O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Download 3.55 Mb. Pdf ko'rish
|
Kompyuter grafikasi va dizayn
12.3 Matlab tizimida maxsus grafika
MATLAB – yuqori samaradorlikka ega bo‗lgan injenerlik va ilmiy hisoblashlar tilidir. U osonlik bilan o‗zlashtirish mumkin bo‗lgan operatsion muhitdan foydalanib matematik hisoblashlar, hisoblashlarni vizuallashtirish, ilmiy grafika va dasturlashni amalga oshirish imkoniyatini beradi. MATLAB muhitida qo‗yilgan masalalar va ularning yechimlari matematik notatsiyaga (shartli yozma belgilar) yaqin notatsiyada taqdim qilinishi mumkin. 165 MATLABning qo‗llanish sohasi juda keng bo‗lib ulardan ayrimlari quyidagilar: ⁃ matematika vahisoblashlar; ⁃ algoritmlarni ishlab chiqish; ⁃ hisobiy eksperiment, imitatsion modellash; ⁃ ma‘lumotlarni tahlil qilish; ⁃ natijalarni tadqiq qilish va vizuallashtirish; ⁃ ilmiy va injenerlik grafikasi; ⁃ tatbiq qilish uchun ishlanmalar yaratish; ⁃ foydalanuvchining grafik interfeysi va boshqalar. Matlab tizimining eng katta xususiyatlaridan biri, unda grafik chizish imkoniyatini mavjudligidir. Biz Matlabda ikki vektor grafigini chizishning eng sodda va umumiy komandalari bilan tanishamiz. Matlabda grafiklarni har xil koordinata sistemalarida qurish mumkin. Bulardan to‗g‗ri burchakli dekart koordinatalari sistemasi, polyar koordinatalari, sferik va tsilindrik sistemalarni keltirish mukin. Undan tashqari koordinatalarni bir sistemadagi ko‗rinishidan boshqa ko‗rinishga o‗tkazish mumkin. 166 12.4. Simulink tizimida grafik obyektlarni aks ettirish Oxirgi yillarda Simulink paketi fan va sanoatda dinamik sistemalarni modellashtirish va simulyatsiya qilishda eng keng foydalaniladigan dasturiy paketlardan biridir. Simulink ni ishlatib, namunalardan osongina model yaratish mumkin yoki mavjud modellarga komponentlar qo‗shish mumkin. Simulyatsiya qilish jarayoni interaktiv bo‗lgani uchun, ish jarayonida parametr qiymatlarini o‗zgartirib, natijalarni o‗zgarishini ko‗rish mumkin bo‗ladi. Bu paketdan Matlabning barcha analiz qiluvchi instrumental vositalariga to‗g‗ridan-to‗g‗ri kirish imkoniyati bo‗lgani uchun, natijalarni analiz qilish va kerakli grafiklarni qurish va o‗rganish mumkin bo‗ladi. Simulink yordamida real chiziqsiz bo‗lgan modellarni o‗rganish va qurish mumkin. bunday modellar, bizga ma‘lumki, qarshilik, ishqalanish, havo qarshiligi mexanizmlarni sirpanishi va boshqalarni hisobga olish imkoniyatini beradi. Simulink – bu dinamik sistemalarni modellashtirish, simulyatsiya va analiz qilishga mo‗ljallangan dasturlar paketidir. Bu paket uzluksiz vaqt mobaynida modellashtirilgan chiziqli va chiziqsiz bo‗lgan, ma‘lum vaqt oralig‗ida berilgan tizimlarni qo‗llab-quvvatlaydi. Sistemalar har xil tezlikda bo‗lishi, ya‘ni sistemani har xil bo‗limi har xil tezliklarda bajarilishi mumkin. Modellashtirish uchun Simulink paketi modelni blok-sxema sifatida shakllantirish uchun foydalanuvchining grafik interfeysi bilan ta‘minlaydi. Bunda ―sichqoncha‖ vositasida ―click-and-drag‖operatsiyasidan foydalaniladi. Bu interfeys yordamida modellarni qalam va qog‗oz ishlatib ―chizish‖ mumkin. Simulink har xil bloklardan (qabul qiluvchi, manba‘lar, chiziqli va chiziqsiz komponentalar, ulagich (soediniteli) lar) dan iborat bo‗lgan bibliotekani ulab beradi. undan tashqari, foydalanuvchi o‗z bloklarini yaratish va sozlash mumkin. 167 Barcha modellar ierarxik tuzilishga ega. Shuning uchun, modellarni o‗suvchi yoki kamayuvchi nuqtai-nazaridan kelib chiqib shakllantirish mumkin. Sistemani yuqori darajada (uroven) qarash mumkin va bloklarda ikkita (―shelchok‖) ―bosish‖ natijasida darajalar (urovni) bo‗yicha pasayib, model detallarining o‗suvchi darajalariga kirishni ta‘minlash mumkin bo‗ladi. Bu nuqtai nazar (podxod) yordamida modelning tuzilishini va uning qismlarini qanday birgalikda ishlashini tushunishni ta‘minlab beradi. Model aniqlangandan keyin uni foydalanish uchun qo‗ysa bo‗ladi. Bunday ishni integrallash metodidan, yoki Simulink menyusidan, yoki Matlab komandalar oynasidan ma‘lum komanda kiritib amalga oshirish mumkin. Interaktiv ishlash jarayonida menyudan foydalanish qulay bo‗lsa, paketli modellashtirish jarayonida komandalar oynasidan foydalanish qulaydir. Maxsus demonstratsion bloklardan foydalanib, simulyatsiya bajarilmayotgan bo‗lsa ham, simulyatsiya natijalarini ko‗rish mumkin. undan tashqari parametrlarni 168 o‗zgartirib, birdaniga u qanday natija berganini ko‗rish mumkin. Modellashtirish (simulyatsiya) natijalari Matlabning ishchi fazasiga joylashtirib, keyinchalik qayta ishlab vizualizatsiya qilish mumkin bo‗ladi. Modellarni analiz qilish instrumentlariga chiziqlashtirish va qurish (podstroyka) vositalari kiradi. Bu vositalar komandalar oynasidan chaqiriladi. Undan tashqari Matlabning ko‗p instrumental vositalari va bibliotekalaridan xam foydalanish mumkin. Matlab va Simulink tizimlarining xisobiga bu tizimning ixtiyoriy nuqtasida modellashtirish, analiz qilish va modellarni to‗g‗rilash mumkin bo‗ladi. Ma‘lumki. kompyuter texnologiyasiniiig rivojlanishi bilan murakkab tizimlarni tadqiq qilishda mashinali modellash usuli eng samarali va bu usulining yordamisiz texnika va texnologiyaning ba‘zi muammolarini hal etish qiyinlashib qoldi. Shu sababdan muhandis-texnologlarni tayyorlashdagi dolzarb masalalardan biri - matematik modellashtirish nazariyasining asoslarini va usullarini o‗zlashtirish hisoblanadi. Bu masala nafaqat o‗rganilayotgan obektlarning modellarini qurish, ular dinamikasini tahlil qilish va model bilan mashinali eksperimentni boshqarish imkonini beradi, balki o‗rganilayotgan tizimlarga yaratilayotgan modellarining monandligini ma‘lum miqdorda qo‗llanish chegarasida fikr yuritish mumkinligi hamda zamonaviy hisoblash texnika vositalarida tizimlarning modellashni to‗g‗ri tashkil qilish imkonini beradi. Download 3.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling