76
Hozirgi kunda mantiqiy modellarning quyidagi turlari foydalanilmoqda:
Ierarxik yoki pog‗onali;
Tarmoqli;
Relyatsion;
o‘bektga yo‘naltirilgan relyatsion.
Shaxsiy kompyuterlarning paydo bo‗lishi relyatsion va o‘bektga
yo‘naltirilgan relyatsion modellarning keng tarqalishiga sababchi bo‗ldi.
Pog‗onali model chizmali usul asosida tashkil qilinadi. Bunda ma‘lumot
yozuvlari grafikning uchlarini ifodalaydi va har bir yozuv oldingi pog‗ona
uchlariga bog‗langan bo‗ladi. Bunday tuzilishdagi MBdan tegishli axborotlar
hamma vaqt bitta yo‗nalish bo‗yicha qidiriladi va uning joylashgan o‗rni to‗liq
ko‗rsatiladi. Masalan, «Talaba» to‗g‗risidagi ma‘lumotlarni
olish uchun
«Fakultet», «Kurs», «Guruh» yozuvlari ko‗rsatilishi lozim.
Tarmoqli model ham chizmali usul yordamida tashkil qilinadi. Lekin, bunda
tegishli axborotlar bir necha yo‗nalish bo‗yicha olinishi mumkin. Masalan,
«Talaba» to‗g‗risidagi ma‘lumotlarni olish uchun yuqoridagi tasvirga «Muallim-
fan» va «Fan-talaba» tarmoqli modeli hosil bo‗ladi (2.1.3-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: