O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi tosnkent moliya instituti
Bank elektron tizimlari xavfsizligini ta‘minlash yo‘nalishlari
Download 7.48 Mb. Pdf ko'rish
|
10.IQTISODIYOTDA AXBOROT KOMPLEKSLARI VA TEXNOLOGIYALARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1 Fragmentar
Bank elektron tizimlari xavfsizligini ta‘minlash yo‘nalishlari
Bank elektron tizimi xavfsizligi deb turli xil ataylab yoki tasodifan harakatlar natijasida tizim egalari va foydalanuvchilarga zarar keltiradigan urinishlariga qarshilik qobiliyatini aks ettiradigan xususiyatlari tushuniladi. Ta‘sir ko‘rsatish tabiati turli xil bo‘lishi mumkin : yomon niyatli firibgarlarning urinishlari, bank xodimlarining xatolari, tabiiy ofatlar (bo‘ron, yong‘in),tizimning ayrim qismlari ishdan chiqishi. Odatda ichki va tashqi havfsizlikka ajratiladi: 1) Tashqi havfsizlik o‘z ichiga tabiiy ofatlardan, yomon niyatli firibgarlarning o‘g‘irlash, ma‘lumot olish yoki tizimni ishdan chiqarish maqsadidagi harakatlardan himoyalashni oladi. 2) Icki havfsizlik predmeti tizimning ishonchli va to‘g‘ri ishlashini, uning dasturlari va ma‘lumotlari yaxlitligini ta‘minlashdir. Hozirgi paytda bank electron tizimini himoyalashning 2 yo‘nalishi shakllangan: 1 Fragmentar-aniq sharoitlarda aniq tahdidlarga (masalan, maxsus antivirus vositalari , shifrlashning muxtor vositalari va boshqalar) qarshilik ko‘rsatish. 2 Kompleks – tahdidlarga qarshilik ko‘rsatishning turli xil choralarini ( huquqiy, tashkiliy, dasturiy-texnik) jamlovchi ma‘lumotni qayta ishlashning himoyalangan muhitini yaratish. Kompleks yo‘nalishi yirik tizimlarini (SWIFT) yoki qimmatbaho ma‘lumotlarini qayta ishlovchi yohud muhim vazifalarini amalga 418 oshiruvchi kichik tizimlarni himoyalashda qo‘llaniladi. Banklar kompyuter tizimlari faoliyatida qo‘llanilishi davomida bu tizimlarni himoya qilishda yetarli tajriba orttirilgan. Shu sababli o‘ziga xos g‘arbiy bank tizimi ruhsat etilmagan foydalanishni oldini olishning vositalarini o‘z ichiga oladi. Lekin bank tizimi xavfsizligini ta‘minlash uchun bu yetarli emas. Quyidagi choralrini ko‘rish lozim: Bank tizimi harakatida yuqori darajadagi vakolatga ega bo‘lgan xodimlar (dasturchilar,ma‘lumotlar bazasi ma‘murlari va boshqalar)ni nazorat qilish tashkiliy choralari; O‘ta muhim ma‘lumotlar zahirasini yaratish bo‘yicha tashkiliy va texnik tadbirlar; Ko‘zda tutilmagan holatlar ro‘y bergan hollarda tizimning ishlash qobiliyatini tiklash bo‘yicha tashkiliy choralar: Hisoblash tehnikasi va ma‘lumot tashuvchilari joylashgan honalarni yong‘indan,tabiiy ofatlardan,ommaviy tartibsizliklardan, terrorizm va boshqalardan himoyalash bo‘yicha tashkiliy va texnik tadbirlar Hisoblash texnikasini himoyalashda tizimli yondashish quyidagilarni talab qiladi: Ma‘lumotlar tizimining hozirgi holati asosida xavfsizlik bo‘yicha prinsipial qarorlar qabul qilish; Kutilayotgan tahdidlarni va u bilan bog‘liq bo‘lgan ma‘lumotlar tizimiga xavf-xatar tahlilini bashorat qilish; Jiddiy holatlar vujudga kelishini oldini olish bo‘yicha choralar rejalashtirish; Jiddiy holatlar vujudga kelgan holda ularni bartaraf etish choralarini rejalashtirish; Download 7.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling