O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Download 3.55 Mb. Pdf ko'rish
|
Kompyuter grafikasi va dizayn
116 8.2. Razmer (o„lcham) O‗lchamning nima ekanligi ko‗pchilik uchun u yoki bu darajada yaxshi tushunarlidir. Maktab yillarida geometriya fani uning aniq ta‘rifini berib o‗tgan. Biroq, inson tasavvuri uchun o‗lcham aniq matematik ifodalangan tushuncha hisoblanmaydi. Agar biz, masalan, evkaliptning balandligi taxminan 100 metrga yaqinligini bilsak, bu bizga ko‗p narsa bermaydi. Agar bu 3-qavatli uy balandligiga teng desak, unda ushbu qanday daraxt ekanligini tasavvur qilish mumkin. Shunday qilib, o‗lcham – bu nisbiyt ushunchadir. Biz uni 20 sm, 3 m, 5 m dek emas, balki ―miniatyura‖, ―o‗rtacha‖, ―katta‖, ―ulkan‖, ―juda katta‖ dek qabul qilamiz. Bularning barchasi inson his qiladigan sezgilarga asoslanadi, inson sezgilari esa etarlicha egiluvchandir. Biz broshyuradagi miniatyuralarni ko‗rganimizda katta rasmni ko‗rganimizdan ko‗ra, bizning katta va kichik to‗g‗risidagi tushunchalarimiz turlichadir. Biror ish tarkibida aniq obyekt o‗lchamini tanlashda butunlay kompozitsiya qandaydir g‗oyani o‗zida mujassamlashtirgani to‗g‗risida o‗ylash kerak (umuman, zamonaviy dizaynning asosiy masalasi – axborot yoki xissiyotlarini maksimal samarali ravishda iste‘molchiga yetkazib berishdir). Shunin guchun ham, aytaylik uyali telefon reklamasida uyali telefonni o‗zini ajratish lozim. Izoh Kompozitsiyadagi biror-bir obyektga e‘tiborni jalb qilishda, uning boshqalarga nisbatan o‗lchamini katta qilish mumkin va teskarisi: tomoshabinning diqqatini yirik detallar orasida uncha katta bo‗lmagan detalga tortish. Bu holatda u asosiy axborot sifatida qabul qilinadi, qolganlari esa – fon sifatida. Ushbu samara 1 – rasmda ko‗rsatilgan, bu yerda biz tomoshabinni e‘tiborini raqamlardan biriga qaratamiz. 117 1- rasm. Kompozitsiyada obyektni nafaqat yirik o„lchamda, balki teskari holda ham ajratish mumkin Shuning uchun ham, bitta kompozitsiyada ―yaxshi ishlaydigan‖ obyekt, o‗lchamlarini oldin yaxshilab to‗g‗rilamasdan boshqasiga o‗tkazish mumkin emas. Shuning uchun ushbu ishni bajarishda nafaqat ko‗zga (professionallar ko‗rish orqali olinadigan axborotni qanchalik yolg‗onchi ekanligini biladilar), balki o‗lchamga shaklning, tekstura va rang to‗g‗risidagi o‗z bilimlariga ishonishi kerak. Download 3.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling