352
tomonidan yaratilgan.
ASSIST to‘lov serveriga ulangan elektron magazinlar to‘lov uchun
O‘zbekiston va xorijiy banklar
tomonidan chikarilgan VISA, EuroCard,
Master
Card, JCB, Diners Club, American Express plastik kartochkalarini
qabul qilishi
mumkin, bunda mazkur kartochkalar egalarini tizimda ro‘yxatga olmagan holda
hamda qo‘shimcha dasturiy ta‘minotni ishga tushirmagan
holda yuqoridagi
operatsiya amalga oshiriladi. Elektron Magazinning ASSIST to‘lov serveriga
ulanishi mazkur serverning saytida ro‘yxatdan o‘tish orqali amalga oshiriladi.
Ruxsatsiz kirishdan himoya qilishning mohiyati.
Uzatilayotgan axborotlar tizim ishtirokchilari
tomonidan raqamli imzolar
bilan imzolanadi. Bu esa hujjatlar mazmuniga qalloblik bilan o‘zgartirishlar
kiritilish imkoniyatini bartaraf etadi yoki muhim darajada cheklaydi. 512 Bit
uzunlikdagi kalitni ochiq taqsimlash bilan birgalikda, kriptografik o‘zgartirishning
assimetrik (notekis) algoritmi qo‘llaniladi. Bunday uzunlikdagi kalit uchun imzoni
qalbakilashtirish umuman mumkin emas, chunki
begona shaxslar tomonidan
rasshifrovka qilish, ya‘ni shifr bilan yozilganlarni o‘qish uchun katta hisoblash
resurslarini jalb qilish talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: