O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi tosnkent moliya instituti


-rasm.DokeosLMS tizimining oynasi


Download 7.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet229/262
Sana01.11.2023
Hajmi7.48 Mb.
#1736612
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   262
Bog'liq
10.IQTISODIYOTDA AXBOROT KOMPLEKSLARI VA TEXNOLOGIYALARI

5.6.3-rasm.DokeosLMS tizimining oynasi 
LAMS IMS Learning Design standarti asosida 2003-yilda yaratilgan. JAVA 
dasturlash tilida yozilgan. Kross-platformali, 32 tilga dastur interfeysi tarjima 
qilingan va GPLv2 asosida bepul foydalanish mumkin. LAMS dasturiy majmuasi 
boshqa LMS lardan farqi shundaki, o‗qituvchilarga o‗quv jarayonini 
strukturalashda vizual vositalardan foydalanish imkoniyatini beradi, bu vositalar 
o‗quv jarayonida o‗quv resurslarini (elektron o‗quv resurslarni, chat, 
so‗rovnomalar, topshiriqlar) va nazorat turlarini qanday ketma-ketlikda 
bo‗lishligini vizual ko‗rinishini ta‘minlaydi. Bunda o‗qituvchi ―sinchqoncha‖ 
orqali bu ketma-ketliklarni hech qanday qiyinchiliksiz joylarini o‗zgartirishi 
mumkin bo‗ladi. LAMS – elektron o‗quv resursini vizual ravishda o‗quv 
kontentlarni o‗zgartirish boshqarish va yaratishdagi imkoniyatlarining mavjudligi 
sababli, yangi revolyusion ilova hisoblanadi. U o‗qituvchiga o‗quv kontentini 
yaratishda intuitiv tushunarli interfeys taqdim qiladi. Bu interfeys o‗z ichiga har-xil 
individual vazifalar, guruhli o‗qitishda frontal vazifalarni berishini o‗z ichiga oladi.
Tizimning rasmiy internet manzili: 
http://lamsfoundation.org/
  


374 
5.6.4-rasm.LAMS LMS tizimining oynasi 
Moodle – Web muhitida o‗qitish va on-line rejimdagi darslarni tashkil 
qiluvchi kuchli pedagogik dasturiy majmua hisoblanadi. Tizimda mavjud o‗qitish 
modullari: Forums, Materials, Messenger, Chat, Exercises, Group work , Student 
tracking va ancha ko‗p bo‗lgan boshqa modullari mavjud. Boshqa LMS lar singari 
IMS, SCORM va boshqa standartlarni qo‗llab quvvatlaydi.Tahlillar shuni 
ko‗rsatadiki, boshqa LMS tizimlarga qaraganda eng ko‗p qo‗shimcha plagin va 
modullari mavjud bo‗lgan dasturiy majmua aynan, Moodle dasturiy majmuasi 
hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda dunyoning ko‗p davlatlarining o‗quv muassasalarida 
masofaviy ta‘lim jarayonini aynan Moodle dasturiy majmuasidan foydalangan 
holda tashkillashtirilmoqda.
O‗zbekistondagi ko‗plab ta‘lim muassaslarida aynan virtual ta‘lim muhiti 
sifatida aynan Moodle dasturiy majmuasi foydalanib kelinmoqda. Xususan, 
Toshkent axborot texnologiyalari universitetining virtual ta‘lim muhiti - etuit.uz, 
O‗zbekiston Milliy universitetining ―Ochiq o‗quv-axborot markazida‖, Halq ta‘lim 
vazirligi qoshidagi ―Multimedia umumta‘lim dasturlarini rivojlantirish markazi‖- 
http://moodle.uzedu.uz/, 
Toshkent 
Turin 
Politexnika 
universitetida 

moodle.polito.uz va boshqa muassasalarda keng foydalanib kelinmoqda. Ochiq 


375 
kodli Moodle dasturiy majmuasi o‗quv jarayonini boshqaruvchi Web ga 
yo‗naltirilgan maxsus tizim bo‗lib, internet tarmog‗ida foydalanishga 
mo‗ljallanilgan. Tizimni yaratishda ochiq kodli dasturiy ta‘minotlardan 
foydalanilgan.
My.estudy.uz tizimi masofali o‗quv jarayonida keng qamrovli imkoniyatlar 
va o‗quv jarayonida qo‗l keladigan qo‗llab to‗la to‗kis quvvatlash – o‗quv 
materiallarining keng ko‗lamda yoritilishi, bilim saviyasini tekshirish va 
boshqaruvida ishlash imkonini yaratadi. Hozirgi vaqtda my.estudy.uz tizimi 
Toshkent axborot texnologiyalari universitetining fizika kafedrasida keng 
qo‗llanilib kelinmoqda.
my.estudy.uz LMS tizimining strukturasi my.estudy.uz tizimi masofadan 
turib o‗qitish kurslari va veb-saytlarni yaratishni dasturiy ta‘minlash paketidan 
iboratdir. 

Download 7.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling