish fakat turli mulk shakllarining birgalikdagi mulkiy munosabatlar majmuasida xam bulishi mumkin.


Xalk xujaligi uzaro boglangan, bir-biri bilan rakobatda bulgan turli mulk shakllarining isteʼmolchilari kurashida namoyon buladi.

Davlat mulki uzining roli, vazifasi, maksadi bilan boshka bozor mulki shakllardan tupdan fark kiladi. Davlat mulkining bozor iktisodiyotida amal kilish chegarasi uzgargan. Bu xol davlatning xususiylashtirish siyosati bilan boglik. Davlat mulkining funksiyalari xam uning maksadi bilan uzviy boglik. Bunday xollarda korxonalar xatto daromad kamaysa xam ijtimoiy iktisodiy maksadalarni amalga oshirishga muljallangan buladi.

Bozor iktisodiyotidagi boshka mulk shakllarini taxlil kilganimizda tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish shakllariga kuprok eʼtibor beramiz. Bu narsa mulk shakllarining tarkkiy etish yuli bilan boglik.

Bozor mavjud bulgan eng oddiy shakl- bu individual va oilaviy mulk shakllaridir. Mazkur mulk shakllari asosan kichik biznes va fermerlikka xos. Jamiyat ishlab chikarish kuchlarining rivojlanishi va kapitalni birlashtirishni talab kiladi. Bu xol ikki yunalishni rivojlantirib yubordi, bir tomondan jamoa yollanma mexnati asosida xususiy mulk rivojlandi, boshka tomondan jamoa kushma mulkning rivojlanishi kuzatildi. Bozor iktisodiyotida bu mulk shakllari aloxida - aloxida keng tarkalmokda. Kichik biznesda, kichik korxonalarda

samaradorlik ancha yukori buldi. Jamoa manfaati bilan individual manfaatni kushishining eng yaxshi yuli mulkning aksionerlik shaklidir. Chunki aksioner jamiyat kanchalik iktisodiy jixatdan bozor sharoitida talab va taklifga muvofik faoliyat yurgizib, yaxshi daromad olsa uning xar - bir aʼzosi yoki aksiya egasi shu korxona uchun kayguradi. Shu bois aksionerlik mulk shakli bozor iktisodiyotining aosini tashkil kildi.
Lekin xozirgi sharoitda xar bir mulk shaklida faoliyat yurgizayotgan korxonalarda salbiy xolatlar xam uchrab turadi.
Bozor iktisodiyoti mulkchilik shakllarining xilma-xil boʻlishini talab kiladi, chunki tovar muayyan mulk obyekti boʻlgandagina oldi-sotdi kilinadi. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ham: “Bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan Oʻzbekiston iqtisodiyotining negizini xilmaxil shakllardagi mulk tashkil etadi” deb taʼkidlanadi. -

Jamiyat rivojining hozirgi bosqichida bu mulk oʻz ichiga davlat mulkidan tashqari, ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatish va matlubot sohalaridagi jamoa mulkining xilma- xil turlarini, ijtimoiy tashkilotlar mulkini, uy xoʻjaligi va shaxsiy tomorqa xoʻjaligi hamda yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan mehnatkashlarning shaxsiy mulkini, tashqi iqtisodiy munosabatlar sohasidagi aralash mulk shakllarini va xususiy mulklarni oladi. usiy mulklarni oladi.

Shu sababli Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida turli-tuman mulklar kuyidagi mulk shakllariga kiritiladi: davlat mulki, jamoa mulki, xususiy mulk, shaxsiy mulk, aralash mulk.
Mulkchilik turli shakllarining mavjud boʻlishi va ularning iqtisodiy mezoni, avvalo,

ishlab chikaruvchi kuchlarning rivojlanishi va ishlab chikarishning umumlashuvi darajasi bilan bogʻliq. Shu bilan birga mulkchilik shakllari ishlab chiqaruvchi kuchlarning holati, ijtimoiy mexnat tri ishlab chistыy m taqsimoti va tashkiliy- iqtisodiy munosabatlarining yetuklik darajasi bilan mos kelishi zarur.


Oʻzbekistonda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning mulkchilik shakllari buyicha taqsimlanishi quyidagi maʼlumotlar bilan tavsiflanadi (yil boshiga, umumiy soniga % hisobida).

Davlat mulki. Mulk davlatga tegishli boʻlganda mulkka egalik qilish, foydalanish va uni tasarruf qilish davlat ixtiyorida boʻladi. Davlat mulki asosan ikki yul bilan hosil boʻladi:

Xususiy mol-mulkni milliylashtirib, davlat qoʻliga olish. Davlat mablagʻlari hisobidan korxonalar qurish, davlatga qarashli korxona va tashkilotlarda investitsiyalarni amalga oshirish yoʻli bilan.

Davlat mulki haqiqatda ham xalqqa qarashli boʻlgan, boʻlinmaydigan yoki umumiy resurslardan foydalanish uchun juda mosdir. Bunga misol qilib takror ishlab chiqarib boʻlmaydigan tabiiy resurslarni, yirik inshootlar va transport vositalari, yullar kabi iqtisodiy tuzilmaning kattagina kismini koʻrsatish mumkin.

Oʻzbekistonda Fuqarolik Kodeksiga muvofiq davlat mulki respublika mulkidan va maʼmuriy-hududiy (munitsipal) tuzilmalar mulkidan iborat buladi. Yer, yer osti boyliklari, suv, havo boʻshligʻi, oʻsimlik va hayvonot rabout pecypchap, pecryin dunyosi hamda boshqa tabiiy resurslar, respublika hokimiyati va boshqaruv tuzilmalari mol-mulki, davlatga qarashli madaniy va tarixiy boyliklar, byudjet mablagʻlari, oltin zaxirasi, valyuta fondi va boshqa davlat fondlari respublika mulki hisoblanadi.

Maʼmuriy-hududiy (munitsipal) tuzilmalar mulkida davlat xokimiyati mahalliy


organlari mol-mulki, mahalliy byudjet mablagʻlari, munitsipal uyjoy fondi va kommunal xoʻjaligi korxonalari va boshqa mulkiy majmualar, xalk taʼlimi, madaniyat, sogʻliqni saqlash muassasalari kabilar mol-mulki buladi.
Bozor iqtisodiyotiga oʻtayotgan mamlakatlarda iqtisodiyotni erkinlashtirish vazifasi davlat mulki monopoliyasini qisqartirishni taqozo qiladi. Chunki sogʻlom bozor iktisodiyoti davlat monopoliyasi bilan chikishmaydi, monopoliya raqobatga toʻsqinlik qiladi.

Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish oqibatida iqtisodiyotda davlat mulkining ulushi kamayib u asosan jamoa mulkiga, ayrim hollarda fuqaro mulkiga va xususiy mulkka aylanadi.

Davlat korxonalarining asosiy fondlar, ishlovchilar soni, yalpi milliy mahsulot va milliy daromad yaratishdagi hissasi qisqarib, ayni vaktda boshqa mulkka mansub korxonalar hissasi ortib boradi.

Jamoa mulki - muayyan maqsad yoʻlida jamoaga birlashgan kishilar tomonidan moddiy va maʼnaviy boyliklarni hamjihatlik bilan Oʻzlashtirishni bildiradi. Jamoa mulki davlat mulkini korxona jamoasi sotib olishi, badal toʻlab korxona kurishi, aksiya chiqarib, ularni sotish kabi yoʻllar orqali ali paydo boʻldi. Jamoa mulkining muhim xususiyati shundaki, bunda ishlab chiqarish vositalari va mehnat mahsuliga ayrim shaxslar emas, balki maʼlum guruh, kishilar egalik qiladi.

Jamoa mulkiga kooperativlarning, ijara va jamoa korxonalarining, aksionerlar jamiyatlari, xoʻjalik jamiyatlari va shirkatlarining, jamoa tashkilotlari va diniy tashkilotlarning mulki kiradi.

Kooperativlar mulkining asosiy belgisi ishlab chiqarish vositalari va uning natijalarini oʻzlashtirishning jamoa-guruh xususiyatidir. Mulkchilikning bu turida ishlab

chiqaruvchilarning ishlab chiqarish vositalari bilan koʻshilishi muayyan mehnat jamoasi doirasida roʻy beradi. Ishlab chiqarish vositalaridan foydalanish va ularni oʻzlashtirish mulk egasi boʻlmish mehnat jamoasi doirasida amalga oshiriladi, hamda jamoa va shaxsiy iqtisodiy manfaatlarning mushtarakligi vujudga keladi.
Kooperativlar qishloq xoʻjaligida, sanoat, qurilish, transportda, savdo va umumiy ovqatlanish, pulli xizmatlar sohasida hamda ishlab chikarish va ijtimoiy-madaniy hayotning boshqa tarmoqlarida, ilmiy va ilmiy-texnikaviy xizmat koʻrsatish sohalarida barpo etilishi va faoliyat koʻrsatishi mumkin.

na kooperativnari uz azolar Ishlab chikarish kooperativlari uz aʼzolarining shaxsiy mehnatiga asoslanadi. Ishlab chiqarish va xizmatlarning boshqa sohalaridagi kooperativlarning har biri oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlib, ular ichida qishloq xoʻjaligi kooperativlari alohida ajralib turadi.

Qishloq xoʻjalikishlab chiqarish kooperativlarining asosiy shakli jamoa va shirkat xoʻjaliklaridir.

Masalan, jamoa xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjalik korxonalari doirasida yer uchastkalari va asosiy fondlarni ijaraga olish sharoitida daromadlari pirovard natijaga bogʻliq ravishda shakllanadigan fermer xoʻjaliklari rivojlanmokda.

Mulkchilikning davlat shakli bilan bir qatorda sohani rivojlantirishning bir qator masalalarini yechishda (uy-joy, ijtimoiy infrastrukturaning boshqa obyektlari- sanatoriyalar, dam olish uylari, bolalar bogchalari va shu kabilarni kurish) kooperativlar roli oshib bormokda.
Mexnatkashlarning shaxsiy mulki asosida ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish sohalari, uy kurilish kooperativlari, bogʻ-tomorqa shirkatlari va shu kabi kooperativlar rivojlanmokda.
Shaharlarda aholining tovarlar va xizmatlarga boʻlgan talabini yaxshiroq qondirish maqsadida davlat korxonalari va tashkilotlari uning tasarrufidan chiqarilib turli xil matlubot kooperatsiyalari vujudga kelmokda. Matlubot kooperatsiyasining mulki mulkchilikning davlat va boshqa shakllaridan kelib chiqadi. Mulkchilikning bu shakli faoliyatida uning aʼzolari oʻz mehnati bilan ishtirok etishi shart emas. Matlubot kooperatsiyalari mustaqil yoki turli korxona, tashkilot va muassasalar qoshida tashkil qilinishi mumkin. Matlubot kooperatsiyasi tizimi xizmat kursatish, shaxsiy tomorqa xoʻjaligida yetishtirilgan mahsulotlar va xalq hunarmandchilik buyumlarini shartnoma asosida sotishni taʼminlashda belgilangan huquqlardan foydalanadi.

Shaxsiy mulk-mulk shakllari ichida muhim oʻrin tutadi. Shaxsiy mulk bu fuqarolar mulki boʻlib, ularning shaxsiy yoki oilaviy ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi. Bu mulk shakli asosan shaxsning yoki uning oila aʼzolarining mehnati asosida koʻpayadi va rivoj topadi.

Fuqaroning shaxsiy mulki asosan ularning ijtimoiy ishlab chiqarishda ishtirokidan, oʻz xoʻjaligini yuritishdan tushgan mehnat daromadlari hisobiga vujudga keladi va kupayadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida shaxsiy mulk aksiyadan keladiga lk aksiyadan keladigan dividend, bank foizlari, xususiy sohibkorlik daromadi kabi yangi manbalarga asoslanadi.

Shaxsiy mulk obyektlari bu turar joylar, bogʻ-hovli va uylar, transport vositalari, pul jamgʻarmalari, uy-roʻzgor va shaxsiy isteʼmol buyumlari, yakka tartibda va boshqa xoʻjalik faoliyati uchun kerakli ishlab chiqarish vositalari, ularda hosil qilingan mahsulot va boshqalar boʻlishi mumkin. “Oʻzbekiston Respublikasida mulkchilik

toʻgʻrisida”gi qonunda kursatilganidek, savdo, umumiy ovqatlanish, maishiy xizmat sohasidagi, xalq xoʻjalik faoliyatining boshqa tarmoqlaridagi maydaroq korxonalar fuqaro va ularning oila aʼzolarining mulki boʻlishi mumkin. Shaxsiy mulk obyektlari ehtiyojlarini qondirish doirasidan chiqib, daromad topish yoʻlida ishlatilishi ham mumkin.
Xususiy mulk ayrim sohibkorlarga qarashli yollanma mehnatga asoslangan va oʻz egasiga foyda keltiruvchi mulkdir.

Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida (7-modda), xususiy mulk oʻz mol- mulkiga xususiy egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqidan iboratdir deb koʻrsatilgan. Shu bilan birga xususiy mulk boʻlgan mol-mulkning mikdori va kiymati cheklanmasligi taʼkidlanadi.

Xususiy mulk ham, boshqa har qanday mulk shakllari kabi, oʻzining ijobiy va salbiy tomonlariga ega. U, soʻzsiz, tashabbuskorlik va tadbirkorlikni, mehnatga maʼsuliyatlilik munosabatlarini ragʻbatlan tiradi. Shu bilan birga, tovar ishlab chiqarish sharoitida u xufyona daromad orttirishga intilish hissini tugʻdiradi. Mulkchilikning bu shaklini tan olish xalk xujaligida uni qoʻllash foydali boʻlgan boʻgʻinlarni aniqlash, uni tartibga solishning moliyaviy va huquqiy mexanizmlarini shakllantirishni taqozo qiladi. Lekin xususiy mulkchilikni bunday tan olish uni mutlaqlashtirish bilan umuman bogʻliq emas. Bu mulk sotib olingan ishlab chikarish vositalari asosida mustaqil xoʻjalik yuritish yoki davlat korxonalari, kooperativ firmalar, magazin, oshxona va shu kabilarni sotib olish orqali vujudga kelishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida xususiy mulkni shakllantirish manbalari ham koʻrsatiladi. Tadbirkorlik bilan shugʻullanish, yollanib ishlash, kredit muassasalariga qoʻyilgan mablagʻlar, qimmatli qogʻozlardan olinadigan daromadlar, meros tartibda mol-mulkni qoʻlga kiritish kabilar ana shunday manbalar boʻlishi

mumkin. Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligidan boshqa ay ayrim faoliyatlarda yer ham xususiy mulk obyekti boʻlishi mumkin. Shu sababli Respublika qonun hujjatlariga (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 21 Farmonining 3-bandi) muvofiq savdo, xizmat kursatish sohasi obyektlarini ular joylashgan yer uchastkalari bilan birga tanlov asosida sotilishiga ruxsat beriladi. Mazkur yer uchastkalariga xususiy mulk huquqining hamma meʼyorlari taalluqli boʻlib, ular sotilishi, vasiyat qilib koldirilishi yoki ijaraga berilishi mumkin. Biroq yerning boshqa toifalari, jumladan, umumiy foydalanishdagi yerlar, qishloq xoʻjalik ekinzorlari va davlat zahirasiga kiritilgan yerlar davlatning alohida mulk obyektlaridir va shu sababli ular fuqarolarga faqat meros qilib qoldirish
huquqi bilan umrbod egalikka berilishi mumkin.

Turli shakldagi mulklarning birikib ketishi natijasida aralash mulk paydo boʻladi. Bu mulk alohida olingan obyektning turli mulkdorlar ishtirokida oʻzlashtirilishini bildiradi.


Oʻzbekistonda bozor iqtisodiyotiga oʻtish davrida mulkchilikning turli xil shakllarini vujudga keltirish asosiy maksad emas. Bu faqat ishlab kudga keltirish asosii i chikarishni rivojlantirish va uning samaradorligini oshirishning barcha imkoniyatlaridan toʻliq foydalanish, tashabbuskorlik va sogʻlom raqobatni vujudga keltirish uchun qulay muhit yaratishga qaratilgandir.

Download 52.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling