O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Download 3.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/90
Sana03.11.2023
Hajmi3.55 Mb.
#1743254
TuriУчебное пособие
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   90
Bog'liq
Kompyuter grafikasi va dizayn

8.4. Tekstura va o„lcham 
Teksturani qo‗llash bizga yangi samarani yaratish, predmet tuzilishini 
murakkablashtirish, unga ma‘no berish imkonini beradi. Biroq tekstura ham obyekt 
o‗lchami tasavvuriga ta‘sir etishini doimo hisobga olish kerak. 
5-rasmda geometrik o‗lchamli bir xil bo‗lgan 2 ta kvadrat tasvirlangan. Ammo, 
shunga qaramasdan, chiziqlari gorizontal joylashgan kvadratga nisbatan ―og‗irroq‖, 
yirikroq ko‗rinadi. Gorizontal yo‗llari bor kvadrat yuqoriroq, balandroq ko‗rinadi. 
Ushbu samara anchadan buyon ma‘lum. Hatto eski jurnallarda semiz ayollarga 
vertikal yo‗l-yo‗l ko‗ylaklarni kiyishni tavsiya etishgan – ular ayollar figurasini asli 
holidan ko‗ra ozg‗inroq qilib ko‗rsatishini o‗qish mumkin. 
5-rasm. Yorug„roq predmetlar kattaroq ko„rinadi: yorug„ chiziqlar yo„nalishi 
ular yo„nalishi tomon uzunlashish illyuziyasini yaratish imkoniga ega. 


120 
Amaliyotda bu hodisadan yetarli darajada tez-tez foydalaniladi. Obyektga 
ko‗proq ―barqarorlik‖ berish zarurati holida aniq ifodalangan gorizontal yo‗nalishli 
teksturadan foydalaning (masalan, terilgan g‗isht teksturasi). Agar teskari bo‗lsa, 
gorizontal yo‗nalishli teksturani mo‗ljallang. 
Teksturalar bilan yana bir qiziqarli effekt bog‗liq. 6-rasmdagi birinchi tasvir 
bizdan uzoqlashayotganga o‗xshaydi, ikkinchisi esa teskarisi, yaqinlashayotganga 
o‗xshaydi. Bu effekt oq fonda joylashgan barcha predmetlarning oq rangda 
―qiyshayotgan‖ ligi xususiyatiga asoslangan. Bundan radial gradient bilan ishlash 
amaliyotida qo‗llash va bilish zarur, uning asosida etarlicha ko‗plab tryuklar 
yaratiladi. 
Shunday qilib, obyektni ifodalashda tekstura ham ijobiy, ham salbiy (uni 
to‗g‗ri tanlashda) rol o‗ynashi mumkin. Bunday hol siz bilan bo‗lmasligi uchun, unga 
alohida e‘tiborberish lozim. 
 
a) 
b) 
6-rasm. Oq va qora radial yo„l-yo„l chiziq ketma-ketligiga asoslangan 
effektlar: a) uzoqlashish; b) yaqinlashish. 

Download 3.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling