O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Download 3.55 Mb. Pdf ko'rish
|
Kompyuter grafikasi va dizayn
8.3. Shakl va o„lcham
O‗lchamni tasavvur qilish obyekt shakliga bog‗liq. Bu yorug‗likning son ko‗rish tasavvurining interferentsiya xususiyatlariga bog‗liq. Amaliyotda asosan murakkab fraktal tuzilishga ega bo‗lgan obyektlarga duch kelamiz, ular esa o‗lcham nuqtai nazaridan qiyin baholanadi. Albatta, agar ular nisbatan katta bo‗lsa va ular detallari kompozitsiyadagi boshqa obyektlar o‗lchamlari bilan taqqoslanadigan bo‗lsa, u holda bunday muammo paydo bo‗lmaydi. Ammo ko‗p hollarda murakkab shaklning kichik detallari obyektning bir qismi deb qabul qilinmaydi. Figura 2- rasm. Ushbu figuradagi nurlar obyektning chegarasi deb qabul qilinmaydi 118 Ushbu misol bizni shaklni o‗lchamni qabul qilish munosabatini aniqlovchi asosiy tushunchaga olib keladi. Bu kompaktlilik yoki zichlik. Ba‘zan adabiyotlar eng zich figura deb aylanani aytishadi. Bizning fikrimizcha, buunchalik to‗g‗ri emas. Biz shaklning kompaktliligini uning maydonini ko‗rish zonasi chegarasida to‗ldirilmagan joylar nisbati sifatida aniqlaymiz. Murakkablik misolda tushuntirib o‗tamiz. Aytaylik, biz ikkita figura – kvadrat va aylanani tanga va markaga joylashtirishingiz zarur (3 - rasm). a) b) 3 - rasm. Aylana va kvadrat obyektni joylashtirish. a) markaga; b) tangaga Ushbu rasmdan ko‗rish mumkinki, marka uchun eng kompakt figura bo‗lib kvadrat, tanga uchun esa – aylana hisoblanadi. Qabul qilishning ushbu nisbiyligidan shuni esda tutish kerakki, kompaktlikning o‗zi o‗lchamlarni qabul qilishni aniqlaydi. Eng zich figura doimo yirikroq ko‗rinadi. Bu 3-rasmda keltirilgan, ayniqsa markaga nisbatan. Amaliyotda ushbu xossa quyidagicha ishlatiladi. Aytaylik, kompaniya tashrif kartochkalarida foydalanish uchun ―AGGW‖ deb shartli nomlangan logotipni chizish vazifasi turgan bo‗lsin. 119 Agar siz kartochkada ushbu elementning muhimligini ko‗rsatmoqchi bo‗lsangiz, unga e‘tiborni jalb etmoqchi ekansiz, unda logotipning kompakt shaklda bo‗lishiga to‗xtashingiz lozim (4-rasm, a). Agar logotip o‗ziga e‘tiborni jalb qilmasligi lozim bo‗lsa va ko‗proq fon rolini o‗ynasa, unda sizning tanlovingiz 4 b- rasm bo‗ladi. Buning barchasi tashrif kartochkasidagi elementlarning bir xil o‗lchamda ekanligiga e‘tibor bering. a) b) 4-rasm. Logotip shakli: a) kompakt; b) kompakt bo„lmagan. Download 3.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling