O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi tosnkent moliya instituti


Download 7.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet212/262
Sana01.11.2023
Hajmi7.48 Mb.
#1736612
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   262
Bog'liq
10.IQTISODIYOTDA AXBOROT KOMPLEKSLARI VA TEXNOLOGIYALARI

LanDocs 
LanDocs tizimi birinchi navbatda ish yuritish va hujjatlarni arxivli saqlashga 
yo‘naltirilgan. U bir nechta komponentlardan tashkil topgan: ish yuritish tizimi
hujjatlar (arxivlar) serveri, skanerlash va tasvirlarni vizuallashtirish quyi tizimlari, 
internet-mijoz, pochta serveridan foydalanish orqali masofadan turib kirishni tashkil 
qilish quyi tizimlari. 
Ish yuritish komponenti sanoat Oracle MBBT yoki Microsoft SQL Server 
asosida mijoz-server arxitekturasida ishlab chiqilgan. Har qanday tilni e‘tiborga 
olgan holda hujjatlarni to‘liq matnli qidirish moduli alohida optsiya sifatida etkazib 
beriladi. 
Microsoff SharePoint Portal Server 
Tizim hamkorlikda ishlashni quvvatlovchi rivojlangan vositalarga ega 
bo‘lgan elektron arxivdir. Hujjatlarni hamkorlikda yaratish, hujjat versiyalarini 
yuritish, arxivdan hujjatlarni olish va yana o‘z joyiga qo‘yish (check-out,check-
in) kabi ishlarni quvvatlaydi. Arxivga kirish uchun Web- mijoz (tashqi ishlab 
chiqaruvchilar unga o‘z komponentlarini kiritish mumkin) va arxivga fayllar 
to‘plami sifatida murojaat qilishga imkon beruvchi Windows Explorerga 
birlashtirilgan komponentdan foydalaniladi. 
 
 


345 
Optima Workflow 
Tizim Optima Workflow deb nomlansada, aslida Workflow mahsulotdan bir 
muncha ustunroqdir. Bu tizim hujjatlar oqimini tashkil qilish umumiy 
mexanizmidan tashqari, ish yuritish mobaynida jarayonga taalluqli barcha 
hujjatlarni saqlab borishga imkon beradi. Buning uchun ombor sifatida Microsoft 
Exchangening umumiy papka mexanizmidan foydalaniladi. Inqirozli yo‘llarni 
kuzatib borish va o‘zaro bog‘langan ishlar majmuasini diagramma ko‘rinishida 
ifoda qilishi uning eng foydali imkoniyatidir. Shuningdek, MS Project muhitidan 
foydalanib ham uning hamma imkoniyatlarini amalga oshirish mumkin, chunki 
Optima Workflowda ish jarayonidagi barcha ma‘lumotlarni bu dasturga eksport 
qilish imkoniyati bor. 
Optima Workflow tizimida elektron arxiv sifatida Exchangedan foydalanish 
imkoni yo‘q, buning uchun boshqa mahsulotlar, masalan, yuqorida yoritib berilgan 
Microsoff SharePoint Portal Server mavjuddir. Optima Workflow hujjatlarni bu 
hujjatlar bilan bog‘liq jarayonlar tugamaguncha saqlab turadi. 

Download 7.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling