O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi tosnkent moliya instituti
Download 7.48 Mb. Pdf ko'rish
|
10.IQTISODIYOTDA AXBOROT KOMPLEKSLARI VA TEXNOLOGIYALARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Integratsiyalangan axborot muhiti.
MIS OAS TPS 160 3.1.2. –rasm.Korxona boshqaruvini itegrallashgan tizimini tashkil kiluvchi apparat-kommunikatsion sxemasi Integratsiya format va ma‘lumotlar bazasi, dasturiy ta‘minot va tarmoq qurilmalari, foydalanuvchi interfeyslari, hujjatlarni yuritish shakli va shabloni, dasturiy ilovalar va hokazolar darajasida amalga oshirilishi mumkin. Bunday integratsiyaning foydalari aniq. U: avval bajarilgan investitsiyalarni saqlashga; kompaniya ta‘sirining axborot sohasini qo‗llab-quvvatlash va rivojlantirishdagi vaqt va moliyaviy xarajatlarini kamaytirish; muayyan vazifalarni hal qilish uchun alohida ishlab chiqaruvchilarning eng samarali tizimlarini ishlatish; mavjud axbort tizimlarini unda to‗plangan ma‘lumotlar bilan alohida imkoniyatlarini kengaytirish va rivojlantirish oson. Integratsiyalangan axborot muhiti. Axborot telekommunikatsiya tizimining samarali faoliyati, odatda, ma‘lumotlar bazasi va ombori, ularni saqlash va foydalanish texnologiyalarini ifodolovchi korxonaning yagona axborot 161 makonida yagona tamoyil va umumiy qoida asosida foaliyat yurituvchi axborot va telekommunikatsiya tizimlari va tarmoqlari majmuida yuz beradi. Axborot makonining ushbu tuzilishi ishlab chiqarish va boshqaruv faoliyatining barcha qatnashchilari himoyalangan o‗zaro axborot almashinuvini ta‘minlaydi, shuningdek, lavozim majburiyatlari ierarxiyasi va ma‘lumotlarga kirish darajasiga muvofiq ularning axborotga bo‗lgan talabini qondiradi. 3.1.3-rasmda, yuqori texnologiyali ishlab chiqarish korxonasida integratsiyalangan axborot muhitini yaratish uchun quyidagi komponentlarni o‗z ichiga olgan asos misol tariqasida ko‗rsatilgan: • telekommunikatsiya muhiti, kommunikatsion dasturiy ta‘minot (DT), xodimlarning jamoaviy ishini tashkil etish vositalari (Groupware); • axborot resurslari, axborot va dastur tizimlari: • elektron hujjat yuritish bilan DT boshqaruv; • fan sohalarini axborot bilan ta‘minlash DT; • axborotni tezkor tahlil qilish va qabul qilingan qarorni qo‗llab quvatlash DT; • loyihalarni boshqarish DT; o‗rnatilgan uskunalar va boshqa mahsulotlar (masalan, CAD/CAM/ CAE/PDM-tizimlar, shaxsiy boshqaruv DT va boshqalar); • axborot muhitining ishlashi va rivojlanishini ta‘minlaydigan tashkiliy infratuzilma; • axborot muhiti mutaxassislari va foydalanuvchilarni tayyorlash va qayta tayrlash tizimi. Bunda axborot texnikasi va texnologiyasining aniq imkoniyatlarini inson salohiyatini sezilarli darajada oshiradigan, biroq ulardan foydalanishda mas‘uliyatni yo‗qotmaydigan vosita sifatida ob‘ektiv baholash zarur. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling