O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent moliya instituti “soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi


-jadval  “BARLOS LUX” mas’uliyati cheklangan jamiyatining moliyaviy


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/26
Sana04.11.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1745073
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   26
Bog'liq
ozbekiston respublikasida soliq yuki darajasini baholash mezonlari (1)

6-jadval 
“BARLOS LUX” mas’uliyati cheklangan jamiyatining moliyaviy 
natijalari va soliq yuki ko’rsatkichlari
14
 
Ko’rsatkichlar 
2010 
yil 
2011 
yil 
2012 
yil 
2013 
yil 
2014 
yil 
Sotishdan tushum, ming. so’m 
62362.2 
20764. 
47957.1 11500.0 
0.0 
Qo’shilgan qiymat (QQ), ming. 
so’m 
15369.5 11302.9 16976.8 
7360.0 
0.0 
Qo’shilgan qiymatning tushum-
dagi ulushi, ming. so’m 
24.6 
54.4 
35.4 
64.0 
0.0 
Jami soliqlar, ming. so’m 
14711.3 
6254.9 
10155.8 
9760.5 
0.0 
Penya, jarima va bojlar, ming. 
so’m
10239.8 
9573.3 
2727.5 
3738.0 
6425.6 
Jamlangan soliq yuki, foizda 
95.7 
55.3 
59.8 
132.6 
0.0 
Real fiskal bosim (RFB) 
162.3 
140.0 
75.9 
183.4 
0.0 
Soy foyda (zarar) ming. so’m 
-8933.8 -2380.7 -6237.7 -3971.9 -6425.6 
Jadval ma’lumotlaridan ko’rish mumikinki, 2010-2014 yillarda korxonaning 
qo’shilgan qiymati faqat soliqlardan iborat bo’lgan.
14
Kitob tumani DSI ma’lumotlari asosida tayyorlandi.


37 
RFB ko’rsatkichi bo’yicha raqamlarga e’tibor qaratadigan bo’lsak 2010, 2011 
va 2013 yillarda korxonaning byudjetga to’lashi lozim bo’lgan barcha to’lovlari 
(shu jumladan, penya, moliyaviy jarimalar va bojlar) miqdori QQ summasidan 
ham oshib ketib, uning 1.5-2.0 barobarini tashkil qilganligini ko’rishimiz mumkin. 
Bu esa korxonaning mablag’ bilan ta’minlanmagan katta miqdordagi sun’iy soliq 
boqimandalarining shakllanishiga sabab bo’lgan.
Har qanday korxona faoliyati uchun soliqlar muhim ahamiyatga ega. hozirgi 
kunda soliqlarning ta’sirini hisobga olmagan xolda qabul qilingan boshqaruv 
qarorlari samarali yoki optimal bo’lishi mumkin emas.
Ma’lumki iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoiti tayyor mahsulotning 
ishlab chiqarish va sotish bahosini doimiy ravishda pasaytirib borishni talab etadi. 
Ilmiy adabiyotlarda korxonalar zimmasidagi soliq og’irligi qanchalik past bo’lsa, 
davlat iqtisodiyotining 
rivojlanishi ham 
shunga 
mos 
ravishda 
o’sish 
tendentsiyasiga ega bo’ladi. Chunonchi, konkret korxonalar soliq majburiyatlarini 
bajarilishi va ular zimmasidagi soliq yukini baholash mezonlarida mahsulot 
tannarxini shakllantirishda korxonaning soliqqa oid xarajatlari boshqa moddiy 
xarajatlar bilan bir qatorda turadi. Shu jihatdan olib qaraganda, soliq yukini 
hisoblab chiqarishning ilg’or usullaridan foydalanish real vaziyatni to’liq ifodalab 
beradi. 
Ma’lumki, investitsiyalar har qanday jamiyatda iqtisodiy o’sishning muhim 
omili sifatida e’tirof etiladi. Shu borada kapitalni o’stirishiga ta’sir o’tkazuvchi 
hamda iqtisodiy o’sishni rag’batlantiruvchi omillar ichida soliqqa tortish masalasi 
muhim o’rin tutadi. Iqtisodiyotda qulay investitsion muhitni yaratishda maqbul 
soliq rejimini qo’llash orqali soliq to’lovchilarning haqli e’tirozlariga sabab 
bo’layotgan ayrim muammolarni, xususan ular zimmasidagi soliq yukini yanada 
kamaytirish mumkin.
Ma’lumki, soliq stavkasining pasaytirilishi, amortizatsion sxemalarning 
zamon talablaridan kelib chiqqan holda takomillashtirilishi, xalqaro talablardan 
kelib chiqqan holda soliqqa tortish bazasini o’zgarishi orqali investitsion muhit 
yanada qulayroq ko’rinish olishi mumkin. 


38 
Faraz qilaylik, iqtisodiyotda soliqlarning mavjud emasligi sharoitida investor 
o’z quyilmalari uchun to’liq foyda normasini oladi. Soliqqa tortish mavjud 
bo’lganda esa olinadagan foyda miqdori soliq summasiga kamayadi. Ushbu soliq 
yukining miqdori korxonalar soliqqa tortish tizimiga, hisoblangan soliq summasiga 
nisbatan inflyatsiya darajasi ta’siriga, asosiy vositalar va boshqa aktivlarga 
hisoblanadigan amortizatsiyaning xususiyatlariga, turli daromadlar (kapitalning 
o’sishi, foizlar yoki dividendlar)ni soliqqa tortishga va boshqa bir qator omillarga 
bog’liq bo’ladi.
Shu o’rinda soliq yukini keng ma’noda ta’riflaydigan bo’lsak, u o’z ichiga 
soliq qonunchiligi asosida hisoblangan soliq va boshqa majburiy to’lovlarni hamda 
ushbu soliqlarni to’lash bilan bog’liq qo’shimcha og’irlikni ham olishini ta’kidlash 
lozim. 
Bundan tashqari, iqtisodchi olimlar A.Kadushin va N.Mixaylovalar uslubiga 
asosan mamlakatimiz soliq tizimi bo’yicha korxona quyidagi soliklarni to’lashga 
majburligi aniqlangan: 
1. Qo’shilgan qiymat solig’i (QQS)=(20%/120%)*QQ. 
2. Ish xaqi fondidan yagona ijtimoiy to’lov (YaIT)=(25%/125%)*QQ*Ihf. 
3. Ish xaqidan ushlanadigan daromad solig’i (bu soliq turi korxona tomonidan 
emas, ishchi to’lashiga qaramasdan uni ushbu modelda hisobga olish taklif 
kilinadi, chunki korxona o’z ishchisini soliq ushlangandan keyin koladigan 
raqobatbardosh «sof» daromad bilan ta’minlashga intiladi; bundan tashqari 
ishchi uchun mexnatni baxolashning muqobili bulib «xufiyona» bandlik 
sohasidagi daromad, ya’ni solik ushlanmaydigan daromad xisoblanadi. Bu erda 
daromad solig’ining o’rtacha stavkasi shartli ravishda 20 foiz deb olinadi) 
(JShDS)=0,2*(1-0,33/1,33)*QQ*Ihf. 
4. Aylanmadan ajratmalar (respublika yul fondiga–1,5%, pensiya fondiga–0,7%, 
jami 2,2%, KKSni chegirgan xolda) (ACh)=(0,022*QQ/Ko)/1,2 .
5. Foyda soligi (8%) 0,08*(1-KKS-Kzp-Kam-0,022/1,2/Ko)*DS = 0,08*(0,833-
Ihf-Kam-0,018/Ko)*QQ. 
Yuqorida keltirilgan barcha soliq va majburiy ajratmalarni umumlashtirish 


39 
qo’shilgan qiymatning davlatga ajratiladigan ulushini, ya’ni soliq yukini 
ko’rsatuvchi quyidagi formulani yaratish imkonini beradi: 

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling