O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi tosnkent moliya instituti
Onlayn shaklidagi xarid va to‘lovni o‘tkazish
Download 7.48 Mb. Pdf ko'rish
|
10.IQTISODIYOTDA AXBOROT KOMPLEKSLARI VA TEXNOLOGIYALARI
Onlayn shaklidagi xarid va to‘lovni o‘tkazish.
Magazinlarda tovarni xarid qilish CyberPlat tizimi texnologiyasi asosida amalga oshiriladi. 1. Xaridor Internet orqali Magazinga tegishli bo‘lgan web-serverga ulanib, tovar savatini shakllantirib, Magazinga jami qilingan harajatlar miqdori haqida so‘rovnoma yuboradi. 2. Ushbu so‘rovnomaga asosan Magazin Xaridorga tovar nomi va xizmat haqi, magazin kodi, amalga oshirilgan operatsiyaning vaqti va kuni ko‘rsatilgan ERI usuli yordamida imzolangan hisobvarag‘ini taqdim etadi. Fuqaroviy-huquqiy nuqtai nazardan ushbu hisobvaraq shartnomani tuzish borasidagi taklif deb hisoblanadi. 3. Xaridor unga taqdim etilgan mazkur hisob varaqni ERI usulida imzolab, uni Magazinga qaytirb yuboradi, ya‘ni aktseptni bajaradi. Shartnoma Xaridor unga taqdim etilgan hisobvaraqni imzolagan vaqtdan boshlab kuchga kirgan bo‘lib hisoblanadi. Tizimda Xaridor tomonidan imzolangan hisobvaraq chek bo‘lib hisoblanadi. 4. Magazin va Xaridor tomonidan ERI usulida imzolangan chek Magazin tomonidan avtorizatsiya uchun Bankka yo‘llanadi. 5. Bank imzolangan chekni ko‘zdan kechiradi, ya‘ni: tizimda Magazin va Xaridorning ro‘yxatdan o‘tganligi, Magazin va Xaridorning ERI tekshiriladi, operatsiyaning belgilangan tizim limitlarga muvofiqligi nazorat qilinadi va chekning nusxasi Bankning ma‘lumotlar bazasida saqlanadi. Tekshiruv natijasida kartochka to‘lov tizimida tranzaktsiyalarni avtorizatsiyalashga ruxsat berish yoki taqiqlash borasida qaror shakllanadi. 6. Avtorizatsiya taqiqlangan holda Bank Magazinga to‘lovni o‘tkazmasligi to‘g‘risida qarorini yo‘llaydi, Xaridorga esa to‘lov amalga oshirilmaganligi asoslanadi. 7. Avtorizatsiyaga ruxsat berilgan taqdirda Bank va Xaridor o‘rtasidagi shartnomaga asosan Bank komissiya miqdoriga muvofiq tarzda to‘lov summasi hajmini oshiradi. Komissiyalarning shakli va hajmi Bankning amaldagi tariflari 357 bilan belgilanadi, avtorizatsiyaga ruxsat olish so‘rovnomasi yopiq turdagi bank tarmoqlari orqali Xaridorning kartochkasi emitenti bo‘lmish bank yoki bank- emitent tomonidan vakolatlangan kartochka to‘lov tizimining protsessing markaziga yo‘llanadi. 8. Ijobiy holda Magazin xizmat ko‘rsatadi (ya‘ni, tovarni sotadi). Bank Magazin bilan tuzilgan shartnomaga asosan mablag‘larni Magazin hisob raqamiga o‘tkazadi. 9. Avtorizatsiya taqiqlangan holda Bank Magazinga to‘lovni o‘tkazmaslik haqida habar beradi. Xaridor xarid qilish jarayonini to‘la-to‘kis nazorat qiladi. Amalga oshirilgan kelishuvni tasdiqlovchi hujjat sifatida har bir tomonda yuridik kuchga ega bo‘lgan elektron-raqam usulida imzolangan cheklar qoladi. Download 7.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling