O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi tosnkent moliya instituti


Onlayn shaklidagi xarid va to‘lovni o‘tkazish


Download 7.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet221/262
Sana01.11.2023
Hajmi7.48 Mb.
#1736612
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   262
Bog'liq
10.IQTISODIYOTDA AXBOROT KOMPLEKSLARI VA TEXNOLOGIYALARI

Onlayn shaklidagi xarid va to‘lovni o‘tkazish. 
Magazinlarda tovarni xarid qilish CyberPlat tizimi texnologiyasi asosida 
amalga oshiriladi. 
1. Xaridor Internet orqali Magazinga tegishli bo‘lgan web-serverga ulanib, 
tovar savatini shakllantirib, Magazinga jami qilingan harajatlar miqdori haqida 
so‘rovnoma yuboradi. 
2. Ushbu so‘rovnomaga asosan Magazin Xaridorga tovar nomi va xizmat 
haqi, magazin kodi, amalga oshirilgan operatsiyaning vaqti va kuni ko‘rsatilgan 
ERI usuli yordamida imzolangan hisobvarag‘ini taqdim etadi. Fuqaroviy-huquqiy 
nuqtai nazardan ushbu hisobvaraq shartnomani tuzish borasidagi taklif deb 
hisoblanadi. 
3. Xaridor unga taqdim etilgan mazkur hisob varaqni ERI usulida imzolab, uni 
Magazinga qaytirb yuboradi, ya‘ni aktseptni bajaradi. Shartnoma Xaridor unga 
taqdim etilgan hisobvaraqni imzolagan vaqtdan boshlab kuchga kirgan bo‘lib 
hisoblanadi. Tizimda Xaridor tomonidan imzolangan hisobvaraq chek bo‘lib 
hisoblanadi. 
4. Magazin va Xaridor tomonidan ERI usulida imzolangan chek Magazin 
tomonidan avtorizatsiya uchun Bankka yo‘llanadi. 
5. Bank imzolangan chekni ko‘zdan kechiradi, ya‘ni: tizimda Magazin va 
Xaridorning ro‘yxatdan o‘tganligi, Magazin va Xaridorning ERI tekshiriladi, 
operatsiyaning belgilangan tizim limitlarga muvofiqligi nazorat qilinadi va 
chekning nusxasi Bankning ma‘lumotlar bazasida saqlanadi. Tekshiruv natijasida 
kartochka to‘lov tizimida tranzaktsiyalarni avtorizatsiyalashga ruxsat berish yoki 
taqiqlash borasida qaror shakllanadi. 
6. Avtorizatsiya taqiqlangan holda Bank Magazinga to‘lovni o‘tkazmasligi 
to‘g‘risida qarorini yo‘llaydi, Xaridorga esa to‘lov amalga oshirilmaganligi 
asoslanadi. 
7. Avtorizatsiyaga ruxsat berilgan taqdirda Bank va Xaridor o‘rtasidagi 
shartnomaga asosan Bank komissiya miqdoriga muvofiq tarzda to‘lov summasi 
hajmini oshiradi. Komissiyalarning shakli va hajmi Bankning amaldagi tariflari 


357 
bilan belgilanadi, avtorizatsiyaga ruxsat olish so‘rovnomasi yopiq turdagi bank 
tarmoqlari orqali Xaridorning kartochkasi emitenti bo‘lmish bank yoki bank-
emitent tomonidan vakolatlangan kartochka to‘lov tizimining protsessing 
markaziga yo‘llanadi. 
8. Ijobiy holda Magazin xizmat ko‘rsatadi (ya‘ni, tovarni sotadi). Bank 
Magazin bilan tuzilgan shartnomaga asosan mablag‘larni Magazin hisob raqamiga 
o‘tkazadi. 
9. Avtorizatsiya taqiqlangan holda Bank Magazinga to‘lovni o‘tkazmaslik 
haqida habar beradi. Xaridor xarid qilish jarayonini to‘la-to‘kis nazorat qiladi. 
Amalga oshirilgan kelishuvni tasdiqlovchi hujjat sifatida har bir tomonda yuridik 
kuchga ega bo‘lgan elektron-raqam usulida imzolangan cheklar qoladi. 

Download 7.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling