O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Download 3.55 Mb. Pdf ko'rish
|
Kompyuter grafikasi va dizayn
- Bu sahifa navigatsiya:
- 12- bob. KOMPYuTER GRAFIKASINING IQTISODIY SOHALARDA QO„LLANILIShI 12.1. Iqtisodiy masalalarni echishda kompyuter grafikasidan foydalanish
Nazorat savollari
1. Macromedia Flash dasturining vazifasi nimadan iborat. 2. Macromedia Flash dasturi qanday ishga tushiriladi va tugallanadi. 3. Macromedia Flash dasturi necha menyudan iborat va vazifalarini ayting. 4. Animatsion matn qanday yaratiladi. 5. Kadrlar ustida bajariladigan asosiy amallarni ayting. 6. Belgilar bibliotekasining vazifasini ayting. 7. Macromedia Flash dasturining qanday ish qurollari mavjud, ularning vazifalarini ayting. 8. Boshqaruv kadrlar o‗zgarishi (motion tweening) asosida animatsiya yaratish texnologiyasini ayting. 161 12- bob. KOMPYuTER GRAFIKASINING IQTISODIY SOHALARDA QO„LLANILIShI 12.1. Iqtisodiy masalalarni echishda kompyuter grafikasidan foydalanish Ilmiy-texnik taraqqiyot va kommunikatsiyaning rivojlanishi, savdolarning avtomatlashtirilishi, elektron savdo birjalarining vujudga kelishi ta‘sirida moliyaviy globallashuv gorizontal yo‗nalish bilan birga, vertikal yo‗nalishni ham qamrab oldi va professional moliyaviy vositachilar hamda institutsional investorlardan tashqari individual investor kategoriyasini keltirib chiqardi. An‘anaviy savdo uslubi bilan birga elektron savdo tizimlari o‗tgan asrning 80- yillaridan boshlab qo‗llanila boshlagan bo‗lsa, 90-yillarga kelib, ushbu texnologiyalardan foydalanish ommaviy tus oldi. Yangi texnologiyalarni qo‗llash aynan valyuta bozori va valyuta derivativ (hosilaviy instrument)lari bilan savdolarda sodir bo‗la boshladi. 2010- yilda banklararo valyutalar savdosining qariyb 41,3 foizgacha miqdori elektron brokerlik savdo tizimlari orqali amalga oshirilgan (1995 yilda ushbu ko‗rsatkich 10 foizni tashkil etgan). Dastlab derivativlar savdosi London birjalarida auktsion tarzida amalga oshirilgan bo‗lsa, keyinchalik ular Eurex tizimi orqali elektron savdolar tizimiga to‗liq moslashtirildi. Innovatsion jarayonlarni axborot bilan ta‘minlashning asosiy masalalaridan biri, korxonada tuzilmaviy o‗zgarishlarni avtomatlashtirilgan monitoring o‗tkazish amallari hisoblanadi. Shunga bog‗liq ravishda korxonada innovatsion ma‘lumotlar va bilimlar banklarini doimiy ravishda yangilab borish va ulardan foydalanish maqsadida korxona tasarrufida innovatsion-axborot ta‘minoti markazlarini (IATM) yaratish maqsadga muvoqfiqdir. Xalqaro Foreks valyuta bozorida ishlash uchun treyder uchun juda ham muhim u yoki bu dasturiy ta‘minot ega bo‗lgan asosiy xususiyatlarni aniqlash hisoblanadi. Shuningdek dasturiy ta‘minotga ega bo‗lishi kerak bo‗lgan eng muhim jihatlardan biri hujumlardan himoyalanish hisoblanadi. Dasturiy ta‘minot dasturiy qo‗llab- quvvatlashga ega bo‗lishi va ma‘lum vaqt o‗tgandan so‗ng yangilanib turishi kerak. Bundan tashqari, dasturiy ta‘minot ma‘lumotlaridan nusxa olish, nusxalarni yaratish 162 va saqlash funksiyasiga ega bo‗lishi juda muhimdir. To‗g‗ri tanlab olingan dasturiy ta‘minot treyderga o‗z savdo vaqtini to‗g‗ri rejalashtirishga va Foreks valyuta bozorida savdo qilishdan maksimum foyda olishga imkon beradi. Dasturiy ta‘minotdan foydalanish treyderning Foreks bozoridagi ishini ancha engillashtiradi. Ammo u yoki bu dasturiy ta‘minotni aniqlashtirib olish uchun avval uni testdan o‗tkazish lozim, faqat shundan keyingina undan xalqaro Foreks valyuta bozoridagi doimiy savdoda foydalanish mumkin. Download 3.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling