Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


zarar yetishiga olib keladigan hodisalar sodir bo‘lmasidan avval xulosa qilish, sug‘urta polisida barcha shartlar kelishib olinadi; 211


Download 0.61 Mb.
bet142/151
Sana04.11.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1745292
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   151
Bog'liq
B. K. Sattorov 00 Moliyaviy risklar nazariyasi-fayllar.org


zarar yetishiga olib keladigan hodisalar sodir bo‘lmasidan avval xulosa qilish, sug‘urta polisida barcha shartlar kelishib olinadi;

211




  • hodisaning oqibatlarini o‘tkazish (ya’ni, sug‘urta qoplamasini to‘lash) – sug‘urta hodisasidan keyin darhol amalga oshiriladi;







  • yo‘qotishning faqat moliyaviy oqibatlarini o‘tkazish. Sug‘urtalangan shaxs moliyaviy kompensatsiya olingunga qadar binolar yoki ishlab chiqarish jarayonlarining shikastlanishi yoxud buzilishi yoki boshqa kapital yo‘qotish oqibatida zarar ko‘radi.


    Sug‘urta tuzilgan shartnomaga muvofiq riskni o‘tkazish ekanligi sababli, bunday shartnomada sug‘urta sifatida ko‘rib chiqiladigan aniq hodisalar va sug‘urta qoplamasining shakli hamda miqdori aniq ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.


    Standart sug‘urta shartnomasida sug‘urta summasini to‘lash faqat barcha talablar taqdim etilganidan va tegishli tarzda ro‘yxatdan o‘tkazilganidan keyin belgilanadi. Boshqacha aytganda, sug‘urtalanuvchi sug‘urtalovchiga pul to‘laydi, keyin sug‘urtalovchi sug‘urta hodisasi yoki qoplab berish uchun kelishib olingan hodisa yuz bergan taqdirda, olingan summaning bir qismini, hammasini yoki undan ham ko‘p qismini to‘lab beradi. Sug‘urta mukofotini to‘lash (sug‘urta badali) va da’vo arizasini berish o‘rtasida har doim muayyan vaqt o‘tadi, ya’ni, sug‘urtalanuvchi shartnoma davri boshida sug‘urtalovchiga bo‘nak taqdim etadi. Ayrim yillarda zararni qoplash summasi sug‘urtalovchi tomonidan olingan summadan kamroq bo‘lsa, boshqa yillarda buning teskarisi kuzatiladi. Odatda, barcha mablag‘lar bir vaqtning o‘zida to‘lanmaydi. Ko‘pincha, oldin sug‘urtalanuvchi pulni to‘laydi, keyin esa sug‘urta qoplamasini sug‘urtalovchidan kechikish bilan oladi.


    Mohiyatan, sug‘urta riskni o‘tkazishning qisqa muddatli mexanizmi hisoblanadi. Zararlarni qoplash xarajatlari yakunda sug‘urtalovchi emas, sug‘urtalanuvchi tomonidan qoplanadi. Sug‘urta tashkilotni o‘z yo‘qotishlarini uzoq muddatli ko‘lamda to‘lashga majbur qiluvchi va qisqa muddat uchun o‘rta hamda katta yo‘qotishlarda moliyaviy inqirozdan himoyani ta’minlovchi “yo‘qotishlarni tekislovchi” mexanizm sanaladi.


    Sug‘urta kompaniyalari sug‘urta shartnomasi doirasida o‘z zimmasiga olishi mumkin bo‘lgan risklarga qat’iy talablarni qo‘yadi. Bu boshqa istalgan tijorat korxonasi singari sug‘urta kompaniyasi ham o‘zini zararlardan himoya qilish va foyda olishga intilishi bilan bog‘liq. Shuning uchun u muayyan korxonaning faoliyatiga xos barcha risklar majmuidan faqat quyidagi talablarga javob beradigan qismini tanlab oladi:



    Download 0.61 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   151




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling