O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi toshken moliya instituti iqtisodiyot fakulteti “iqtisodiyot” kafedrasi
Mulkchilik munosabatlarining mohiyati mazmuni
Download 52.06 Kb.
|
Oâzbekist-fayllar.org
Mulkchilik munosabatlarining mohiyati mazmuni.Mulkchilik munosabatlarining mohiyati va iqtisodiy mazmuni va uning obyektlari va subyektlari - bu: Mulkchilik munosabatlari har qanday jamiyat iqtisodiy tizimining asosiy munosabatlaridan birini tashkil qilib, insoniyat taraqqiyotining mahsuli hisoblanadi. Mulkchilik munosabatlari moddiy va maʼnaviy neʼmatlarni ishlab chiqarish hamda jamiyat boyliklarini oʻzlashtirish jarayonlarida vujudga keladi. Shunday ekan, mulkchilik munosabatlari - bu mulkka egalik qilish, foydalanish, tasarruf etish va oʻzlashtirish jarayonlarida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlardir. Mulkka egalik qilish mulkning egasi qoʻlida saqlanib turishini bildiradi va yaratilgan moddiy boyliklarni oʻzlashtirishning ijtimoiy shaklini ifodalaydi. Ayrim hollarda mulkka egalik qilish uning egasi ixtiyorida saqlangan holda, undan amalda foydalanish esa boshqalar qoʻlida boʻladi. Bunga ijaraga berilgan mol-mulkni misol
Mulkchilik jamiyatdagi ham huquqiy, ham iqtisodiy munosabatlar mazmunini oʻzida ifodalaydi. Mulkchilikning huquqiy va iqtisodiy mazmuni oʻzaro bogʻliq va bir-birini taqozo qiladi, shu sababli mulkchilik bir vaqtda ham iqtisodiy, ham huquqiy kategoriya hisoblanadi. Bu birlikda, yuqorida koʻrsatilganidek, hal qiluvchi rolni mulkchilikning iqtisodiy tomoni egallaydi. Agar mulk iqtisodiy jihatdan roʻyobga chiqarilmasa, yaʼni oʻzlashtirilmasa, ishlab chiqarishda foydalanilmasa yoki mulk egasiga daromad keltirmasa, bunda u “huquqiy” kategoriya sifatida qoladi. Mulkchilik xoʻjalik va tadbirkorlik faoliyatining turli shakllari orqali iqtisodiy jihatdan roʻyobga chiqariladi. Boshqa tomondan, mulkchilikning huquqiy jihati uning iqtisodiy tomoniga nisbatan faqat boʻysinuvchi rol oʻynamaydi. Bu shunda koʻrinadiki, ishlab chiqarish vositalariga maʼlum huquqiy egalik qilmasdan, hech kim ishlab chiqarish jarayonini amalga oshira olmaydi, ishlab chiqarish vositalari va ishlab chiqarilgan mahsulotdan foydalana olmaydi. Shu sababli mulkchilikning huquqiy normalari (yegalik qilish, tasarruf qilish, foydalanish huquqi) iqtisodiy munosabatlarning aniqlashtirilgan koʻrinishi hisoblanadi. Xuquqiy normalar, bir tomondan, aynan mulkchilik munosabatlarini muhofaza qilish zarurati bilan bogʻliq holda vujudga kelsa, boshqa tomondan u tovar ishlab chiqarish sharoitida mulkchilik munosabatlarini rivojlantirishda gʻoyat muhim rol oʻynaydi. Bu rol shunda koʻrinadiki, tovar xoʻjaligi sharoitida ayrim ijtimoiy qatlamlar ishlab chiqarish jarayonida qatnashmasdan, ayirboshlash munosabatlarida ishtirok etib (masalan, savdo vositachilari) mulkdorga aylanish imkoniyati paydo boʻladi. Shunday qilib, mulkchilikning huquqiy normalari, birinchidan, ishlab chiqarish vositalari va yaratilgan moddiy neʼmatlarning muayyan shaxslarga (huquqiy yoki jismoniy) tegishli ekanligini, ikkinchidan, mulk egalarining qonun bilan qoʻriqlanadigan vakolatlarini va nihoyat, uchinchidan mol-mulkni himoya qilish usullarini belgilab beradi. Download 52.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling