Hisob raqamidan ko‘chirma
Xaridor o‘z hisob raqamidagi mablag‘lar haqidagi ko‘chirmani o‘ziga tegishli
bo‘lgan elektron-raqam usulida imzolangan so‘rovnoma orqali oladi. Bank
Xaridorning kodi va elektron-raqam imzosini (ERI) tekshiradi. Tekshiruvning
ijobiy natijalari olingan holda Bank Xaridorga ERI yordamida imzolangan va
kriptografik tarzda o‘zgartirilgan tekstni o‘z ichiga olgan so‘rovnomani yo‘llaydi.
Xaridor, xabarni olgach, Bank imzosi va va ko‘chirmaning aksincha
o‘zgartirilganligini tekshiradi. Xaridor ko‘chirmani o‘z kompyuterining xotirasida
saqlab qoladi.
Xaridorning to‘lovlari magazindan o‘tganligi
haqidagi so‘rovnoma
Xaridor CyberPlat tizimidagi o‘z kodini ko‘rsatgan holda mazkur Magazinda
amalga oshirilgan to‘lovlari haqida ma‘lumotlarni rasmiy ravishda so‘rab oladi va
olingan kod asosida Magazin mazkur Xaridor to‘lovlari haqida axborotni taqdim
etadi.
CyberPlat tizimining bank plastik kartochkalari egalariga xizmat
ko‘rsatish texnologiyasi. Plastik kartochka egasini ro‘yxatga olish.
1. VISA, Eurocard, Mastercard, Diners Clud, JSB (bundan buyon – Xaridor)
bank plastik kartochkalari egalari CyberPlat to‘lov tizimida ro‘yxatga olinadi.
2. Ro‘yxatga olinish vaqtida Xaridor quyidagi ma‘lumotlarni ko‘rsatadi:
o‘ziga tegishli bo‘lgan shaxsiy ma‘lumotlar (ismi-sharifi, otasining ismi, elektron
pochta manzili, pochta manzili, telefon), o‘z kartochkasining parametrlarini
(kartochkaning qaysi to‘lov tizimga tegishliligi, kartochkaning raqami, uning amal
qilish muddati, kartochka egasining kartochkada ko‘rsatilgan transkriptsiyadagi
ismi-sharifi). Kartochkadagi ma‘lumotlar himoyalangan tarzda Xaridorni ro‘yxatga
olish uchun faqatgina Bankka beriladi, ushbu ma‘lumotlar Magazinga Xaridor
bilan operatsiyalarni amalga oshirishda taqdim etilmaydi.
356
Do'stlaringiz bilan baham: |