O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi tosnkent moliya instituti
Download 7.48 Mb. Pdf ko'rish
|
10.IQTISODIYOTDA AXBOROT KOMPLEKSLARI VA TEXNOLOGIYALARI
Yagona
Davlat Interaktiv Xizmatlari Portali (YIDXP)- www.my.gov.uz tashkil etildi va u 2013 yil 1-iyul sanasidan boshlab test rejimida ish boshladi: O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar 1. Elektron huqumatni rivojlanish boskichlari? 2. Elektron huqumatga ta‘rif bering? 3. O‘zbekistonda elektron huqumatning qanday modellari mavjud? 4. O‘zR elektron huqumatining arxitektura tuzilishini ifodalang? 5. Dov.uz nima? 6. My.dov.uz nima? 7. Huqumat portalida qanday ishlarni amalga oshirish mumkin? 330 5.3. Elektron tijorat texnologiyasi Shuni aytish lozimki, "elektron tijorat" tushunchasiga qat‘iy ta‘rif berish bugungi kunda oddiy ish emas. Gap shundaki, bir tomondan, ommaviy axborot vositalarida va taniqli nashriyotlarda elektron tijorat tovarlarni Internet ishlatish orqali sotib olish, deya ta‘riflanadi. Ikkinchi tarafdan, ixtisoslashtirilgan nashriyotlarda elektron tijoratni juda kо‗p ta‘riflari keltiriladiki, ularda ushbu global xodisaning u yoki bu hususiyati qirralari qayd etiladi. Umumiy holda bu yerda "elektron" va "tijorat" sо‗zlarini tashkil etuvchilari butungi kun hisobi bilan qanday ma‘no berishini bilib olish lozim. Shundan kelib chiqib, elektron tijorat tushunchalarini amaliy nuqtai nazardan aniqlashtirish bilan chegaralanamiz. Elektron tijorat tushunchasi ostida tovar buyurtmasini qabul qilish, tо‗lovni amalga oshirish, tovar (xizmat bajarilishi) yetkazib berilishidagi boshqaruvda qatnashuvni о‗z ichiga oluvchi operatsiyalarning (amallar) yopiq siklli texnologiyasi tushuniladi. Ushbu amallar (operatsiyalar) axborot texnologiyalari va elektron vositalar yordamida о‗tkazilib, egalik etish yoki ishlatish huquqini bir yuridik (jismoniy) shaxsdan ikkinchisiga о‗tishi ta‘minlanadi. Keltirilgan ta‘rif elektron tijoratning "ideal" tushunchasini yoki boshqa sо‗zlar bilan elektron tijorat tizimlarini tashkil etishda intilishi lozim bо‗lgan maqsadni о‗zida aks ettiradi. Haqiqatda bugungi kunda faqat keng rivojlangan elektron tijorat tizimlarigina barcha tijorat kelishuvlar tо‗liq yopiq amallarni (operatsiyalar) elektron yо‗l bilan о‗tishini ta‘minlaydi. Keyinchalik esa biz shunga amin bо‗lamizki, elektron tijorat sinfiga kiruvchi deb qabul qilingan tizimlarning asosiy qismi operatsiyalar (amallar) bajarilishining elektron va odatiy usullari, masalan tovar va xizmatlar tо‗lovini о‗z ichiga oladi. Yuqorida keltirilgan ta‘rifda "savdo" va "Internet" sо‗zlari yо‗q bо‗lishiga sabab shuki, elektron tijoratda savdo xususiy holat va Internet elektron tijoratni kiritish bо‗yicha axborot texnologiyalari vositalaridan biri hisoblanadi. Elektron tijoratda Internet imkoniyatlari 90 -yillardan faol ishlatila boshladi. Elektron tijoratning о‗zi esa bundan uzunroq tarixga ega. 331 Elektron tijorat tushunchasining paydo bо‗lishi 1948 yilda G‗arbiy Berlinni kerakli material -texnik xom ashyo bilan ta‘minlash uchun G‗arbiy mamlakatlar tomonidan bunyod etilgan avia kо‗prikni tashkillashgirish ishlarida qо‗llanilgan amaliyot bilan bog‗lanadi. Ushbu kо‗prik deyarli 11 oy faoliyat kо‗rsatib, shahar ehtiyojlari tо‗g‗risida juda tez va aniq ma‘lumotlar uzatilishini talab qilgan. Agar Berlin avia kо‗prigini elektron tijoratning paydo bо‗lish nuqtasi yoki alohida epizodi hisobida kо‗rsak, 30 yillik AT&T korporatsiyasi loyihasining ish faoliyati boshlanishini elektron tijorat tizimi faoliyatining boshlanishi, deya hisoblash mumkin. Loyihaning asosiy g‗oyasi AT&T korporatsiyasi telefon chaqiruvlarini operator orqali qayta ishlovning narxini kamaytirish uchun chaqirilgan abonentlar shaharlararo sо‗zlashuv uchun hisobini avtomatik usuli kashf etilganligida va patentlanganligida tashkil topdi va bu о‗z navbatida, 800 talik raqamlar xizmatining tashkil topilishiga asos bо‗ldi. AQShda, misol uchun, har yili bu xizmat orqali 100 mlrd. dollarlik shartnoma tuziladi. 2006 yil hisob-kitoblariga kо‗ra, AQShda elektron tijorat hajmi 100 milliard dollardan oshib ketgan. Yevropada esa bu kо‗rsatkich 130 milliard dollarga yetganligi taxmin qilinmoqda. Rossiya va MDH davlatlarida On-line biznesning tovar aylanish hajmi hali unchalik katta emas. Ekspertlarning baholashicha, 2006 yil sо‗ngida u 1,55 milliard dollarga tenglashgan bо‗lsa-da, о‗sish sur‘ati yiliga 30-50 foizni tashkil etmoqda. Internet tarmog‗i paydo bо‗lguncha bir necha yillar davomida elektron tijorat turli xil ma‘lumotlarni uzatish elektron tizimlarida asoslangan. EDI (Yelestronic Data Interchange - ma‘lumotlar elektron almashinuvi), YEFT (Electronic Funds Transfer-fondlarning elektron almashinuvi), YE -Mail (Yelestronic Mail - elektron pochta) elektron tijorat tizimlarining butun bir qatorida yuqoridagi ma‘lumotlarni almashish tashkiliy usullaridan hozirda ham foydalaniladi. Internet elektron tijoratning butun dunyoda tarqalishi uchun eng istiqbolli vosita bо‗lishiga qaramasdan, elektron tijorat rivojlanishining axborot texnologiyalari nuqtai nazaridan bu vosita optimallik о‗rnini egallab olmaydi. 332 Biroq aynan global tarmoq elektron tijoratning rivojlanishiga qattiq turtki berdi va u katta korporatsiyalargagina emas, balki kichik va о‗rta tadbirkorlarga hamda alohida shaxslarga ham foydalanish imkoniyatini berdi. Bu bilan esa yetkazib beruvchilar va iste‘molchilarning tobora kengroq doirasini elektron tijoratga jalb etish mumkin bо‗ldi. Elektron tijorat kundan - kunga tovar va xizmatlar assortimentini oshira boshlagan sari alohida shaxslarni, korxonalarni, sohalarni, davlat muassasalarini va nihoyat davlatlarni bir hamjamiyatga birlashtirib, hamkorlarning о‗zaro ta‘siri axborot va telekommunikatsion texnologiyalar yordamida samarali va tо‗siqlarsiz rо‗y berishiga imkon berdi. Elektron biznes – bu biznesni an‘anaviy turlariga nisbatan yuqori iqtisodiy samaradorlikni ta‘minlash maqsadida eng ilg‗or axborot texnologiyalari va kommunikatsiya muhitidan foydalanishdir. Elektron tijorat о‗z - о‗zidan tovar va xizmatlarni realizatsiyalash va yetkazib berish shartnomalarini tuzishda 2 ta: moddiy va nomoddiy oqimlar, oqim xizmati bilan bog‗liq: Nomoddiy oqimlar nomoddiy tovarlar (dasturiy ta‘minot, bino loyihalari va b.) ni tо‗g‗ridan - tо‗g‗ri tarmoqli uzatish, moddiy xizmatlar (transport chiptalari, mehmonxonalarda xonalar va x.z. buyurtmasi)ning tо‗g‗ridan - tо‗g‗ri tarmoqli bajarilishi, hamkorlar (mijozlar, buyurtmachilar, yetkazib beruvchilar, subpudratchilar, banklar va b.) bilan moliyaviy tarmoqli hisobotlar, moddiy xizmatlarni yetkazib berishni axborot va telekommunikatsion qо‗llab - quvvatlash natijasida yuzaga keladi. Bunday oqimlar u yoki bu virtual tijorat faoliyati natijasida umumiy oqimlarning sezilarli, ba‘zida esa juda katta qismini tashkil etadi. Tabiiyki, nomoddiy oqimlarga xizmat kо‗rsatishda elektr vositalarning ishlatilishi ish jarayonlarini tezlashtirishga, oqibatda, elektron tijoratning rivojlanishiga olib keladi. Hozirgi elektron tijorat yuritishning turli xil andozalari qariyb hamma mamlakatlarda, iqtisodiyotlarning turli sohalarida, turli xil hajmdagi korxonalarda, shuningdek davlat muassasalari va turli darajadagi vakolatli qonun chiqaruvchi va ijro hokimiyat organlarida tarqalmoqda. Bu andozalarning umumiy -qabul qilingan tasnifi asosiga shartli ravishda mol yetkazib beruvchi va xaridor deb nomlash mumkin bо‗lgan elektron tijoratning 333 о‗zaro aloqador tomonlari turlari qо‗yilgan. Bu tavsifning mazmuni shundan iboratki, elektron tijoratni yuritish andozalari mol yetkazib beruvchi va xaridorlarning aniq turlariga qarab farqlanadi. Tovar yetkazib beruvchi va xaridorlar turkumiga quyidagilar kiradi: Davlat (Government) Korxona (Business) – Yuridik shaxs Mijoz, iste‘molchi (Consumer)- Jismoniy shaxs Hamkor (Partner) Korxona xodimi (Executive, Employee). Andoza belgilanishi tovar yetkazib beruvchi va xaridor nomlanishidan tuziladi. Misol: Ingliz tilida (Business to business) yoki о‗zbek tilida (korxona- korxona) Business to consumer-korxona-iste‘molchi. Andozaning qisqartirilgan belgilanishi sotuvchi va xaridorning ingliz tilidagi nomlari bosh xarfidan tuziladi va ular о‗rtasida 2 raqam qо‗yiladi. Hozirgi vaqtda iqtisodiy rivojlangan mamlakatda turli xil darajada quyidagi andozalardan foydalaniladi: B2B, B2C, B2P, B2E, C2B.C2C, B2G, G2P, G2B: (davlat - korxona) va P2G (hamkor - davlat). Download 7.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling