O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi tosnkent moliya instituti


Tizimdagi tranzaktsiyalar bo‘yicha ko‘chirma


Download 7.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet222/262
Sana01.11.2023
Hajmi7.48 Mb.
#1736612
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   262
Bog'liq
10.IQTISODIYOTDA AXBOROT KOMPLEKSLARI VA TEXNOLOGIYALARI

Tizimdagi tranzaktsiyalar bo‘yicha ko‘chirma 
1. Xaridor CyberPlat tizimida amalga oshirilgan tranzaktsiyalar haqidagi 
ko‘chirmani rasmiy ravishda so‘rab oladi, so‘ng o‘zining so‘rovnomasini ERI 
usulida imzolaydi. 
2. Bank Xaridorning kodi va ERI ni tekshiradi. 
3. Tekshiruvning ijobiy natijalari olingan holda Bank Xaridorga ERI 
yordamida imzolangan va kriptografik tarzda o‘zgartirilgan tekstni o‘z ichiga olgan 
so‘rovnomani yo‘llaydi.
4. Xaridor, xabarni olgach, Bank imzosi va ko‘chirmaning aksincha 
o‘zgartirilganligini tekshiradi.
5. Xaridor ko‘chirmani o‘z kompyuterining xotirasida saqlab qoladi. 
Xaridorning to‘lovlari magazindan o‘tganligi haqidagi so‘rovnoma 
1. Xaridor CyberPlat tizimidagi o‘z kodini ko‘rsatgan holda mazkur 
Magazinda amalga oshirilgan to‘lovlari haqida ma‘lumotlarni rasmiy ravishda 
so‘rab oladi.
2. Olingan kod asosida Magazin mazkur Xaridor to‘lovlari haqida axborotni 
taqdim etadi. 


358 
Mijoz operatsiyalari bo‘yicha cheklovlar 
Hisob raqamni to‘ldirish
Hozirgi kunda CyberPlat tizimida har qanday bank-emitentning bank kredit 
kartochkasi bo‘yicha Xaridorning «Platina» bankida ochilgan hisob raqami orqali 
tovar yoki xizmatni xarid qilish ko‘zda tutilgan. 
Bank hisob raqamidagi mablag‘lar yoki joriy to‘lov limitning holatini Xaridor 
«Platina» bankdan rasmiy ravishda olingan yoki bank kredit kartochkasi 
yordamida amalga oshirgan transaktsiyalari haqidagi ko‘chirmalar orqali nazorat 
qilishi mumkin (
http://www.webmoney.ru/rospay/cyberod.asp
 – top). 
CyberPlat tizimining afzalliklari quyidagilarda namoyon bo‘ladi. 
O‘zaro to‘lovlarni o‘tkazish tezligi: Xaridor, Magazin va Bank ishtirok etuvchi 
barcha operatsiyalarning onlayn shaklida o‘tkazilishi. 
Soddaligi:
1) tizimga ulanishning etarlicha soddaligi; 
2) moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish texnologiyasining muayyan 
soddaligi; 
Mijoz hisob raqamining xavfsizligi va konfidentsialligi quyidagilarga asosan 
ta‘minlanadi: 
1) o‘zaro munosabatda bo‘lgan tomonlar Elektron-raqam imzolardan 
foydalanadi (ERI); 
2) mijoz xavfsizligining tegishli darajasi 512-bitli yopiq kalitni qo‘llash orqali 
ta‘minlanadi; 
3) operatsiyani o‘tkazuvchi tomonlarning haqiqiyligini tasdiqlovchi tizimning 
mukammalligi 
Real vaqtda amalga oshirilayotgan to‘lovlar bilan bog‘liq operatsiyalar va 
ularni tegishli hujjatlar bilan tasdiqlash ustidan nazorat quyidagilarga asosan 
ta‘minlanadi: 
1) to‘lov operatsiyalarining har bir bosqichi rasmiy hujjatlar bilan 
tasdiqlangan; 


359 
2) hujjatlar ERI bilan imzolanadi. 
Hisob raqamni Internet orqali boshqarishdagi qulaylik CyberPlat tizimida 
ochilgan hisob raqami orqali to‘lovni tashqi to‘lov tizimlar orqali har qanday 
bankning har qanday hisob raqamiga o‘tkazish imkoniyatining mavjudligi bilan 
kafolatlanadi. 
CyberPlat tizimining kamchiliklari boshqa qator to‘lov tizimlari singari o‘z 
mijoziga tegishli axborot va tranzaktsiyalari xavfsizligini mutlaq tarzda ta‘minlab 
bera olmasligidir. 

Download 7.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling