O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi tosnkent moliya instituti
Download 7.48 Mb. Pdf ko'rish
|
10.IQTISODIYOTDA AXBOROT KOMPLEKSLARI VA TEXNOLOGIYALARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Guruh tarkibiga kiruvchi funksiyalar 1 2 3
14 https://ru.wikipedia.org/wiki 185 3.2.1-jadval Telekommunikatsiya sohasida billing tizimlari tomonidan bajariladigan funksiyalar Guruh nomeri Guruh nomi Guruh tarkibiga kiruvchi funksiyalar 1 2 3 1- guruh Hisob-kitob operatsiyalari – ko‗rsatilgan xizmatlar, ya‘ni kommutatordan qo‗ng‗iroqlar to‗g‗risida batafsil axborotlarni aniqlash; – kommutatordan olingan ma‘lumotlarga ishlov berish; – ko‗rsatilgan xizmatlar qiymatini aniqlash va baholash; – abonentga hisoblangan summani aniqlash; – soliqlar va chegirmalarni hisob-kitob qilish; *mijoz nomiga hisob-kitob (schyot)ni shakllantirish va chiqarish; – mijozga shakllantirilgan hisob-kitob (schet)ni etkazilishini ta‘minlash; – abonetlar shaxsiy schetlarini boshqarish. 2- guruh Axborotlashtirish xizmatlari – abonentlar, mahsulot va xizmatlar to‗g‗risida axborotlarni berish; – ta‘riflar, cheklovlar, qo‗llanilishi mumkin bo‗lgan kombinatsiyalar to‗g‗risidagi axborotlarni berish; – billing to‗g‗risidagi boshqa ma‘lumotlar, masalan, hisob-kitob va ularni taqdim etish jadvali, abonentlarni xabardor qilish jarayonlarini boshqarish, axborotlarni eskirishi to‗g‗risidagi tezkor axborotlarni taqdim etish 3- guruh Moliyaviy xizmatlar – to‗lovlarga ishlov berish va ularni taqdim etilgan schyotlar hamda xizmatlar bo‗yicha yopish; – abonentlarning debitorlik qarzlari va ularning yopilishini boshqarish; – soliqlar bo‗yicha ma‘lumotlarga ishlov berish Keltirilgan 3.2.1-jadvaldagi ma‘lumotlardan ko‗rinib turibdiki, billing tizimlari ko‗p funksiyali tizimlar hisoblanadi. Birinchi guruhga kiruvchi funksiyalarning ushbu tizimlar asosida bajarilishi va boshqarilishi millionlab abonentlarga ko‗rsatilgan telefon aloqa xizmatlariga 186 ketgan vaqt sarfi hamda to‗lanadigan haqni tez va aniq hisob-kitob qilish, ushbu haqni mijozlar schyotlaridan undirib olish imkonini beradi. Ikkimchi guruhga kiruvchi funksiyalar, ko‗rinib turibdiki, mijozlarning turli axborotlarga talablarini qondirishga qaratilgandir, chunonchi, ushbu funksiyalar orqali mijozlarga xizmatlar va mahsulotlar turlari, ishlash rejimlari, ularning baholari (tariflari), chegirmalar, cheklovlar, abonentlik schyotlaridagi pul mablag‗lari holati va harakati, shuningdek boshqa axborotlar taqdim etiladi. Uchinchi guruh funksiyalar makon va zamonda katta ko‗lamda va miqdorda iqtisodiy jarayon sifatida yuz beradigan telefon aloqa xizmatlariga oid moliyaviy munosabatlarni o‗lchash, baholash, hisob-kitoblarni to‗g‗ri va o‗z vaqtida amalga oshirish imkonini beradi. Billing tizimlarida shakllanadigan axborotlar telefon aloqa xizmatlari operatorlarida ko‗rsatilgan xizmatlardan olingan daromadlar, ularga qilingan sarf- xarajatlar, foyda yoki zararlar, mijozlar bilan hisob- kitoblar, debitorlik va kreditorlik qarzlar, shuningdek faoliyatning boshqa ko‗rsatkichlarini buxgalteriya hisobi va hisobotida aks ettirishda asosiy manba hisoblanadi. Binobarin, billing tizimlarini telefon aloqa xizmatlari operatorlarida qo‗llaniladigan kompyuterlashtirilgan hisob tizimlari bilan integratsiyalashtirish ularda olib boriladigan operativ hisob, boshqaruv hisobi va moliyaviy hisobni ham avtomatlashtirilgan tarzda yuritish imkonini beradi. Billing tizimini kompyuterlashtirilgan hisob tizimi bilan integratsiyalash qator afzalliklarga ega. Birinchidan, billing tizimi orqali mijozlarga ko‗rsatilgan xizmatlar va ular uchun undirilgan to‗lovlar to‗g‗risidagi axborotlar hisob tizimiga abonentlar, shaxsiy schetlar va shartnomalar kesimida avtomatik tarzda uzatiladi. Bu, o‗z navbatida, tanlangan analitik kesimlarda ko‗rsatilgan xizmatlardan olinadigan daromadlar analitik hisobi avtomatlashtirilgan tarzda yuritilishini ta‘minlaydi. Ikkinchidan, billing tizimi bilan integratsiyalash orqali hisob tizimi abonetlar tomonidan amalga oshirilgan to‗lovlarni on-line rejimida qayd etish imkoniyatiga ega bo‗ladi. 187 Uchinchidan, hisob va biling tizimlari ma‘lumotlarini o‗zaro taqqoslashda ham billing, ham hisob tizimidagi xatoliklarni izlab topish va to‗g‗rilash imkoniyatlari paydo bo‗ladi. Billing va hisob tizimlari integratsiyalashuvini aloqa xizmati operatorlarida quyidagi ikkita muqobil variantdan biri bo‗yicha amalga oshirish mumkin: Operativ hisob vazifalari bajarilishini to‗liq billing tizimiga yuklash, boshqaruv va moliyaviy hisobni esa to‗liq korxonalarda qo‗llaniladigan amaliy dasturlar paketi (masalan, ―1C:Buxgalteriya‖ dasturi) asosida yuritish varianti; Operativ hisob ayrim vazifalari bajarilishini billing tizimiga yuklash, ayrim qismini esa boshqaruv va moliyaviy hisobi vazifalari bilan birgalikda korxonalarda qo‗llaniladigan amaliy dasturlar paketi, masalan ―1C:Buxgalteriya‖ dasturi asosida bajarish varianti; Billing va hisob tizimlari integratsiyalashuvining birinchi variantini ko‗rgazmali tarzda quyidagicha ifodalash mumkin (3.2.3-rasmga qarang). Download 7.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling