O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi tosnkent moliya instituti


Download 7.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet216/262
Sana01.11.2023
Hajmi7.48 Mb.
#1736612
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   262
Bog'liq
10.IQTISODIYOTDA AXBOROT KOMPLEKSLARI VA TEXNOLOGIYALARI

CyberPlat tizimi. CyberPlat – debet tizimdir. Elektron raqamli imzo bilan 
imzolangan raqamli chek orqali to‘lov amalga oshiriladi. U ―Platina‖ banki va 
―Inist‖ firmasi mutaxassislari tomonidan 1997 yilda ishlab chiqilgan. Tarixiy 
birinchi Rossiya davlatining to‘lov tizimi hisoblanadi. 
Birinchi on-line rejimidagi to‘lov o‘tkazmasini 1998 yil 18 martda ―Garant-
park‖ kompaniyasi tomonidan amalga oshirilgan. Hozirgi paytda CyberPlat® 
(KiberPlat) elektron to‘lov bozorida 12 yil mobaynida ishlab kelmoqda, Rossiya va 
MDH davlatlarini ichida eng ishonchli va yo‘lga ko‘yilgan elektron to‘lov tizimi 
bo‘lib kelmoqda.
CyberPlat tizimi Internet muhiti va real vaqt rejimida hisob-kitob qilish 
uchun mo‘ljallangan integratsiyalashgan tizimdir. U Internet orqali amalga 
oshiriladigan hisob-kitobning ikki modelini qamrab oladi:


351 
1. Biznes – xaridor (Business to Consumer) modeli – ASSIST 
avtorizatsiyalashgan serveri – chakana elektron xarid, jumladan, mikroto‘lovni 
ta‘minlash.
2. Biznes – biznes modeli (Business to Business) – himoyalangan moliyaviy 
hujjatlashtirish texnologiyasi - ulgurji savdo va korporativ strukturalar orasidagi 
hisob-kitoblar.
Yuqorida keltirilgan hisoblashishlar modellari mohiyatan to‘lovlar hajmlari 
va buning natijasi o‘laroq, mumkin bo‘lgan sanktsiya qo‘yilmagan kirish 
ehtimolidan himoyalanish darajasiga qo‘yiladigan talablarga ko‘ra farqlanadi. 
CyberPlat tizimining texnologik qurilishi uni har ikki modelda ham muvaffaqiyatli 
qo‘llash imkonini beradi. Bunda ASSIST avtorizatsiyalashgan serverining mavjud 
bo‘lishi mijozlarga biznes-xaridor sxemasi buyicha xizmat ko‘rsatish 
imkoniyatlarini muhim darajada kengaytiradi.
CyberPlat to‘lov tizimga qisqacha tavsif berib o‘tamiz. Tizim 
ishtirokchilari CyberPlat to‘lov tizimida hisob-kitoblar uch asosiy ishtirokchilar 
orasida olib boriladi: xaridor, elektron magazin va bank.

Download 7.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling