22
Korxonalar xo‘jalik-moliyaviy faoliyatida uchraydigan risklarni quyidagi xususiyatlari bo‘yicha tasniflash mumkin:
1) xo‘jalik faoliyatining shakliga ko‘ra:
tijorat riski;
moliyaviy risk.
2) namoyon bo‘lish shakliga ko‘ra barcha turdagi risklar (1.4.2-rasm):
sof risklar;
spekulativ risklar.
3) risklarni yuzaga kelish sohasiga ko‘ra:
tashqi risklar;
ichki risklar.
4) paydo bo‘lish xususiyatiga ko‘ra:
Tijorat riski deyilganda asosan mahsulotlar realizatsiyasi va xo-mashyolarni sotib olish jarayonlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan risklar tushuniladi.
Moliyaviy risk deganda moliyaviy bitimlarni amalga oshirish (bankka mablag‘larni qo‘yish, aksiyalar muomalasi, birja faoliyati va hokazo) chog‘ida vujudga keladigan risklar tushuniladi (1.4.1-rasm).
Moliyaviy risklar
Bozor riski
Valyuta riski
Kredit riski
Inflatsiya riski
Investitsion riski
Foiz riski
1.4.1-rasm. Moliya risklarning tasniflanishi
Bozor risklari moliyaviy risklarning qismi sifatida tashkilotlarn-ing iqtisodiy faoliyati ko‘lamida yuzaga keladi. Uning daromadi
23
shakllanishi bilan bevosita bog‘langan va tashkilotlarning inves-titsion-moliyaviy faoliyatni amalga oshirish jarayonida ehtimoliy iqtisodiy yo‘qotishlari bilan xarakterlanadi.
Kredit riski deb, qarz oluvchi tomonidan kredit shartnomasi shartlarining bajarilmasligi ya’ni kredit summasining (qisman yoki to‘liq) va u bo‘yicha foizlarning shartnomada ko‘rsatilgan muddatlarda to‘lanmasligi tushuniladi.
Bozor riski hamda kredit riski tegishli moliyaviy instrumentlarga egalik qilish jarayonida yuzaga keladi. Bu ikki turdagi risklar, ayni vaqtda o‘ziga xos, alohida yoki tizimli hodisa sifatida nafaqat aniq bir moliya institutining say-harakati, balki bozordagi o‘zgarishlar ta’sir-ida kechishini ham ta’kidlash o‘rinlidir.
Valuta riski deganda, tashqi iqtisodiy faoliyat jarayonida ayirboshlash kurslari o‘zgarishidan yoki boshqa turli valuta operatsiyalari amalga oshirilishida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yuqo‘tishlar (yoki daromad olish) tushuniladi. Valuta risklari yuzaga kelishining asosiy sababi - valuta kurslari o‘zgarishi hisoblanadi. Bunday o‘zgarishlar hamma shaxslarga: ishbilarmon firmalar va davlat tuzilmalariga ham ta’sir ko‘rsatadi. Ko‘pgina hollarda, ularning faoliyati eksport-import operatsiyalari bilan bog‘liq va shu sababli, kreditorlar va qarz oluvchilar, investorlar va chayqovchilar, xo‘jalik subyektlari o‘z bizneslarini milliy valutaga nisbatan xorijiy valutalarda amalga oshirishni ma’qul ko‘radilar
Foiz riski korxonalarda ma’lum bir faoliyat turlari bo‘yicha uning foiz ko‘rsatkichlari yoki to‘lovlarini oshib ketishi hamda kamayib ketishi ehtimolligi natijasida foyda hajmini belgilangan darajada ololmaslik ehtimolligidir..
Do'stlaringiz bilan baham: |