O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi tosnkent moliya instituti


-rasm. Billing tizimiga kirish oynasi


Download 7.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/262
Sana01.11.2023
Hajmi7.48 Mb.
#1736612
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   262
Bog'liq
10.IQTISODIYOTDA AXBOROT KOMPLEKSLARI VA TEXNOLOGIYALARI

3.2.1-rasm. Billing tizimiga kirish oynasi 


178 
 
Tizim uch tillik bo‗lib o‗zbek, rus va ingliz tillarida ishlaydi. Login-parol 
orqali kiriladi. Endi «TBilling» tizimi bilan ishlashning axborot modelini ko‗rib 
chiqaylik: 
3.2.2-rasm. «TBilling» tizimi bilan ishlashning axborot modeli 
 
3.2.2-rasmdan ko‘rinib turibdiki ―TBilling‖ tizimini asosiy beshta qismga 
ajratsak bo‘ladi. Bularga quyidagilar kiradi: 
1) Boshqaruv samaradorligini oshirish va hisobotlarni o‗z vaqtida sifatli 
olishni takomillashtirish maqsadida yaratilgan mazkur tizimdan korporativ tarmoq 
orqali barcha filiallar foydalanadi. Tizim «O‗zbektelekom» AK filiallari va 
korxonalarining sotuv ofislarida, abonentlar bilan ishlash bo‗limlarida, hisob-kitob 
bo‗limlarida foydalanishga mo‗ljallangan bo‗lib, tizimdan kassirlar, texnik hisob 
olib boruvchi guruhlar, texnologlar va boshqalar foydalanishlari mumkin. 
2) Abonentlar — operatorlar bilan to‗g‗ridan-to‗g‗ri yoki «Call-sentr» 


179 
xizmati orqali bog‗lanadi. 
3) Har bir filiallarda faoliyat ko‗rsatayotgan operatorlar o‗sha hududda 
istiqomad qiluvchi abonentlarga xizmat ko‗rsatadi. Xizmat ko‗rsatish jarayoni 
bevosita «TBilling» tizimi orqali bajariladi. 
4) Barcha filiallar korporativ tarmoq orqali «TBilling» tizimidan foydala-
nishi esa yagona axborot fazosini tashkil qilishini ta‘minlaydi. 
5) Natijada, yagona ma‘lumotlar bazasiga ega bo‗lib, mazkur ma‘lumotlar 
bazasidan olingan hisobotlar «O‗zbektelekom» AKga taqdim etiladi. 
Abonentlarga xizmat ko‗rsatishning yagona korporativ tizimini yuritish, 
ma‘lumotlarni jamlash va uzatish bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri 
bo‗lib, bunda aholiga ko‗rsatilayotgan telefoniya xizmatlari uchun to‗lovlarni 
ko‗rish imkoniyati yaratiladi. Shuningdek, «O‗zbektelekom» AK «TBilling» ti-
zimidagi hisobotlar yordamida telefoniya xizmatlari to‗g‗risidagi barcha zaruriy 
ma‘lumotlarni olishi, filiallar va korxonalarining sotuv ofislari, abonentlar bilan 
ishlash bo‗limlari, hisob-kitob bo‗limlari bilan masofaviy ishlash, ma‘lumotlar 
almashish, boshqarish imkoniyatiga ega bo‗ladi. 
Respublikamizda yuqori texnologiyalar asosidagi xizmatlarni rivojlantirish 
ustuvor vazifalardan hisoblanadi. O‗zbekiston Respublikasining Birinchi 
Prezidenti I.A. Karimov xizmatlarning ushbu turlariga katta e‘tiborni qaratib, 
quyidagilarni ta‘kidlagan edilar: ―So‗nggi besh yilda an‘anaviy maishiy va 
kommunal xizmatlar ulushi 16 foizdan 9,5 foizga tushdi, yuqori texnologiyalar 
asosidagi xizmatlar ulushi esa 21,2 foizga qadar ko‗tarildi. 
Yuqori texnologiyalarga asoslangan xizmatlar orasida keyingi yillarda 
aloqa va axborotlashtirish xizmatlari boshqa sohalarga nisbatan jadal 
rivojlanayotganini alohida ta‘kidlash joiz. Ushbu xizmatlar hajmi so‗nggi besh 
yilda 3,3 barobar, o‗tgan yili esa 24,5 foizga o‗sdi‖
11

Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari tizimida telefon aloqa xizmatlari 
11
O‗zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2014 yilda ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015 yilga mo‗ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor 
yo‗nalishlariga bag‗ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma‘ruzasi. //Xalq so‗zi, 2015 yil 17 yanvar, 
11-son. 


180 
alohida o‗rin tutadi. Mazkur xizmat turining respublikamizda jadal rivojlanishi 
negizida turli omillar yotadi. Ularning asosiylari sirasiga quyidagilarni kiritish 
mumkin. 
Birinchidan, telefon aloqa xizmatlari kishilar va xo‗jalik yurituvchi 
sub‘ektlar uchun ularning tezkor axborotlarga talabini qondirishning eng muhim va 
asosiy vositalaridan biri hisoblanadi. Telefon orqali uzatilgan va olingan axborotlar 
tezkor boshqaruv qarorlari va tegishli chora- tadbirlarni qabul qilish imkonini 
beradi. Boshqacha aytganda, aloqa va axborotlashtirish vositasi sifatida telefon 
xizmatlarining kishilar va korxonalar uzog‗ini yaqin qilish, og‗irini engil qilishdagi 
o‗rni hamda ahamiyati shak-shubhasizdir. 
Ikkinchidan, hozirgi axborotlashtirish zamonida aholi hamda boshqaruv va 
xo‗jalik organlarining telefon aloqa xizmatlariga talabi kun sayin oshib bormoqda. 
Telefon aloqa xizmatlariga talabni to‗liq qondirilishi dunyo mamlakatlari, 
chunonchi respublikamiz oldida turgan xalq farovonligini ta‘minlash, kishilar 
hayot darajasi va sifatini oshirishdek ulug‗ maqsadga qay darajada 
erishilayotganlikni ifodalovchi muhim indikatorlardan (ko‗rsatkichlardan) biridir. 
Uchinchidan, yuqori texnologiyalarga asoslangan telefon aloqa xizmatlariga 
talab oshishi bilan, mos ravishda, ushbu xizmatlardan foydalanuvchilar hamda 
ularni taklif etuvchi, ya‘ni ko‗rsatuvchi sub‘ektlar soni ham respublikamizda 
borgan sari ko‗paymoqda. CHunonchi, birgina 2014 yilda 500 dan ortiq yangi 
bazaviy mobil aloqa stansiyalari o‗rnatilishi hisobidan aloqaning ushbu zamonaviy, 
yuqori texnologiyalarga asoslangan tizimi abonentlari soni qariyb 20 million 
kishini tashkil etdi, ularga ko‗rsatilayotgan xizmatlar hajmi qariyb 26 foizga 
ko‗paydi
12

To‗rtinchidan,respublikamizda telefon xizmatlarining muhim ahamiyatga 
molikligi tufayli ularni istiqbolli rivojlantirishga davlat dasturlarida alohida
urg‗u erilgan. Respublikamiz Vazirlar mahkamasi tomonidan 2016 yil 26 
12
O‗zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2014 yilda ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015 yilga mo‗ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor 
yo‗nalishlariga bag‗ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma‘ruzasi. //Xalq so‗zi, 2015 yil 17 yanvar, 
11-son.


181 
fevralda qabul qilingan 55-son qarori asosida 
tasdiqlangan ―2016-2020 yillarda 
xizmatlar 
sohasini rivojlantirish dasturi‖ga 
muvofiq 
aloqa 
va 
axborotlashtirish xizmatlarining YAIMdagi ulushini 2020 yilga kelib, 2,5 
%gacha oshirish, mobil aloqasidan foydalanuvchilar sonini 27 million kishiga 
etkazish rejalashtirilgan
13

Davlat dasturida nazarda tutilgan aloqa va axborotlashtirish xizmatlarining 
yaratiladigan YAIMdagi ulushi ortishi 
asosan 
aholini 
telekommunikatsiya 
tarmoqlariga ulanish texnik imkoniyatlari ta‘minlanishi, shu asosda ularga sifatli 
xizmatlarni ko‗rsatish, to‗liq raqamli telefon aloqasi va televidenie tizimiga o‗tish 
evaziga ta‘minlanadi. 
Beshinchidan, telefon aloqa xizmatlari boshqa xizmat turlariga nisbatan 
kam xarajatli, mos ravishda, ular ko‗p foyda keltiruvchi, ya‘ni yuqori rentabelli 
biznes turi hisoblanadi. 
Yuqorida sanab o‗tilgan va boshqa omillar telefon aloqa xizmatlarini 
kelajagi parloq bo‗lgan xizmat turlaridan biri ekanligidan, bu xizmat turi bilan 
shug‗ullanuvchi sub‘ektlarni kelajakda yanada ravnaq topishi muqarrar bo‗lgan 
iqtisodiy birliklar ekanligidan darak beradi. 
Telefon aloqa xizmatlari boshqa xizmat turlaridan turli xususiyatlari bilan 
farqlanadi. Ushbu xizmatlarning o‗ziga xos xususiyatlari, chunonchi quyidagilar 
hisoblanadi: 
xizmatlarning moddiy ko‗rinishga ega emasligi; 
ko‗p sonli ovoz va signallarni payoni yo‗q masofalarga parallel ravishda sim 
orqali va simsiz uzatilishi; 
suhbatlar va so‗zlashuvlarni rasmsiz va rasmli amalga oshirilishi; 
mijozlarga xizmatlarni real vaqt rejimida, turli aksiyalar va chegirmalarni 
qo‗llash asosida ko‗rsatish; 
mijozlarga turli-tuman interfaol xizmatlarni taqdim etish; 
ko‗rsatilgan xizmatlar to‗g‗risida mijozlarga vaqt sarfi, tarifi, qiymati, 
13
«O programme razvitiya sferы uslug na 2016 — 2020 godы». Postanovlenie KabMina R.Uz za № 55 ot 26 
fevralya 2016 goda. 


182 
abonent schyotida pul mablag‗lari holati va harakati to‗g‗risida axborotlarni taqdim 
etish. 
Telefon aloqa xizmatlarining boshqa xizmat turlaridan tubdan farq qiluvchi 
yana bir jihati shundaki, ularni yuqori texnologiyalarsiz, chunonchi zamonaviy 
billing tizimlarisiz tasavvur etib bo‗lmaydi. Aynan billing tizimlari telefon aloqa 
xizmatlarini amalga oshirish, ko‗p sonli mijozlar (abonentlar) bilan yuzaga 
keladigan moliyaviy munosabatlar, ular bilan individual hisob-kitoblarni 
boshqarish hamda nazorat qilish imkonini beradi. Telefon xizmatlarini amalga 
oshirish va boshqarishni yuqori texonologiyalar sirasiga kiruvchi billing tizimlari 
asosida amalga oshirish ushbu tizimlar imkoniyatlaridan buxgalteriya hisobini 
yuritishda ham keng foydalanishni ob‘ektiv zarurat ham qilib qo‗yadi. 
Tabiiy ravishda, turli savollar tug‗iladi. Xo‗sh, yuqori texonologiyalar 
sirasiga kiruvchi billing tizimlari o‗zi nima? Bu tizimlarning mohiyati, ularni 
telefon aloqa xizmatlari sohasidagi o‗rni va ahamiyati nimalarda namoyon bo‗ladi? 
Billing tizimlari imkoniyatlaridan telefon aloqa xizmatlari sohasida amalga 
oshiriladigan xo‗jalik hamda moliyaviy jarayonlar hisobida qanday foydalanish 
mumkin va bu qanday samara beradi? 
Ushbu va boshqa savollarga javob topish uchun, dastlab, billing tizimlari 
to‗g‗risida manbalarda keltirilgan ayrim ta‘rif hamda tavsiflarga qisqacha 
to‗xtalamiz. 
―Billing tizimi‖ so‗z birikmasi negizida ―billing‖ so‗zi, ushbu so‗z negizida 
esa ―bill‖ so‗zi yotadi. Ushbu so‗zlar dunyo xalqlari leksikoniga ingliz tilidan kirib 
kelgan. Inglizcha, «bill» rus tilida «schet», «veksel», «banknota» mazmunida 
tarjima etilgan. O‗zbek tilida uni «hisob», «hisob- kitob» mazmunida tarjima qilish 
mumkin. 
Inglizcha «Billing» so‗zi rus tilida «vыpisыvanie scheta» mazmunida 
tarjima qilingan. O‗zbek tilida uni «hisob-kitobni qilish» yoki «hisob- kitobni 
taqdim etish» mazmunida tarjima qilish mumkin. 
Hisob-kitob qilish, hisob-kitobni taqdim etish mazmunini angatuvchi billing 
foydalanish ko‗lamiga ko‗ra cheklanmagan tizimdir. SHu bois, bu tizimning 


183 
nomlanishi ham turlichadir. Chunonchi, manbalarda billing va billing tizimlariga 
quyidagicha nomlanishlar va ta‘riflar berilgan: 
Zamonaviy kompaniyalardagi billing tizimi– mijozlarga turli mumkin 
bo‗lgan o‗lchov birliklarida ko‗rsatilgan xizmatlar sonini hisobga olish, ular 
qiymatini 
aniqlash, 
shuningdek 
mijozlarga 
hisob-kitoblarni 
aksiya 
va 
chegirmalarni e‘tiborga olgan holda taqdim etishga imkon beruvchi murakkab 
kompleks dasturdir. 
Telekommunikatsiya va mobil aloqada billing tizimi – abonent schyotidan 
unga ko‗rsatilgan xizmatlar (internet-trafik, mobil-trafik, SMS va shu kabilar) 
uchun mablag‗larni xizmatlar ko‗rsatilgan chog‗ida undirilishiga imkon beruvchi 
«real vaqt» rejimi. Bunday rejim billing tizimidan dasturiy ta‘minotni yuqori 
ishonchliligi va ma‘lumotlar bazasining uzluksiz ishlashini talab etadi. 
Elektr aloqada billing – telekommunikatsion xizmatlardan foydala- nish 
to‗g‗risidagi axborotlarni yig‗ish, ular qiymatini baholash, abonentlarga schetlarni 
taqdim etish, to‗lovlarga ishlov berishga javobgar bo‗lgan aloqa korxonasida yuz 
beruvchi jarayonlar va qarorlar majmuasidir. 
Xalqaro internet tarmoqida billing tizimiga quyidagi ta‘riflar ham berilgan. 
Billing tizimi – billing biznes-jarayonlarni qo‗llab-quvvatlashning amaliy 
dasturiy ta‘minoti. 
Billing - telekommunikatsiya turidan qat‘iy nazar, aloqaning barcha tijorat 
operatorlari (turg‗un va mobil aloqa operatorlari, internet- telefon, virtual 
operatorlar, internet-provayderlar, tranzit-raqamli trafik operatorlari, raqamli 
televidenie provayderlari) faoliyatining muhim komponentidir. Ushbu xizmatlarni 
ko‗rsatuvchi sub‘ektlarni billing tizimisiz tasavvur etib bo‗lmaydi. Chunki, aynan 
billing orqali ushbu xizmatlarni ko‗rsatuvchi sub‘ektlar o‗z mijozlariga tegishli 
schyotlarni taqdim etadi va shu asosda faoliyatining uzluksizligini ta‘minlaydi. 
Billing tizimi (BT) - buxgalteriya tizimi, dasturiy ta‘minot, boshqacha 
aytganda operatorlar, shu jumladan telekommunikatsiya sohasi operatorlari uchun 
maxsus ishlab chiqilgan «soft», ya‘ni dasturiy vosita. 
Billing tizimi (BT) - hisob-kitoblarning avtomatlashtirilgan tizimi (HKAT- 


184 
ASR). 
Billing tizimi (BT) - axborot billing tizimi (ABT- IBS). 
Ta‘kidlash joizki, billing tizimi (BT) nafaqat mobil aloqasi operatorlari 
tomonidan foydalaniladigan tizimdir. BT, shuningdek, an‘anaviy (turg‗un, simli) 
aloqa operatorlari tomonidan ham foydalaniladigan tizim hisoblanadi. Uning 
yordamida kichik ofislarda ham telefon orqali kim, qachon qo‗ng‗iroqni amalga 
oshirganligi, so‗zlashuv qancha davom etganligi hisobga olinadi. IP-telefon, 
internet-provayderlar ham billing tizimi keng qo‗llaniladigan sohalardir. 
Har qanday billing tizimi aniq ma‘lumotlar bazasini boshqarish tizimi 
(MBBT) asosida yaratiladi. Chunonchi, hozirda dunyo miqiyosida mavjud bo‗lgan 
aksariyat billing tizimi «Oracle» MBBT asosida yaratilgan. MBBT ichida, 
shuningdek katta hajmdagi axborotlar uchun mo‗ljallangan Amdocs, 
Huawei,Convergys, Ericsson, LHS Telekommunikation, «Sybase», «Informix» 
kabi tizimlari mavjud. Bundan tashqari hozirgi kunda quyidagi nomdagi billing 
tizimlari ham dunyo mamlakatlarida keng foydalanilmoqda: BIS, Flagship
CBOSS, Arbor, Bill-2000-prepaid.14 
Billing tizimlari dunyo bozorida 2010 yildan boshlab liderlikni Amdocs 
kompaniyasi (hissasi 27 %), Huawei kompaniyasi (hissasi 8 %), Oracle va
Convergys kompaniyalari (hissalari mos ravishda 6 %dan),  Ericsson 
kompaniyasi (hissasi 5 %) egallab kelmoqda. 
Billing tizimi (BT)ning avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi (BAT) 
sifatidagi ahamiyati u tomonidan bajariladigan funksiyalarda yorqin namoyon 
bo‗ladi. CHunonchi, telekommunikatsiya sohasida BT tomonidan bajariladigan 
funksiyalarni quyidagi guruhlarga ajratiladi (3.2.1-jadvalga qarang). 

Download 7.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling