O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi tosnkent moliya instituti
-rasm. Sug‗urta kompaniyasida ma‘lumotlarni qayta
Download 7.48 Mb. Pdf ko'rish
|
10.IQTISODIYOTDA AXBOROT KOMPLEKSLARI VA TEXNOLOGIYALARI
4.4.5-rasm. Sug‗urta kompaniyasida ma‘lumotlarni qayta ishlashning zamonaviy texnologiyasi Sug‗urta kompaniyasiga AKTni tatbiq etish xarajatlarini to‗liq ko‗rib chiqqanimizda ularning har bittasi o‗ziga xos jihatlarga ega ekanligi ma‘lum bo‗ldi va hisob-kitoblar uchun eng ko‗p mehnat boshqaruv xarajatlarini hisoblashga sarflandi. Bunga loyihalashtirish, loyihalarni boshqarish, tarmoqlarni ma‘murlashtirish, favqulodda hodisalarni engib o‗tish, tizimni sozlash, sotib olish bo‗yicha shartnomalar va etkazib berishlarni boshqarish bo‗yicha xarajatlar kiradi.Bilvosita xarajatlar ikkinchi guruhining xususiyati sug‗urta axborot tizimining tashkiliy tomonida bo‗lib, AKT bo‗limi xodimlarining qoniqarsiz qo‗llab-quvvatlashi natijasida ish samaradorligini pasaytiradi. Milliy sug‗urta kompaniyalariga AKTga asoslangan quyidagi innovatsion Ma‘ lum otl arni toz alash C loud се рве р W eb se rv er 275 sug‗urta mahsulot va xizmatlarini ishlab chiqishlarini taklif etamiz: «Aqlli uylar» uchun sug‗urta xizmatlari. «Aqlli uylar»ni sug‗urta qilish oddiy uylarga nisbatan risk kamligi, sug‗urta hodisasi yuz berganda zararlarning kamligi bilan ajralib turadi. CHunki «Aqlli uylar»da sensorli, kuzatuv va telematika tizimlaridan foydalanilganligi sababli turli noxush vaziyatlar yuz berishi ehtimoli bo‗lgan holatlarda yoki yong‗in berganda, suv toshganda va boshqa holatlarda tegishli tashkilotlarga xabar yuboriladi. Bu esa o‗z navbatida, moddiy zararlarni 60-70 %gacha kamaytirishga xizmat qiladi. SHu boisdan «Aqlli uylar»ni sug‗urtalashda sug‗urta mukofoti oddiy uylarnikiga nisbatan kamroq to‗lanishi lozim. «Aqlli uylar»ni sug‗urtalashda sug‗urta mukofotlarining kamaytirilishi zamonaviy innovatsion texnologiyalardan foydalanganligi uchun rag‗batlantiradi va aholining innovatsion texnologiyalarga mijozlarni qiziqishini yanada uyg‗otadi. «Aqlli avtomashinalar»ni sug‗urta qilish. Bunda, sug‗urta kompaniyasi tomonidan sug‗urtalangan avtomashinaga maxsus sensorli datchiklar o‗rnatiladi va ushbu datchiklar orqali haydovchining yo‗l harakati qoidalariga qanchalik rioya etayotganligi aniqlanadi. Agar sug‗urta kompaniyasi va mijoz o‗rtasida o‗zaro kelishilgan va belgilangan muddatda haydovchi hech qanday sug‗urta hodisasi yuz beruvchi holatlarga yo‗l qo‗ymasa, unda sug‗urta kompaniyasi tomonidan ushbu sug‗urtalanuvchiga sug‗urta pulining bir qismi qaytarib beriladi yoki keyingi sug‗urtalash jarayonlarida sug‗urtalanuvchi maxsus chegirma qilish orqali rag‗batlantiriladi. Tibbiy sug‗urtalash. Innovatsion texnologiyalarni qo‗llash, ya‘ni turli insonlar tomonidan «Aqlli soatlar» taqilishi, uydagi havo harorati va namlikni nazorat qiluvchi sensorli qurilmalardan foydalanish tibbiy sug‗urta tizimida tubdan takomillashtirishga olib keladi. Dronlarni sug‗urtalash. Dronlar uchuvchisiz va masofadan turib boshqariluvchi uchish qurilmalari bo‗lib, bugungi kunda iqtisodiyotning barcha tarmoqlariga jadallik bilan kirib bormoqda. Xususan, mamlakatimizda dronlardan qishloq xo‗jaligida er maydonlarini o‗rganish va o‗simliklarni dorilash kabi 276 vazifalarni amalga oshirishda foydalanilmoqda. Sug‗urta faoliyatida esa zararlarni o‗rganish, ayniqsa tabiiy ofatlar yuz berganda insonlar borishi qiyin bo‗lgan ob‘ektlardagi zararlarni o‗rganishda, tasvirga tushirish va tasvirlarni masofadan turib kompaniyaga uzatishda samarali foydalanib kelinmoqda. Lekin dronlar masofadan turib boshqarilganligi bois, turli kiberhujumlarga uchrashi va natijada drondan begona odamlar g‗arazli maqsadlarini amalga oshirishda foydalanishlari yoki dron o‗z boshqaruvini yo‗qotishi oqibatida biror insonning boshi, avtomashinasi yoki uyiga tushib moddiy zarar etkazishi mumkin. Shu boisdan biz tadqiqot ishimizda dronlarni turli tashqi hujumlar, ayniqsa kiberhujumlardan sug‗urtalash, dronlardan foydalanishda uchinchi shaxsga etkazilgan zarardan sug‗urtalash kabi yangi turdagi sug‗urta mahsulotlari ishlab chiqishni taklif etdik (4.4.6-rasm). Download 7.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling