354
2. Xaridor Internet orqali magazinning
veb serveriga ulanadi, tovarlar
to‘plamini shakllantiradi va hisobraqamdan olish to‘g‘risida magazinga
so‘rovnoma jo‘natadi.
3. Magazin xaridorning so‘rovnomasiga ko‘ra unga tovar (xizmat) nomi,
narxi,
magazin kodi, operatsiya sodir bo‘lgan vaqt va kuni ko‘rsatilgan elektron
raqamli imzo(ERI) bilan imzolangan hisob jo‘natadi. Fuqarolik-huquqiy nuqtai
nazaridan bu hisob shartnoma tuzish uchun taklif hisoblanadi(oferta).
Dunyoda
Elektron raqamli imzo(ERI) haqida qonun qabul qilgan birinchi mamlakat
Germaniya bo‘lib, 1997 Evropa davlatlari qonunchiligi asosida ―Elektron raqamli
imzo‖ to‘g‘risidagi qonun imzolangan. AQShda 2000 yil 1 oktyabrda ―Global va
milliy biznesda elektron imzo‖ to‘g‘risidagi Qonun imzolangan.
4. Xaridor unga kelgan hisobni o‘z ERI si bilan imzolab,
qabulni amalga
oshirgan holda uni magazinga qaytarib jo‘natadi. Shartnoma xaridor imzolagan
paytdan boshlab kuchga kiradi. Tizimda xaridor tomonidan imzolangan hisob
chekka aylanadi.
5. Ikki tomonlama ERI bilan imzolangan chek (ya‘ni
magazin va xaridor
tomonidan) Magazin tomonidan, kuchga kiritish uchun Bankka jo‘natiladi.
6. Bank imzolangan chekni qayta ishlaydi: Magazin va xaridorning
tizimlarida
uning mavjudligini tekshiradi, ikkala tomonnining ERI larini tekshiradi,
ularning hisobraqamlaridagi qoldiq va limitlarni tekshirib chiqadi. Tekshiruv
natijasida to‘lovni o‘tkazish yoki o‘tkazmaslik haqidagi qaror shakllanadi.
7. To‘lovga ruxsat olinganda bank pul mablag‘larni Xaridorning hisob
raqamidan Magazin hisob raqamiga o‘tkazish bilan
birga Magazinga xizmat
ko‘rsatishga (tovar berishga) ruxsat beradi, Magazin esa ushbu xizmatni ko‘rsatadi
(tovar beradi).
8. To‘lov taqiqlangan holda bank Magazinga to‘lovni qaytarish haqida
xabar beradi, Xaridorga esa to‘lovning qaytarilishi asoslanadi. Xaridor xarid qilish
jarayonini to‘la-to‘kis nazorat qiladi. Amalga oshirilgan kelishuvni tasdiqlovchi
hujjat sifatida har bir tomonda yuridik kuchga ega bo‘lgan elektron-raqam usulida
imzolangan cheklar qoladi.