O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent moliya instituti “soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi


taqsimlashning asosiy yo’nalishlari


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/26
Sana04.11.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1745073
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   26
Bog'liq
ozbekiston respublikasida soliq yuki darajasini baholash mezonlari (1)

taqsimlashning asosiy yo’nalishlari. 
Mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki yillarida soliqlardan iqtisodiy 
rivojlanishga erishishda samarali foydalanish maqsadida yuqori soliqqa tortish 
orqali yuridik va jismoniy shaxslar daromadlarini qayta taqsimlab markazlashtirish 
va davlat investitsiya dasturlarini moliyalashtirish yo’li bilan iqtisodiy 
infratuzilmani shakllantirish bilan bog’liq ayrim muammolarni hal qilishga 
erishildi. Ammo, hozirgi paytda iqtisodiy taraqqiyotga erishish, eng avvalo, 
soliqlardan tadbirkorlikni faollashtirish va ishlab chiqarishni rivojlantirishni 
rag’batlantirish maqsadida samarali foydalanishni, ya’ni zamonaqiy soliq 
nazariyalari qoidalarini respublikamiz sharoitiga mos holda qo’llanilishini taqozo 
etmoqda. 
Soliq to’lovchilarga nisbatan soliq yukini pasaytirish ularning iste’moli 
hamda talabi oshib, ayni vaqtda tovarlar realizatsiyasini kengaytirish omili bo’ladi. 
Barqaror va yuqori iste’mol mavjud bo’lganda esa pulni jamg’arish ko’payadi, 
xolos. Bunday sharoitda iste’molchilarga nisbatan soliqni pasaytirish kutilgan 
samara bermasligi mumkin. Lekin jamg’arish koeffitsientining oshishi moliyaviy 
resurslar bozorini kengaytirish orqali iqtisodiyotning rivojlanishiga ta’sir 
ko’rsatadi. Demak, mamlakatimizda iste’mol darajasining nisbatan pastligi 
iste’molchilarga nisbatan soliq bosimini kamaytirish zarurligini bildiradi, deyish 
mumkin, ammo bunday soliq siyosatini joriy etishdan oldin iste’mol darajasi 
pastligining sabablarini aniqlash talab etiladi. 
Iqtisodiyotda soliq yukini optimallashtirishga va bir vaqtning o’zida davlat 
daromadlari bazasini mustahkamlashga butun dunyoda keng ko’lamli yoki qisman 
soliq islohotlarini amalga oshirish orqali erishiladi. Bunda eski soliqlarni bekor 
qilish yoki ularning shaklini o’zgartirish, yangilarini joriy qilish, soliq solish 


41 
bazalarini o’zgartirish, soliqqa tortish turlarining (bilvosita va bevosita soliqqa 
tortish) nisbatini boshqarish va boshqa shu kabi mexanizmlardan foydalaniladi. 
Oldingi paragraflarda soliqqa tortishni birxillashtirish, soliqlarni unifikatsiyalash 
va korxonalar zimmasidagi soliq yukini pasaytirish lozimligini ko’rib chiqdik va 
shu maqsadda hozirda amal qilayotgan va faqat fiskallik xarakteriga ega bo’lgan 
ayrim soliqlar va majburiy ajratmalardan voz kechishni, ayrimlarining esa 
stavkalarini pasaytirishni taklif qildik. Soliq yukining biz taklif qilgan variantda 
pasaytirilishi, bir tomondan korxonalarning etarli darajada o’z aylanma mablag’lari 
bilan ta’minlanishiga va shu asnoda ular iqtisodiy faolligining kuchayishiga zamin 
yaratsa, ikkinchi tomondan, soliqqa tortishdagi adolat tamoyilining qaror topishiga 
ko’maklashadi. 
Biroq, masalaning yana bir tomoni ham borki, u ham bo’lsa, soliq yukining 
keskin kamaytirilishi natijasida amaldagi byudjet daromadlarining zarur darajada 
ta’minlanmasdan qolishidir. Shu sababli, soliq islohotlarida soliq yukini shoshma-
shosharlik, bir yoqlamalik bilan, muqobil variantlarni ishlab chiqmasdan 
pasaytirish salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkinligini nazarda tutmoq 
lozim. 
Buning uchun soliq islohotlari kompleks tarzda amalga oshirilishi kerak, 
ya’ni bir tomondan soliq yuki, ayniqsa ishlab chiqaruvchi korxonalar soliq yuki 
sezilarli darajada pasaytirilishi, ikkinchi tomondan, barcha daromad va mulklarni, 
shuningdek, iste’molni qamrab oluvchi qayishqoq soliqlar tizimi shakllantirilishi 
lozim. Bu esa o’z navbatida ayrim yangi soliqlarni joriy qilish, mavjudlarini esa 
qayta ko’rib chiqqan holda bozor munosabatlariga moslashtirishni taqozo etadi. 
Shu munosabat bilan soliq sub’ektlari o’rtasida soliq yukini mutanosib 
ravishda taqsimlanishi masalalari quyidagi yo’nalishlar amalda oshiriladi: 
- korxonalarning real soliq yukini hisoblash borasida buxgalteriya hisobi bilan 
birgalikda alohida soliq hisobini yuritishni tashkil qilinishi; 
- har qanday korxonada shakllanadigan xarajatlar tarkibini, foydaning 
shakllanishini tahlil qilib borish. Bu esa qonuniy asosda foyda solig’i va QQSni 
kamaytirish uchun xizmat qilishi mumkin; 


42 
- mamlakatimiz soliq qonunchiligiga ko’ra, ayrim xarajatlar soliq va majburiy 
to’lovlarning ob’ektiga kirishini e’tiborga olish talab etiladi. Korxonalar 
tomonidan amalga oshiriladigan tegishli hisob-kitoblar xarajatlarni ko’paytirilishi 
orqali ko’proq soliq to’lanishiga olib kelib, maqbul variantni tanlashda qiyinchilik 
tug’dirmaydi. Chunonchi iqtisodiyotimizning turli tarmoq va sohalaridagi 
korxonalarning xarajatlar tarkibi va strukturasi, daromadlarning shakllanishi va shu 
kabilar turlichaligi bilan farqlanadi; 
- qonunchilikda belgilangan ayrim soliq imtiyozlaridan foydalanishi xo’jalik 
yurituvchi sub’ektlar uchun etarlicha samara bermayotganligini soliq yuki 
ko’rsatkichlarini hisoblashda albatta e’tiborga olish talab etiladi. Chunki bir soliq 
turining imtiyozlar hisobiga pasaytirilishi boshqa soliq turining oshirilishiga 
xizmat qilishi mumkin yoki boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ektning soliq 
majburiyatlarini oshishiga xizmat qilishi mumkin; 
Amaldagi soliq qonunchiligimizga ko’ra gastrol-kontsert faoliyati bilan 
shug’ullanish huquqini beruvchi litsenziyasi bo’lgan shaxslar - ushbu faoliyatdan 
olingan daromadlari bo’yicha daromad solig’i to’lashdan, shuningdek ayrim 
soliqlardan tashqari qolgan barcha soliqlarni to’lashdan ozod qilingan. Endi bir 
o’ylab ko’raylikchi, byudjetga tushadigan mablag’larni ko’paytirish maqsadida, 
davlat hatto jismoniy shaxslar daromadini soliqqa tortishda soliqqa tortilmaydigan 
minimumni bekor qilgan bir sharoitda, sanoat korxonalari zimmasiga QQS va o’ta 
yuqori stavkali aktsizlar yukini yuklab qo’ygan bir sharoitda juda katta daromadlar 
keltiradigan gastrol-kontsert faoliyati bilan shug’ullanuvchi yuridik va jismoniy 
shaxslarni soliq to’lashdan ozod qilib qo’yish soliq solish tamoyillarining qaysi 
biriga mos kelar ekan. Xuddi shuningdek, respublikamiz qonunchiligiga ko’ra 
advokatlar hay’atlari, advokatlik firmalari va advokatlik byurolari nodavlat 
notijorat tashkilotlari sifatida faoliyatning advokatlar tomonidan yuridik yordam 
(xizmat) ko’rsatish bilan bog’liq qismi bo’yicha soliqlar va boshqa majburiy 
to’lovlar to’lashdan ozod etiladilar. Fikrmizcha, advokatlik sub’ektlarining 
notijorat tashkiloti deb topilishi noto’g’ri, chunki ushbu faoliyat bilan ma’lum 
yuridik xizmatlarni ko’rsatish, aniqrog’i sotish evaziga daromad topish uchun 


43 
shug’ullaniladi. Demak, bu ham iqtisodiy asoslanmagan imtiyozdir. Shu sababli 
gastrol-kontsert faoliyati bilan shug’ullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslarni 
hamda advokatlik byurolari va firmalarini umumbelgilangan tartibda soliqqa 
tortishga o’tish lozim. 
Hozirgi kunda tadbirkorlik sub’ektlariga berilayotgan soliq imtiyozlarining 
ko’pchiligi ijtimoiy xarakterga ega. Ayniqsa, korxonalar uchun belgilangan 
soliqlarning qariyb barchasida nogironlarni mehnatga jalb qilish va shunga 
o’xshash boshqa ijtimoiy tadbirlar uchun imtiyoz berish ko’zda tutiladi. Ayrim 
tadqiqotchilar buni qo’llab quvvatlashadi ham. Balki bu soliqning ijtimoiy 
funktsiyasi nuqtai nazaridan to’g’ridir, ammo nogironlarni ishga qabul qilganlik 
uchun aynan foyda solig’idan engillik berilishi ishlab chiqarilgan mahsulotlarning 
arzonligi va raqobatbardoshliligini ta’minlashda va korxonaning foyda olish 
imkoniyatlarini ta’minlashda sezilarli ta’sir ko’rsatmaydi. Aksincha, shu va shu 
kabi boshqa ijtimoiy imtiyozlarning mavjudligi tadbirkorlik sub’ektlarining 
kamroq 
soliq 
to’lash (yoki umuman to’lamaslik) ilinjida, yuqorida 
ta’kidlaganimizdek, ma’lum bir sun’iy shakllarga (“qolip”larga) kirishga undaydi. 
Sir emaski, hozirgi sharoitda imtiyoz olish uchun ishchilar safiga nogironlarni 
“jalb qilish”dan oson narsa yo’q. Bu ham bo’lsa qaysidir ma’noda yashirin 
iqtisodiyotning rivojlanishiga o’z hissasini qo’shadi. 
Bizning fikrimizcha, soliqdan ijtimoiy imtiyozlar qat’iy ravishda shunday 
imtiyozlarga muhtoj bo’lgan fuqarolar, ya’ni jismoniy shaxslarning o’ziga adresli 
tarzda berilishi kerak. Tadbirkorlik sub’ektlari (korxonalar)ga beriladigan soliq 
imtiyozlari esa iqtisodiy xarakter bilan cheklanishi lozim. Bunday iqtisodiy rag’bat 
vositasi bo’lgan soliq imtiyozlari ham istisno tariqasida faqat hukumat tomonidan 
ro’yxati tasdiqlanadigan va monitoringi olib boriladigan, davlat va jamiyat uchun 
ustuvor bo’lgan mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi, ishlarni bajaruvchi va 
xizmatlarni ko’rsatuvchi tadbirkorlik sub’ektlariga berilishi maqsadga muvofiq. 
Soliq yukini kamaytirishdan kutiladigan byudjet yo’qotishlarini oldini olish 
va tushumlarni ko’paytirib borishning uchinchi muhim yo’nalishi, bu hozirda 


44 
soliqqa tortilmayotgan, aniqrog’i soliqqa tortishning iloji bo’lmayotgan norasmiy 
daromadlar va faoliyatlarni soliqqa jalb qilishdir. 
Bizning fikrimizcha, mamlakatning amaldagi soliq tizimi va soliqqa tortish 
mexanizmi iqtisodiyotni erkinlashtirishning hozirgi sharoiti talablariga javob 
bermaydi, chunki u barcha daromadlarni soliqqa tortish qobiliyatiga ega emas. 
Bunga esa amaldagi soliq tizimining mo’rtligi va biryoqlamaligi sabab bo’lmoqda. 
Hozirgi soliq tizimi faqat rasmiy hisobi yuritilayotgan yoki yuritish mumkin 
bo’lgan faoliyatlar va daromadlarni soliqqa tortishga qodir, xolos. Haqiqatda esa 
soliqqa jalb qilinmayotgan yoki buning iloji bo’lmayotgan bir talay xufiyona 
daromad va faoliyatlarni oddiy ko’z bilan ko’rish mumkin, biroq amaldagi 
qonunchilikka ko’ra isbot qilish qiyin. 
Ma’lumki, har qanday jamiyatda norasmiy yoki xufiyona iqtisodiyot rasmiy 
iqtisodiyot bilan parallel faoliyatda bo’ladi. Faqat uning ko’lami mamlakat 
iqtisodiy, xususan soliq qonunchiligining takomillashganlik darajasiga, soliqqa 
tortishning qay darajada adolatli tashkil qilinganligiga, ushbu mamlakatda 
yashovchi xalqning mentalitetiga va boshqa bir qator omillarga bog’liq holda turli 
xilda bo’ladi. Masalan, umumjahon miqyosida bu holatning nisbiy og’irligi 
YaIMning 5-10 foizini, rivojlanayotgan va MDH mamlakatlarida esa bu 
ko’rsatkich 25-60 foizini tashkil qiladi. Agarda mamlakat norasmiy iqtisodiyotini 
baholashga bag’ishlangan tadqiqotlarga tayanadigan bo’lsak, u holda bizning 
respublikamizda xufiyona iqtisodiyotning nisbiy og’irligi YaIMning 30-40 foizini 
tashkil etadi. Bu degani hozirgi to’planayotgan soliqlarning xuddi shu foizlar 
darajasida, balki undan ham ko’proq miqdorda zahirasi mavjud deganidir, ya’ni 
xufiyona iqtisodiyot qancha ko’lamda rasmiy iqtisodiyotga ko’chirib borilsa, mos 
ravishda shuncha miqdorda soliq tushumlari ham ko’payib boradi. 
Bizning fikrimizcha, norasmiy iqtisodiyot ko’lami va darajasi mamlakat 
soliqqa tortish tizimining qay darajada mukammalligi va qayishqoqligi, 
shuningdek, soliq xizmatining professionallik darajasi va unga berilgan vakolatlar 
ko’lamiga ham bog’liqdir. Chunki, aynan o’tish davri iqtisodiyotidagi, ya’ni soliq 
tizimi va soliq ma’murchiligi lozim darajada takomillashmagan mamlakatlarda 


45 
xufiyona iqtisodiyot nisbatan rivojlangan bo’ladi. Biroq, xufiyona iqtisodiyotni 
hech qachon va hech qanday jamiyatda butunlay yo’qotib bo’lmagan. Faqatgina 
uning ko’lamini va ko’rinishini davlatning oqilona iqtisodiy siyosati, xususan, 
mukammal va qayishqoq soliq tizimi orqali qisqartirish va tartibga keltirish 
mumkin. 
Yuqoridagilardan kelib chiqadigan bo’lsak, bugungi kunda “soliqlar keng 
qamrovli, ayni paytda har bir soha, tarmoq va korxonaga alohida qayishqoq va 
sharoitga moslashuvchan” bo’lmog’i lozim. “Shunga erishmog’imiz kerakki, har 
bir soliq to’lovchi, u hoh jismoniy, hoh yuridik shaxs bo’lsin, soliq to’lashdan 
bo’yin tovlamasdan, daromadlarini yashirishga urinmasdan, aksincha, o’z ishlab 
chiqarishini rivojlantirish va daromadini oshirishga intilsin”. Buning uchun esa 
soliq tizimini takomillashtirish va soliq yukini pasaytirish bilan bir qatorda, 
davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, “soliq organlarini tashkil etishning butun 
tizimida ham tub o’zgarishlarni amalga oshirish zarur”. 

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling