O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi tosnkent moliya instituti


Download 7.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet213/262
Sana01.11.2023
Hajmi7.48 Mb.
#1736612
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   262
Bog'liq
10.IQTISODIYOTDA AXBOROT KOMPLEKSLARI VA TEXNOLOGIYALARI

O‘zbekiston bozoridagi EHATri 
Toshkent shahrida «e-Hujjat» elektron hujjat aylanish tizimining yangi 
versiyasining taqdimoti bo'lib o'tdi. Tadbir O'zbekiston Respublikasi aloqa, 
axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo'mitasi, BMT 
Taraqqiyot Dasturi va O'zbekiston Respublikasi Hukumatining «Mahalliy boshqaruv 
tizimini qo'llab-quvvatlash: fuqarolik ishtiroki va hamkorlik» qo'shma loyihasi 
va
«UNICON.UZ» Markazi
 hamkorligida tashkil etildi. Tadbirda 100 dan ziyod 
vazirlik va davlat idoralari vakillari ishtirok etishdi. 
 
5.4.5-rasm. O‘zbekiston bozorida mavjud EHAtizimlari 


346 
«E-Hujjat» tizimining yangi versiyasi zamonaviy platforma bazasi asosida 
sanoat standartlari va texnologiyalarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan bo'lib, 
bu tizim qonuniy elektron hujjatlarni ayirboshlash, mavjud ish yuritish tizimi va 
tashkilotlarda 
qaror 
qabul 
qilish 
jarayonlarini 
avtomatlashtirish 
va 
takomillashtirish, yagona qayd qilish tizimini yaratish hamda hujjatlarni 
tizimlashtirish va ularning ijrosini nazorat qilishga qaratilgan. 
 
5.4.6-rasm. ―E-hujjat‖ EXAT asosiy aynasi 
 
«E-Hujjat» tizimi platformasi boshqa elektron hujjat aylanish tizimlariga 
moslikni hamda vazirliklar, davlat idoralari va tashkilotlarida mavjud yoki yangi 
ishga tushirilgan dasturlar bilan uyg'unlikni ta'minlaydi. 
Elektron hujjat aylanish tizimi «Elektron hukumat» ning asosiy 
elementlaridan biri hisoblanadi. Chunki ushbu tizimning muvaffaqiyatli yo'lga 
qo'yilishi nafaqat davlat hukumati va boshqaruvi organlari, xususiy sektor va aholi 
o'rtasidagi samarali hamkorlikni ta'minlaydi, balki mamlakatda axborot jamiyatini 
shakllantirishga yordam beradi. 
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 4 maydagi 


347 
№126-sonli «Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparatida, davlat va xo'jalik 
boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarida yagona himoyalangan elektron 
pochtani va elektron hujjat aylanishi tizimini joriy etish hamda ulardan foydalanish 
chora-tadbirlari to'g'risida» gi qarorini qabul qilinishi elektron hujjat aylanish 
tizimini O'zbekistonda tadbiq etishning muhim bosqichi bo'ldi. Mazkur qarorni ijro 
etish doirasida «UNICON.UZ» markazi tomonidan vazirlik va idoralarni yagona 
himoyalangan «e-Hujjat» tizimiga uzviy bog'lash bo'yicha ishlar olib borilib, hozirgi 
kunda 150 dan ziyod tashkilotlar ushbu tizimga bog'langan. 

Download 7.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling