O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Download 3.55 Mb. Pdf ko'rish
|
Kompyuter grafikasi va dizayn
171 GLOSSARIY 1. Ifodalashni grafik usuli yoki grafik til – bu fikrni ifodalashni fazoviy tasvirlashni shartli qiymatlari va qandaydir yuzada ifodalashni usullari va qoidalari to‗plamidan iborat. 2. Grafik obraz - o‗zi bilan bog‗lik bo‗lgan turli xil chizmalar to‗plami. 3. Eksplikatsiya - grafik obrazning ma‘nosini ochib beruvchi ma‘lumotlar to‗plami. 4. Grafik simvolik obrazi – bu chizmalardan (shartli belgilardan) iborat bo‗lgan obraz bo‗lib, uning qiymatlari ularni geometrik shakllari bilan bog‗lanmagan bo‗lib, ular sharoitga bog‗lik holda qiymatlarga ega bo‗ladi. 5. Grafik geometrik obraz – bu izchil geometrik ma‘noga ega bo‗lgan obraz bo‗lib, mantiqan tenglamani yoki qandaydir mushohadani ifodalaydi. 6. Grafikani texnologik asoslari – ikki o‗lchovli (yoki uch o‗lchovli) grafik obraz orqali maxsus va xayolan tugal ko‗rilgan grafik obrazlar va ularni eksplikatsiyasidir. 7. Zonal to‗r – maydonni qismlarga bo‗lib, har bir qismiga maxsus nom berishdan iborat. 8. Jadval to‗ri – bu o‗zaro kesishuvchi zonalar kombinatsiyasidan iborat. 9. Interaktiv mashina grafikasi - o‗zaro ta‘sirda bo‗lgan interaktiv qurilmalar yordamida grafik tasvirning to‗ri, ularni shakli, o‗lchamlari va rangini boshqarish. 10. Dasturiy interfeys – hisoblash mashinasi doirasida dasturlar va qurilmalarni o‗zaro muvofiq tarzda ishlashini ta‘minlab beruvchi vositalar turkumi. 11. Foydalanuvchi interfeys – bu EXM yoki dasturlar ta‘minoti bilan foydalanuvchi o‗rtasida muloqotni tashkil etuvchi dasturlar va apparatlar majmuasi. 12. Kompyuter grafikasining operatsion tizimi (KGOT) – ko‗p masalali va ko‗p oynali qobiqli muhit bo‗lib, u foydalanuvchining taraqqiy qilgan interfeysi bilan ta‘minlangan bo‗lib, MS DOS operatsion tizimi ustiga qurilgan usqurtma bo‗lib xizmat kiladi. 172 13. Kompyuter (mashina) grafikasi – grafik yoki geomerik obyektlarining xajm modellarini yaratish, saqlash, ishlov berish va zamonaviy EXMlar yordamida ularni tasvirlash tushuniladi. 14. Mul‘timedia texnologiyasi – foydalanuvchini kompyuter bilan muloqoti uchun ovoz, video, grafika, matn, animatsiya va boshqa vositalar yordamida tabiiy muhitni ta‘minlash jarayoni. 15. Grafik interfeys – foydalanuvchi dastur va ma‘lumotlar bilan ishlayotganda grafik elementlar yordamida kerakli amallarni bajarishni ta‘minlovchi oddiy va qulay vosita. 16. Drawing – Rasm solish asboblar panelida joylashgan tugmalar tizimi. 17. Microsoft Clip Art – standart grafiklar va rasmlar bibliotekasi. 18. WORD Art – Xar qanday tasvirlarni qo‗yish, bezash va matnlarni tahrirlash vositalari. 19. OLE – bir dasturdagi rasmlarni boshqa dasturdagi rasmlar bilan bog‗lovchi yoki kiritib qo‗yuvchi vositalar majmuasi. 20. Microsoft Grap – turli diagrammalarni ko‗rish uchun mo‗ljallangan amaliy dastur. 21. Eguation Edition - matematik, fizik, mantiqiy simvollarni matnga kirituvchi amaliy dastur. 22. Microsoft Map – geografik kartalarni, regionlarni ularni elementlari va xarakteristikalari bilan birgalikda shakllantiruvchi amaliy dastur. 23. Fonli rasm - qog‗ozga to‗g‗ridan-to‗g‗ri tushirilgan va u bilan mustahkam bog‗langan rasm. 24. Chizilgan obyekt - qog‗ozda erkin siljib yuruvchi, lekin matn bilan to‗qnashmaydigan rasm. 25. Kadr – ekranning bog‗liq bo‗lmagan bir qismi, unda matn va grafika joylashishi mumkin. 26. Obyektni transformatsiyalash – obyektni o‗z o‗qi atrofida gorizontal va vertikal yo‗nalishda o‗zgartirish. 173 27. Diagramma - bu Excel ishchi sahifasidagi ma‘lumotlarni grafik tasvirlanishi. 28. Diagramma ustasi – bu muloqot oynalar tizimi bo‗lib, u yerda diagramma tuzish uchun kerakli barcha ishlar amalga oshiriladi. 29. Diagramma oblasti – bu berilgan ma‘lumotlar qatori bo‗lib, diagramma nomini va afsonalarni ham o‗zichiga oladi. 30. Qurish oblasti – bu yuza diagrammalarda uning o‗klari bilan chegaralangan, xajmiy diagrammalarda esa kategoriyalar nomi, kesishuvchi belgilar va o‗klar nomini ham uz ichiga oladi. 31. Power Point – bu grafik dasturlar paketi bo‗lib, elektron slaydlarni tayyorlash, ular bilan tanishishni uyushtirish va slayd-filmlarni namoyish etishga tayyorlaydi. 32. Prezentatsiya – bu slaydlar va maxsus effektlar to‗plami bo‗lib, ularni ekranda ko‗rsatish, tarqatiladigan material, dokladni rejasi va konspekti shaklida bitta faylda saqlanadi. 33. Slayd – bu prezentatsiyaning alohida kadri bo‗lib, o‗z ichiga matnni, sarlavhalarni, grafik va diagrammalarni olishi mumkin. 34. Tarkatiladigan material – qulay shaklda bosib chiqarilgan va tanishish uchun mo‗ljallangan materiallar. 35. Dizayn qolipi – professional tomonidan oldindan tayyorlab qo‗yilgan grafiklar, bo‗yoqlar, jilolar, tovushlar namunasi bo‗lib, ular slaydlarda ishlatish uchun mo‗ljallangan. 36. Ranglar sxemasi - bu 8 xil ranglardan tashkil topgan to‗plam bo‗lib, prezentatsiyalar uchun asosiy ranglar sifatida ishlatiladi. 37. Animatsiya – bu slaydlarni namoyish qilish va ko‗rsatishda ularni samaradorligini oshiruvchi tovush, rang, matn va harakatlanuvchi effektlar va ularni yig‗indisidan iborat. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling