O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi tosnkent moliya instituti
To‘lov topshiriqnomalarini rasmiylashtirish tartibi
Download 7.48 Mb. Pdf ko'rish
|
10.IQTISODIYOTDA AXBOROT KOMPLEKSLARI VA TEXNOLOGIYALARI
To‘lov topshiriqnomalarini rasmiylashtirish tartibi.
Cyber Plat tizimi mijozlari bevosita Internet orqali to‘lov topshiriqnomalarini to‘ldirishlari mumkin, bu esa bank o‘tkazmalarini O‘zbekistonning istalgan bankidagi istalgan hisobraqamiga bank o‘tkazmalarini amalga oshirish imkonini beradi. Cyber Plat serveridan ( http://www.cyberplat.uz , http://www.cyberplat.ru ) foydalanuvchi mijozlar oldindan ro‘yxatdan o‘tishlari lozim. Mijozlarni ro‘yxatga olish, shuningdek, mijoz joyida (bepul taqdim etiladigan) maxsus dasturiy ta‘minotni ishlatishi to‘lovlarning yuqori darajadagi xavfsizligini ta‘minlaydi. Cyber Plat ―Platina‖ bankida ochilgan hisobraqam bilan birga, plastik kartochka orqali to‘lovlar amalga oshirish imkonini beradi. Bunda mijoz Xalqaro to‘lov tizimlari a‘zosi bo‘lgan har qanday bank tomonidan berilgan kartochkadan foydalanishi mumkin. O‘z mohiyatiga ko‘ra, Cyber Plat ko‘rinishidagi to‘lov 353 tizimini aks ettirib, unda ishtirokchilar o‘rtasida ishonchli va xavfsiz pul o‘tkazishlar samarali amalga oshirishi mumkin. Uning bu xususiyati to‘lovlar miqdori juda katta bo‘lgan korporativ o‘zaro to‘lovlar uchun juda qo‘l keladi (biznes-biznes modeli). Hozirgi kunda Cyber Plat tizimida tovar va xizmatlar: 1) ―Platina‖ bankida xaridor uchun ochilgan hisobraqamdan; 2) Har bir bank-emitentning bank kredit kartochkasidan to‘lovlar ko‘zda tutiladi Cyber Plat tizimidagi to‘lov xaridorning ―Platina‖ bankidagi hisobraqamidagi qoldiq yoki bank emitentining karta hisobraqamidagi summadan oshib ketmasa, operatsiya amalga oshiriladi. Xaridor ―Platina‖ bankidagi hisobraqamini quyidagicha to‘ldiradi: 1. Qo‘shimcha ofis kassasi orqali, badal ko‘rinishidagi naqd pul bilan; 2. Har qanday biznes banki orqali naqd pulsiz o‘tkazmalar bilan. Biznes banki orqali o‘tkazilgan mablag‘ to‘g‘risidagi xabarnomani xaridor tomonidan shartli ravishda ―Dasturiy ta‘minot‖ deyiluvchi vosita orqali chop qilish mumkin. Xabarnomada bank va xaridorning barcha zaruriy rekvizitlari aks etadi. Xaridor faqat o‘tkazma summasini kiritadi xolos. Bank plastik kartochkalaridan foydalaniladigan to‘lovlarda mablag‘lar bank- emitentdagi karta hisob raqamidan olinadi. Bu hisob raqamni to‘ldirish tegishli to‘lov karta tizimi qoidalariga ko‘ra amalga oshiriladi. Kartochka operatsiyalarida mumkin bo‘lgan qallobliklardan himoyalanish maqsadida, tizimga qo‘shimcha cheklashlar kiritilgan. Xaridor Bankda, o‘z hisob-raqamidagi yoki joriy to‘lov limitidagi mablag‘larni nazorat qilishi mumkin va bunda u ―Platina‖ bankidan hisob raqam holati bo‘yicha yoki bank kredit kartochkasidan foydalanish davomida amalga oshirilgan tranzaktsiyalar haqida ko‘chirma olishi mumkin. Download 7.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling