O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi toshken moliya instituti iqtisodiyot fakulteti “iqtisodiyot” kafedrasi


Oʻzbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish maqsadi, yoʻllari va usullari


Download 52.06 Kb.
bet6/7
Sana01.11.2023
Hajmi52.06 Kb.
#1738036
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
O‟zbekist-fayllar.org

3. Oʻzbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish maqsadi, yoʻllari va usullari

Bozor munosabatlariga oʻtishning asosiy sharti ko'p ukladli iqtisodiyotni va raqobatlashuvchi muhitni shakllantirish uchun shart- sharoitini vujudga keltirishdan iborat. Bunda asosiysi mulkchilik masalasini hal qilishdir. Shu sababli respublikamiz Prezidenti I.A. Karimov mulkchilik masalasini hal qilishni “Bozorni vujudga

keltirishga qaratilgan butun tadbirlar tizimining tamal toshi boʻlib xizmat qiladi” deb aloxida taʼkidlab koʻrsatadi. Uzoq yillar mobaynida respublikamiz iqtisodiyotida umumxalq mulki deb atalgan, aslida esa davlatlashtirilgan mulk toʻlik hukmronlik kilib keldi. Nazariya va amaliyotda umumxalq mulki deb hisoblangan mulk subyekti sifatida davlatning chiqishi jamiyat aʼzolari oʻrtasida bu mulkka “hech kimniki”, “davlatniki”, “birovning mulki” deb qarashlarining shakllanishiga olib keldi.
Bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish vazifasi oʻtish davrida mulkchilikda davlat sektorining salmogʻi ancha yuqori boʻlgan mamlakatlarda bu mulkning maʼlum qismini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni taqozo qiladi. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish xususiylashtirishga qaraganda ancha keng tushuncha. Xususiylashtirish davlat mulkiga egalik huquqini davlatdan xususiy shaxslarga oʻtishidir. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish xususiylashtirishdan tashqari, bu mulk hisobidan boshqa nodavlat mulk shakllarining vujudga keltirishni ham kuzda tutadi. U bir qator yoʻllar bilan amalga oshiriladi: davlat korxonalarini hissadorlik jamiyatiga aylantirish, davlat korxonasini sotib, uni jamoa mulkiga aylantirish; mulkni qiymatiga qarab chikarilgan cheklar (vaucher) boʻyicha fuqarolarga bepul berish; mulkni ayrim tadbirkor va ish boshqaruvchilarga sotish; ayrim davlat korxonalarini chet el firma va fuqarolariga sotish yoki qarz hisobiga berish; davlat mol-mulkini auksionlarda kim oshdi savdosi orqali sotish.
Bu yoʻllardan qaysi birini tanlash undan kutilgan maqsadga bogʻliq. Masalan, Rossiyada Davlat mulkini vaucher orqali bepul taqsimlash usuli kullanildi. Bundan ommaviy xususiylashtirishdan koʻzlangan maqsad qisqa muddat ichida cheklar bozorini joriy etish hisobiga mulkdorlarning gʻoyat kengqatlamini vujudga keltirishdan iborat edi. Arap tadbirkorlikni ragʻbatlantirish koʻzda tutilsa, xususiylashtirish tanlab olingan ozchilik oʻrtasida oʻtkaziladi. di. Agar xususiylashtirish chetdan kapitalning kirib kelishiga yul ochishi zarur boʻlsa, davlat mulkini xorijiy tadbirkorlarga berish shaklida amalga oshiriladi. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarishda ayrim usullarga ustuvorlik berish boshqa usullarni qoʻllashni rad etmaydi, aksincha, ularni ham qoʻllash zarurligini bildiradi. Masalan, korxona

jamoasiga ustunlik berilib, davlat mulkini aksiyalashtirish, bu aksiyalarni sotib olishda shu jamoadan tashqari kishilar va chet el kapitalining ishtirok etishi ham boʻlishi mumkin. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish sharoitga qarab pulli, pulsiz yoki imtiyozli tarzda oʻtkaziladi. Oʻz shakli va usulidan qatiy nazar bu tadbir xilma- xil mulkchilikni vujudga keltirishni taʼminlaydi, chunki davlat mulki hisobidan nodavlat mulkining barcha shakllari va turlari rivojlanadi.


Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish mulkchilikning rivojlanishiga toʻsqinlik qilayotgan davlatning monopol hukmronligiga chek qoʻyib, jamiyatda faollik koʻrsatayotgan erkin tadbirkorlik tashabbussiga keng yoʻl va imkoniyatlar ochib berishdan iborat. Aslida xususiylashtirish iqtisodiyotni davlatlashtirishdan qaytish Yoʻllaridandir. Xususiylashtirish davlat mulkini maʼlum darajada haqiqiy egalari fuqarolarga berish demakdir. Koʻpincha xususiylashtirish - bu davlat mulkini ishlovchilarga berish, deb talqin qilinadi. Aslida mamlakatning barcha aholisiga davlat mulkini boʻlib berib boʻlmaydi, bunda aholining hammasi mulkka ega boʻlib, ishlab chiqarishni tashkil etish, uni boshqarish ishlab chiqarish hamda mahsulotni ayirboshlash kabi mashaqqatli ishlarni oʻz zimmasiga olavermaydi.

Davlat mulkini uning tasarrufidan chiqarish jarayonida, avvalambor, xususiylashtirish yuli bilan yaxshi iqtisodiy natijalarga erishgan mamlakatlar tajribasidan toʻlaroq foydalanish va ular yoʻl qoʻygan xatolar takrorlanmasligi kerakki, bu bilan bozor iqtisodiyotining rivojlanishini taʼminlashi mumkin. Xususiylashtirishni amalga oshirish uchun davlat mulkini xususiylashtirishning keng koʻlami dasturini ishlab chiqarish zarur.

Huquqiy jihatdan xususiylashtirilgan barcha korxonalarga erkin iqtisodiy xujalik yuritish huquqi berilishi va davlat sektori bilan teng imkoniyatlarga ega boʻlishi koʻzda tutiladi. Davlat sektoriga nisbatan bu korxonalarga soliqlarni birmuncha kamaytirish va ayrimlarini maʼlum muddatga solikdan ozod kilish zarur.

Xususiylashtirish natijasida aholi orasida ijtimoiy jihatdan tabakalanish yuz beradi va kishilarning bajargan ishiga qarab oladigan haqi turlicha boʻlib, aholining daromadlarida ham tabaqalanish yuz beradi. Kishilar turli sohalarda, masalan biznesda turli shakllardagi mulkka ega boʻlib, aksiya sotib olish va gib olish va korxona mulkida oʻz hissalarini oshirib borishga harakat qiladilar.


Xususiylashtirish orqali korxonalar davlat tasarrufidan chiqarilib, maʼlum jamoa va shaxslarga sotilgandan keyin faoliyatlarini bozorning shafqatsiz raqobat qonunlari asosida tashkil etadi. Bozor korxonalarining yashovchanligini va ularni doimo rakobat kurashida oʻz manfaatlarini himoya kilishga majbur etadi. Mabodo korxona raqobat kurashiga dosh berolmay sinsa, oldingi davrdagidek davlat byudjetidan mablagʻ hisobiga uni saklab qolish hollariga xususiylashtirish orqali barham beriladi.

Xususiylashtirish mulkning bir shaklidan ikkinchi shakliga utishni aks ettirmasligi kerak, balki xususiylashtirish oldiga qoʻyilgan vazifa katta boʻlib, yaʼni xususiylashtirish orqali avvalo barcha sohani oʻz qaramogʻida turli uslublar orqali birlashtirib turgan davlat hukmronligini iqtisoddan ajratish uchun bir qancha tadbirlarni ishlab chikish kerak buladi.

Davlat korxonalarini xususiylashtirish bu mulkchilikning rivojlanishiga, uning yangi bosqichiga oʻtishiga boʻlgan talabidan kelib chiqadigan bir jarayondir. Xususiylashtirishning Xususiylashtirishning rivojlanishini taminlaydigan muhim omillardan biri bu ishlab chiqaruvchilar hamda tadbirkorlarning tashabbusi, ularning ishlab chiqarishdagi faolligi hamda ishbilarmonligidir. Davlat mulkini xususiylashtirish natijasida hokimiyat va ishlab chiqarish sohalariga yangi ishbilarmonlar, aholining faol kismi jalb etiladi va mulkiy munosabatlarni rivojlantirishdan hamda mulk shakllarini takomillashtirishdan aholining shu qismi manfaatdorgina boʻlib kolmay, balki oʻrta va kuyi ijtimoiy qatlamni ham mulkiy munosabatlarni takomillashtirishdan manfaatdor qiladi.

Davlat mulkini xususiylashtirish siyosati mamlakatning oʻziga xos xususiyatlarini, mahalliy va milliy sharoitlarni, urf-odatlarni hisobga olgan holda olib borilishini koʻzda tutadi.


Davlatlashtirishdan qaytishning muhim yoʻnalishlari bu ijara munosabatlarini rivojlantirish va aksionerlik mulkini shakllantirish hisoblanadi. Bu jarayon maʼlum tadbirlarga rioya qilingan holda olib borilishi lozim, bu avvalo, ixtiyoriylik asosida, oshkoralik hamda jamoatchilikning umum ishtirokida amalga oshirilib, u mehnat jamoalarining iqtisodiy manfaatiga, davlat manfaatlariga putur yetkazmasligi, shu bilan birga isteʼmolchilar manfaatlariga ham zid bulmasligi zarur. Bu holda mahsulot hajmi, sifati va mehnat unumdorligini oshirish, ishlab chiqarishni boshqarishni yaxshi tashkil etish, mavjud moddiy texnika, moliyaviy va mehnat resurslaridan, fan va texnika yutuqlari, yangi texnologiyadan samarali foydalanish, tovar ishlab chiqarishni koʻpaytirish hisobiga bozorda narxlarning pasayishiga erishish yuli bilan aholining moddiy farovonligining oshishiga erishish talab etiladi.
Oʻzbekistonda iqtisodiy islohotlarning birinchi boskichidayok mulkchilikning hamma shakllari teng huquqli ekanligi konstitutsion tarzda eʼtirof etildi va davlat mulki monopolizmini tugatish hamda bu mulkni xususiylashtirish hisobiga kup ukladli iqtisodiyotni real shakllantirish vazifasi qoʻyildi. Avvalo mulkchilikning turli xil shakllari qaror topishi uchun teng huquqiy normalar va amal qilish mexanizmlari yaratildi.
Oʻzbekistonda mulkni Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga yondoshuvning muhim xususiyati uni dasturlar asosida boskichma boskich amalga oshirishdan iborat. 1992-1993-yillar xususiylashtirishning birinchi bosqichini oʻz ichiga olib, bu bosqichda xususiylashtirish jarayoni umumiy uy-joy fondini, savdo, mahalliy sanoat, xizmat koʻrsatish korxonalarini hamda qishloq xoʻjalik mahsulotlarini qayta ishlash tizimini qamrab oldi. Yengil, mahalliy sanoatga, transport va qurilishga, boshqa tarmoqlarga qarashli ayrim oʻrta va Yirik korxonalar keyinchalik sotib olinish huquqi bilan koʻproq ijara korxonalariga, jamoa

korxonalariga, yopiq turdagi aksionerlik jamiyatlariga aylantirildi. Aksiyalarning nazorat paketi davlat ixtiyorida saqlab qolindi.


Shuningdek birinchi navbatda xususiylashtirishning birinchi bosqichida davlat xalq xoʻjaligining iqtisodiy jihatdan samarasiz boʻlgan, birok butun mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotida muhim rol uynaydigan ayrim sektorlarini, ayrim korxonalarni saklab turishni va mablagʻ bilan taʼminlash vazifalarini oʻz zimmasiga oldi.

Iktisodiy islohotlarni amalga oshirishning birinchi boskichi natijasida kichik xususiylashtirish amalda tugallandi, davlat mulkini boshqarish va uni mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirish uchun kerak bulgan muassasalar tizimi vujudga keltirildi.

Savdo, aholiga maishiy xizmat koʻrsatish, mahalliy sanoat korxonalari xususiy va jamoa mulki qilib berildi. Natijada 1997-yilda savdo-sotiq hajmi va umumiy ovqatlanish yalpi mahsulotining 95 foizdan ortikrogi davlatga qarashli boʻlmagan sektorga tugri keldi. Uy joylarni xususiylashtirish jarayonida ilgari davlat ixtiyorida boʻlgan bir milliondan ortiq kvartira yoki davlat uy-joy fondining 95 foizdan ortiqrogʻi fuqarolarning xususiy mulki boʻlib qoldi.
Davlat ijtimoiy dasturida belgilab berilgan ikkinchi boskich 1994- 1995-yillarga tugri keldi. Bu bosqichda koʻplab oʻrta va yirik korxonalar hissadorlik jamiyatlariga aylantirildi hamda ularning aksiyalari respublika kimmatbaho qogʻozlar bozorining asosini tashkil etdi. Davlat mulki hissadorlikka aylantirilishi bilan bir qatorda kichik xususiy biznes korxonalari qizgʻin tashkil qilindi.

Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning bu L boskichida ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlarini vujudga keltirish, davlat mulkini tanlov asosida hamda kim oshdi savdosida sotish amaliyotga joriy qilindi. Koʻchmas mulk va qimmatli qogʻozlar bozorining yangi muassasalari barpo etildi.


Davlat mulkini xususiylashtirish boshlangan davrdan 1994-yil oxirigacha 54 mingga

yaqin korxona va obyekt davlat tasarrufidan chiqarildi. asi xususii za obyekt da Shulardan 18,4 mingtasi xususiy, 26,1 mingtasi aksiyadorlik, 8,7 mingtasi jamoa mulkiga oʻtdi, 661 tasi ijara korxonalariga aylandi. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan keladigan samara ikki yoqlama xarakterga ega. Bir tomondan, u aholining boʻsh turgan mablagʻlarini oʻziga jalb qilib, ularning bozorga tayziqini pasaytiradi. Ikkinchi tomondan, yangi mablagʻlarni ishlab chiqarishga jalb etish va tovar ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida raqobatni yuzaga keltirish uchun sharoit yaratadi. Bu yerda shuni taʼkidlash lozimki xususiylashtirish iqtisodiyotning davlatga qarashli boʻlmagan sektorini shakllantirishning yagona yuli emas. Tashabbuskorlik asosida yakka tartibdagi xususiy mulkchilikka asoslangan, shuningdek, turli xil kooperativlar, shirkatlar, maʼsuliyati cheklangan jamiyatlar koʻrinishidagi kichik va oʻrta korxonalarni tashkil kilish ikkinchi qudratli jarayon anchi qudratli jarayon hisoblanadi.


Respublika iqtisodiyoti 1996-yildan boshlab mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning uchinchi boskichiga kirdi. Bu boskich yakunlovchi xarakterga ega bulib, bu davrda xususiylashtirilmaydigan obyektlar roʻyxatiga kirmagan barcha obyekt va korxonalar davlat tasarrufidan chiqarildi. Respublikada xususiylashtirishning adresli yoʻnaltirilganligi uning navbatdagi xususiyatidir. Bu aholining barcha qatlamlariga mazkur jarayonda anikrok va natijalirok qatnashish imkonini beradi.

Xususiylashtirishning adresli ning adresli yoʻnaltirilganligi uy-joylarning oʻz egalariga imtiyozli yoki bepul berilishida, aholining koʻproq muhtoj va zaif qatlamlarini kullab kuvvatlashning turli xil dasturlari byudjet mablagʻlari hisobiga qoplanishida, qishloq aholisi oʻz yordamchi xoʻjaligi uchun chek yerlar olishi kabilarda ifodalanadi.


Oʻzbekistonda xususiylashtirishning toʻlovliligi uning navbatdagi muhim xususiyatidir. Pulni toʻlash orqali davlat tasarrufidagi korxona va obyektlarni xususiylashtirishda mulkni bepul taqsimlash bilan bogʻliq salbiy xolatlar bartaraf

etilishi bilan birga qator muammolarni hal qilish imkoniyati yaratiladi. Bulardan asosiysi avvalo tadbirkorlikni, xususiylashtirilgan korxonalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning moliyaviy manbalari paydo boʻladi, bozor infrastrukturasini barpo etish uchun resurslar vujudga keladi va aholini ijtimoiy muhofazalash ziqarish uchun mablagʻlar jamlanadi. dasturini roʻyobga chiqarish uchun mablagʻlar


Davlat mol-mulkini yangi mulkdorlarga sotish yoʻli orqali ularning mulkchiliknING boshka shakllariga aylantirilishi bilan birga xususiylashtirishdan olinadigan mablagʻlar shu korxonaning oʻzini kullab- kuvvatlashga, sarflanadi. yangi rakobatlashuvchi korxonalar barpo etishga ham navbatdagi muhim xususiyat muhim xususiyat – respublikada mulkni davlat — tasarrufidan chiqarish chogʻida aholi uchun kuchli ijtimoiy kafolatlar yaratildi va taʼminlandi. Ijtimoiy kafolatlar bir butun imtiyozlar tizimi orqali yaratildi. Bular xususiylashtirilayotgan korxona mehnat jamoasiga aksiyalarni imtiyozli shartlar bilan sotish, yangi mulkdorga eskirgan asosiy fondlar hamda ijtimoiy infrastruktura obyektlarini bepul topshirish, davlat korxonalarining mol-mulki, fermalar, bogʻlar va shu kabilarni imtiyozli shartlar asosida xususiylashtirish, hamda soliq toʻlashda ayrim imtiyozlar berish kabilardir.

Ijtimoiy kafolatlar isteʼmol savatining eng kam mikdorini kuzatib borish, eng kam ish haqini, daromad soligʻini tartibga solish kabilarni ham oʻz ichiga oladi.


Ijtimoiy muhofazalash davlatning barcha mulkdorlar: hissadorlar, xususiylashtirilgan uy-joylarning, sotib Olingan texnika va avtotransport vositalarining, yer maydonlari, xususiylashtirilgan fermalar va boshqa vositalarning egalarining huquqlarini himoya qilishda oʻz ifodasini tortada.

Respublikada davlat mulkini xususiylashtirishning oʻziga xos boshka jihatlari Prezidentimiz I.A. Karimov tomonidan bayon qilingan iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning asosiy qoidalaridan kelib chiqadi. Bular quyidagilar:



  1. davlat mulkini xususiylashtirish respublikada amalga oshiri- layotgan islohotlarning ichki mantiqiga boʻysindiriladi va ularning asosini tashkil kiladi;


  2. mulkni xususiylashtirish jarayoni davlat tomonidan boshqariladi;


v) xususiylashtirishni huquqiy-meʼyoriy jihatdan taʼminlashda qonun- larga rioya etiladi.


Respublikamizda xususiylashtirish jarayonining hozirgi bosqichdagi yoʻnalishlari islohatlarni qatlarni chuqurlashtirish talablaridan kelib chiqib belgilanadi. Bu avvalo, kichik va oʻrta biznesni, xususiy tadbirkorlikni ragʻbatlantirishga qaratilishi zarur. Prezidentimiz I.Karimov taʼkidlab Upganlaridek: «kichik va oʻrta biznes, xususiy tadbirkorlik mamlakatning nafaqat yalpi ichki mahsulotini shakllantirishda asosiy boʻgʻin, balki aholi bandligi va daromadlari manbaining, milliy farovonlikka erishishining muhim omili ham boʻlishi darkor".

Hozirgi davrda xususiylashtirishdagi anʼanaviy yoʻnalish davlat roʻyxatiga kirmagan korxona va obyektlarni bu jarayonga jalb qilish ham oʻz oʻrniga ega boʻlib qolaveradi. 2008-yilda respublikamizda xususiylashtirilgan korxona va obyektlar soni 392 birlikni tashkil kilib, ulardan 130,6 mlrd. soʻmlik mablagʻ

olingan. Yopiq turdagi aksionerlik jamiyatlarini keng aholi qatlami, shu jumladan chet el kapitali ishtirokini taʼminlaydigan ochiq turdagi jamiyatlarga aylantirish xususiylashtirishdagi navbatdagi yoʻnalishdir.


Download 52.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling