159
uskunalar rivojlanishi — bu,
eng avvalo, OLAP tezkor tahliliy qayta ishlash
uskunalari, korporativ BI – to‗plamlar (Enterprise BI Suites — EBIS), shuningdek
turli ixtisoslashtirilgan V1-platformalar.
Ko‗plab BI-uskunalar oxirgi foydalanuvchilar tomonidan ko‗p o‗lchamli va
strukturalangan ommaviy ma‘lumotlar va axborotlarga omborlarda (Data
Warehouse), ma‘lumotlar kioskasi va vitrinalari (Data Mart) yoki ma‘lumotlarning
tezkor omborlarida (Prompt Data Base) joylashgan ma‘lumotlar bo‗yicha
hisobotlarni tahlil qilish va generezatsiyalash uchun kirishda qo‗llaniladi. Stol
ustida foydalaniladigan OLAP-uskunalar (Business Object Explorer, Cognos Power
Play, MS Data Analyzer) vaziyatni ko‗p maqsadlarda tekshirish,
amalga oshirish
ehtimolini rivojlantirish va baholashning ssenariysini tayyorlash uchun
foydalanuvchiga ko‗p o‗lchamli va birlashtirilgan ma‘lumotlarni tezkor
manipulyasiyalashga imkon beradi.
Ikkinchi toifaga keladigan bo‗lsak, BI-platformalar uskunalar to‗plamidan
BI-ilovalarni yaratish, joriy etish, qo‗llab quvvatlash va kuzatish uchun foydalanadi.
Ilova so‗nggi foydalanuvchining o‗ziga xos biznes-muammolari atrofida to‗liq
tahlil qilish va iqtisodiy vaziyatlar modellari tashkillashtirilgan ―buyurtma‖
interfeyslari bilan rivojlanishga ega. BI-platformani
tanlashda arxitekturaning
taqsimlanganligi, modullanganlik, o‗tkazuvchanlik, mashstablilik, XML, OLE DB
for OLAP, CORBA, COM/DCOM umu3m qabul qilingan standartlarni qo‗llab
quvvatlash va Internetda ishlash imkoniyati kabi tavsiflarni hisobga olish zarur.
Amaliy BI-ilovaga qarorlarni amalga oshirishni qo‗llab quvvatlash tizimining
(Executive Support Systems — ESS) bir qismi hisoblangan rahbarning axborot
tizimi EIS misol bo‗ladi. ESS kompaniya boshqaruvining strategik bosqichida
strukturalanagan qarorni qabul qilishda va istalgan amaliy
va ixtisoslashtirilgan
ATga qaraganda tashqi muhitdan axborotni yaxshiroq tizimli tahlil qilishga
yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: