O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi tosnkent moliya instituti
Download 7.48 Mb. Pdf ko'rish
|
10.IQTISODIYOTDA AXBOROT KOMPLEKSLARI VA TEXNOLOGIYALARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Docs Fusion va Docs Open hujjat aylanish tizimi.
- Documentum.
ishlash texnologiyasi ASKID
Xozirda jahon bozorida elektron hujjat aylanish tizimlari juda ko‘p. Bular AQSH, Rossiya, Evropa, O‘zbekiston va h.q. davlatlarining elektron hujjat aylanish tizimlari mavjud. 5.4.4-rasm. Jahon bozorida mavjud EHAtizimlari Hujjat aylanishlar tizimining asosiy farq qiluvchi qirralarini ko‘rib chiqamiz. Ularni tavsiflashda tizimlarning oddiy hujjat aylanishlarga taalluqli bo‘lgan xususiyatlarini tashlab o‘tamiz. Bunday xususiyatlarga misol sifatida Microsoft- office ilovalari bilan integratsiyalarni, hisobotlarni generatsiya qilish, izlashni 343 standart vositalarini kiritish mumkin. U yoki bu standart funktsionallik qandaydir aniq bir mahsulotning kuchli yoki aksincha kuchsiz tomoni bo‘lgan holdagina ko‘rib o‘tiladi. Docs Fusion va Docs Open hujjat aylanish tizimi. Bu mahsulotni Nummingbird kompaniyasi ishlab chiqqan bo‘lib, «elektron arxivlar» sinfiga oid eng dunyodagi mashhur tizimlardan biridir. Mahsulotning turli avlodlari va komponentlari turli nomlarga ega bo‘lganligidan ular bilan tanishishda anglashilmovchiliklarga olib kelishi mumkin. Dastavval «ma‘lumotli» mijozlarning mijoz-server ilovasi - Docs Open tizimi mavjud edi. So‘ngra bunday mijozga ega bo‘lish zaruriyatidan xalos bo‘lishga imkon berib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ma‘lumotlar bazasiga murojaat qila oladigan Docs Fusion ilovalar serveri ishlab chiqildi. Uning ikkita mijozi bor: PowerDocs Windows-mijoz va CuberDocs Web-mijoz. Kompaniyalar uchun DocsFusion platformasi istiqbolli hisoblanadi. Bundan keyin soddalik uchun Docs Fusion, PowerDocs va CuberDocs mijozlarni e‘tiborga olgan holda tizimni Docs nomi bilan ataymiz. Documentum. Documentum - yirik korxonalar va tashkilotlarda hujjatlar, bilimlar va biznes- jarayonlarni boshqarishga imkon beruvchi tizimidir. Documentum - bu taqsimlangan arxivlarni yaratish, sifat standartlarini quvvatlash, taqsimlangan loyihaviy guruhlar loyihalarini boshqarish, korporativ ish yuritishni tashkil qilish, korporativ internet-portallarni dinamik boshqarish uchun mo‘ljallangan. Mahsulotda yirik korxonalar uchun kerak bo‘lgan hamma hujjat aylanishlar e‘tiborga olingan, bu esa keng doirada masalalarni majmuali echish uchun etarli bo‘lib, tadbirkorlik jarayonlari, ya‘ni, manzillashtirish, tasdiqlash, taqsimlash, xabarlantirish va ijro nazoratini avtomatlashtirish uchun zarur bo‘lgan funktsiyalarga ega. Documentum - etarlicha kengayuvchan bo‘lib, tizimda saqlanayotgan barcha axborotlar DocsBase ombori - ajratilgan server bilan boshqariladi. Documentum axborotlar saqlanishini boshqarishga imkon beruvchi quyidagi mexanizmlarni o‘z ichiga oladi: axborot versiyalari, nashr qilish, kirish, 344 ularni joylashgan joyini boshqarishni quvvatlaydi va arxivatsiya qilishni amalga oshirishga imkon beradi. Documentum mahsuloti o‘z muhitida turli ilovalarni, shu jumladan, Web ilovalarni yaratishga imkon beruvchi vositalarni o‘z ichiga oladi. Ammo, Documentum uchun ilovalarni ishlab chiqish va uni boshqa ilovalar bilan birlashtirishda tashqi vositalarning turli ishlanmalaridan ham foydalanish mumkin, chunki bu mahsulot zamonaviy ochiq texnologiyalar asosida qurilgan. Documentum eng yaxshi va samarali mahsulot bo‘lib, bunday tizimlarni hujjat aylanishlarni avtomatlashtirish muammolariga jiddiy yondashadigan, unga etarli moliyaviy va intillektual resurslarni ajratishiga qodir tashkilotlargina hrnata olishlari mumkin. Download 7.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling