Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


Download 0.61 Mb.
bet141/151
Sana04.11.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1745292
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   151
Bog'liq
B. K. Sattorov 00 Moliyaviy risklar nazariyasi-fayllar.org

10.3.1-jadval






Boshlang‘ich jadval






i


1


2


3


4




3


5


8


10




2


4


6


8


Ushbu operatsiyalardan teng og‘irlikdagi kombinatsiyalarni (operatsiyalar) tuzishning bir qancha variantlarini ko‘rib chiqamiz.


Kombinatsiyalashgan operatsiya faqat 1 va 2-operatsiyadan tuzilgan bo‘lsa, u holda:











=




= , =






=2,24






























Kombinatsiyalashgan operatsiya 1, 2 va 3-operatsiyadan tuzilgan bo‘lsa, u holda:







+ +






+ +






=






= , ,=




= ,




Kombinatsiyalashgan operatsiya barcha to‘rt operatsiyadan




tuzilgan bo‘lsa, u holda:










=






= , ,=




= 2,74














Ko‘rinib turibdiki, barcha operatsiyadan operatsiyalar tuzilgan-da, risk sezilarli ortmaydi va operatsiyaning tarkibiy qismini tashkil qiluvchi operatsiyalar chegarasiga yaqin qolaveradi. Samaradorlik esa har gal operatsiyaning tarkibiy qismlari samaradorligining o‘rtacha arifmetigiga teng. Diversifikatsiya tamoyili nafaqat bir vaqt o‘tkaziladigan operatsiyalarni o‘rtachalash uchun, balki turli joylarda (makonda o‘rtachalash) va vaqt bo‘yicha ketma-ket amalga oshirilgan, masalan, bir operatsiyani vaqt bo‘yicha takrorlashda (vaqtda o‘rtachalash) da ham qo‘llaniladi.


Har yili 20-yanvarda barqaror faoliyat yurituvchi qandaydir kompaniyaning aksiyalarini sotib olish strategiyasi mutlaqo oqilona sanaladi. Ushbu kompaniyaning aksiyalari kursidagi muqarrar tebranishlar mazkur protsedura tufayli o‘rtachalashadi va shu bilan diversifikatsiya samarasi namoyon bo‘ladi.


Nazariy jihatdan, diversifikatsiyalashning ta’siri faqat ijobiy hisoblanadi – samaradorlik me’yorlashadi, risk esa kamayadi.


206

Moliyaviy risklarni sug‘urtalash

Risk darajasini kamaytirishning eng muhim va keng tarqalgan usuli riskni sug‘urta qilish hisoblanadi.


Ayrim atamalarni sharhlab o‘tamiz.

Sug‘urtalanuvchi (yoki sug‘urtalangan) – sug‘urtalanayotgan shaxs.


Sug‘urtalovchi – sug‘urta qilayotgan shaxs.

Sug‘urta summasi – sug‘urtalanuvchining mol-mulki, hayoti, sog‘lig‘i sug‘urta qilingan pul mablag‘i miqdoridir. Sug‘urta hodisasi yuz berganda sug‘urtalovchi tomonidan sug‘urtalanuvchiga ushbu summa to‘lab beriladi. Sug‘urta summasini to‘lash sug‘urta qoplamasi deb ataladi. Sug‘urta to‘lovi sug‘urtalangan shaxs tomonidan sug‘urtalovchiga to‘lanadi.


Umumiy holatda sug‘urta – bu shunday bitimki, unga muvofiq sug‘urtalovchi (masalan, qandaydir sug‘urta kompaniyasi) muayyan kelishilgan mukofot evaziga (sug‘urta mukofoti) sug‘urtalanuvchi yoki u tomonidan sug‘urtalangan mol-mulk duchor bo‘lgan sug‘urta shartnomasida nazarda tutilgan xavf-risk va (yoki) hodisalar (su-g‘urta hodisasi) oqibatida yuzaga kelgan zarar yoki uning bir qismini (sug‘urta summasi) to‘lash majburiyatini o‘z zimmasiga oladi. Shunday qilib, sug‘urta pul badallari hisobidan maqsadli sug‘urta fondini shakllantirish va undan zararni qoplash hamda sug‘urta summasini to‘lash uchun foydalanish bo‘yicha uning qatnashchilari o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar majmuini o‘zida aks ettiradi.


Sug‘urtaning mohiyati shunda namoyon bo‘ladiki, investor riskdan qochish uchun daromadining bir qismidan voz kechishga, ya’ni, risk darajasini nolgacha kamaytirish uchun pul to‘lashga tayyor. Amalda, agar sug‘urta qiymati ehtimoliy zararga teng bo‘lsa (ya’ni, kutilgan zarar 10 million sh.b. bo‘lgan sug‘urta polisi 10 million sh.b. turadi), u holda riskka moyil bo‘lmagan investor o‘zi duch kelishi mumkin bo‘lgan har qanday moliyaviy zarar (kapital, daromad) to‘liq qoplanishini ta’minlanadigan tarzda sug‘urtalanishni xohlaydi. Zarar ko‘rish riskini kamaytirish bo‘yicha qabul qilingan choralar bir vaqtning o‘zida daromad olish imkoniyatini yo‘qqa chiqaradigan holatlarda risklarni hejirlash haqida so‘z yuritiladi. Masalan, agar fermer narx pasayishi riskining oldini olish uchun kelgusi g‘alla hosilini fiksirlangan narxda sotsa, bu bilan o‘zini


207

yig‘im-terim mavsumida g‘alla narxi ko‘tarilib ketgan holatda qo‘shimcha daromad olish imkoniyatidan mahrum qiladi. Fermer g‘alla narxi bo‘yicha riskka o‘z moyilligini hejirlaydi. Agar siz jurnalga bir yil uchun emas, balki uch yilga obuna bo‘lsangiz, o‘zingizni obuna bahosining ehtimoliy o‘sishidan sug‘urta qilgan bo‘lasiz. Siz obuna bahosining ko‘tarilishi natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan zararlar riskidan qutulasiz, ammo obuna narxi arzonlashgudek bo‘lsa, bundan hech narsa yutmaysiz.

Sug‘urta zararni bartaraf etish maqsadida sug‘urta mukofoti yoki sug‘urta badali to‘lashni (sug‘urta uchun siz to‘laydigan narx) nazarda tutadi. Sug‘urta polisini sotib olar ekansiz, siz sug‘urta yo‘qligi tufayli ancha katta zarar ko‘rish ehtimoli o‘rniga kafolatlangan xarajat qilishga (polis uchun to‘lanadigan sug‘urta badali) rozilik bildirasiz. Masalan, agar siz mashina sotib olgan bo‘lsangiz, baxtsiz hodisalar, o‘g‘irlab ketish, siz yoki atrofdagi boshqalarga yetkazilishi mumkin bo‘lgan tan jarohatlaridan sug‘urtalash kabi sug‘urta turlaridan biriga muqarrar ravishda murojaat etasiz. Bugun sug‘urta badali 1000 sh.b.ga teng bo‘lishi mumkin. Uni to‘lagach, kutilmagan holatlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan zararni qoplash uchun bir yil muddatga sug‘urtalanasiz. 1000 sh.b. summaga teng kafolatlangan xarajat yuz minglab sh.b. ga yetishi mumkin bo‘lgan juda katta xarajatlar ehtimoli o‘rnini bosadi.


Hejirlash va sug‘urta o‘rtasida fundamental tafovut mavjud. Hejirlashda siz daromad olish imkoniyatidan bosh tortgan holda, zarar ko‘rish riskini ham bartaraf etasiz. Sug‘urtalashda sug‘urta badalini to‘laysiz va bu bilan zarar ko‘rish riskini bartaraf etasiz, lekin daromad olish imkoniyatini ham saqlab qolasiz.


Masalan faraz qilaylik, siz O‘zbekistonda eksport-import operatsiyalari bilan shug‘ullanadigan kompaniyaga egasiz. Siz bir oydan so‘ng 1000000 sh.b. olishingizni bilasiz. Hozir bir sh.b. 8000 so‘mni tashkil qiladi, ammo bir oydan keyin kurs qanday bo‘lishini bilmaysiz. O‘z navbatida, siz uchun kurs riski mavjud.


Ushbu riskni bartaraf etish uchun siz hejirlash va sug‘urtadan foydalanishingiz mumkin. Hejirlash siz hozir fiksirlangan narx bo‘yicha, aytaylik, oy oxirida 8000 so‘mga 1,0 mln sh.b.ni sotish uchun shartnoma tuzishingizni taqozo qiladi. So‘m kursi pasayib ketishidan himoya qiladigan shartnomani tuzish bilan siz hech narsa


208
yutqazmaysiz, lekin agar sh.b. kursi oy mobaynida pasaymay, balki ko‘tarilsa, u holda daromad olish imkoniyatidan mahrum bo‘lasiz.

Boshqa variant: sizga bir oy ichida 1000000 sh.b.ingizni 8000 so‘m narxda sotish huquqini (lekin majburiyati emas) beradigan “put” optsioni uchun sug‘urta badalini hozir to‘lagan holda, sh.b. kursi pasayishidan sug‘urtalanishingiz mumkin. Agar sh.b. kursi 8000 so‘mdan pasayib ketsa, siz zarar ko‘rmaysiz, chunki o‘z “put” optsioningizdan bir oy foydalanishingiz va 8000 so‘mdan sotishingiz mumkin. Agar sh.b. kursi o‘ssa, o‘z 1,0 mln sh.b.ingizni yanada yuqoriroq kurs bo‘yicha sotasiz va shu tariqa qo‘shimcha daromadni qo‘lga kiritasiz.


Sug‘urta polisidan tashqari, odatda, sug‘urta toifasiga mansub bo‘lmagan, lekin xuddi shunday iqtisodiy vazifasini bajaradigan, ya’ni, zararlar kompensatsiyasini ta’minlaydigan shartnomalar va qimmatli qog‘ozlarning boshqa turlari ham bor. Eng keng tarqalgan misol – kredit kafolati yoki kredit kafilligi bo‘lib, u kreditorlarni to‘lovga layoqatsiz qarz oluvchilar oqibatida yuzaga keladigan zararlardan sug‘urtalaydi. Zararlardan sug‘urtalashning boshqa yana bir usuli – bu optsionlarning har xil turlaridir.


Sug‘urtalovchi professional risk tashuvchi hisoblanadi. Shartnoma shartlaridan faqat biri hisoblanuvchi riskni o‘tkazish haqida uchinchi tomon bilan kelishuvdan farqli o‘laroq, bu yerda riskni o‘tkazish shartnomaning asosiy mazmuni sanaladi. Sug‘urta – bu sug‘urta hodisasi yuzaga kelgan vaqtda risk uchun moliyaviy javobgarlikni o‘tkazish bo‘lib, odatda, shartnoma shartlarida ayrim hollarda sug‘urtalovchi to‘g‘ridan to‘g‘ri to‘lash majburiyatini emas, balki sug‘urta hodisasi oqibatlarini huquqiy tartibga solish majburiyatini olishi kelishib olinishi lozim bo‘lsa -da, zararni to‘lash bo‘yicha sug‘urtalovchining majburiyatini o‘zida aks ettiradi.


Sug‘urta riskni shartnoma asosida o‘tkazish bo‘lgani uchun, sug‘urtalovchi hodisa uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oladigan hodisalar va shart-sharoitlarning turlari batafsil kelishib olinishi va moliyaviy qoplama chegarasi belgilangan bo‘lishi kerak. Bu qoplashning turli yo‘llari mumkin bo‘lganda yoki sug‘urta polisi chet el sug‘urta bozorida zararni qoplayotganda muhim, chunki qoplab berish shartlari, qoplash chegarasi va oqibatlarini aniqlash turli mamlakatlarda turlicha bo‘lishi mumkin.


Voqea turi va sug‘urta polisi shartlari kelishib olingan bo‘lsa, sug‘urta mukofotini to‘lash sug‘urta hodisasida pul mablag‘lar


209

manbaini ta’minlaydi. Shunday qilib, sug‘urtalovchi saqlab qo‘yilgan risklarning noaniq xarajatlarini sug‘urta mukofotining muayyan qiymati bilan almashtiradi. Bu qiymat sug‘urta shartnomasi muddati davomida sof yo‘qotishlarni baholashga asoslanadi va sug‘urtalanuvchi uchun fiksirlangan hisoblanadi. Ehtimoliy zararning bunday stabillashuvi korxonalar daromadliligi riskni saqlab qolgan holatdan ko‘ra sof yo‘qotishlar oqibatlariga kamroq ta’sirchan ekanligini anglatadi. Biroq sug‘urta sug‘urtalanuvchiga yetkazilgan zararni har doim ham to‘liq kompensatsiyalamaydi. Bu sug‘urtalovchi o‘z zimmasiga olgan cheklangan javobgarlik, yo‘qotishlarning barcha ehtimoliy kanallarini nazarda tutmay yomon tuzilgan sug‘urta shartnomasi yoki sug‘urta qilinmagan zararlar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Sug‘urta shartnomalarini muhokama qilish va ulardan risklarni boshqarish sohasida foydalanish tamoyillarini tushunish uchun asosiy tushuncha va atamalarni o‘rganib chiqish muhim sanaladi. Istisnolar, chegaralar, franshiza va birgalikda to‘lashni sug‘urta shartnomalarining to‘rt muhim tarkibiy qismi deyish mumkin.


Istisnolar – bu bir qarashda sug‘urta shartnomasi shartlarini qoniqtiruvchi yo‘qotishlar, lekin baribir ularning qoplanishi maxsus istisno qilinadi. Masalan, hayot sug‘urtasi polisi mijoz vafot etgan taqdirda nafaqa to‘lashni ham o‘z ichiga oladi, lekin odatda mijoz o‘z hayotiga qasd qilgan hollarda bunday nafaqani to‘lash polis shartlarida istisno qilinadi. Tibbiy sug‘urta mijoz sug‘urta polisini sotib olishidan avval kasallangan ayrim kasalliklarni davolash uchun to‘lovni istisno qilishi mumkin. Shunday qilib, sug‘urta polisi sug‘urta shartnomasini tuzishdan oldin mavjud bo‘lgan kasalliklarning tibbiy sabablari uchun to‘lovni o‘z ichiga olmaydi.


Chegaralar – bu sug‘urta shartnomasida nazarda tutilgan zararlar uchun kompensatsiya miqdori bo‘yicha cheklovlar hisoblanadi. Boshqa so‘z bilan aytganda, agar kasalliklardan sug‘urtalanish polisiga 1 million sh.b. chegara o‘rnatilgan bo‘lsa, bu sug‘urta kompaniyasi kasallikni davolash uchun shu miqdordan ko‘proq to‘lov qilmasligini anglatadi.


Franshiza – bu sug‘urtalanuvchi tomon sug‘urta kompaniyasidan qandaydir tovon puli olishdan avval o‘z mablag‘laridan to‘lashi kerak bo‘lgan pul summasidir. Masalan, agar avtomobilga sug‘urta polisingiz 1000 sh.b. miqdorda franshizani ham o‘z ichiga olgan bo‘lsa, demak, avtohalokat yuz bergan holatda ta’mirlash uchun


210

birinchi 1000 sh.b. ni siz o‘z cho‘ntagingizdan to‘lashingiz kerak bo‘ladi, sug‘urta kompaniyasi esa ushbu ming sh.b.ni chiqarib tashlagan holda qolgan barcha summani to‘laydi.
Franshiza mijozni ehtimoliy yo‘qotishlarga nisbatan ko‘proq e’tibor qaratishga majburlaydi. Sug‘urta polisida ta’mirlash uchun 500 sh.b. miqdorda franshiza qayd etilgan avtomobil egasi (buni u o‘zi to‘lashi kerak), polisida bunday franshiza yo‘q bo‘lgan haydovchi bilan taqqoslaganda, mashinani yanada ehtiyotkorroq haydashga harakat qiladi. Biroq uning miqdori franshiza miqdoridan oshib ketganidan so‘ng zararni nazorat qilishga rag‘bat ham yo‘qoladi.

Birgalikda to‘lash sug‘urtalangan tomon zararning bir qismini qoplashi shartligini anglatadi. Masalan, sug‘urta polisida birgalikda to‘lov har qanday zararning 20%ini tashkil etishiga kelishib olingan bo‘lishi mumkin, sug‘urta kompaniyasi esa qolgan 80% ni to‘laydi.


Birgalikda to‘lash franshizaga o‘xshab ketadi, chunki u ham mijozlarni zararning bir qismini o‘z cho‘ntagidan to‘lashga majbur qiladi. Farqi shundaki, bunda mijoz to‘lashi kerak bo‘lgan ulushni hisoblash yo‘llari boshqacha bo‘lib, ularning yordamida mijozda zarardan qutulib qolishga stimul yuzaga keltiriladi.


Shifokor qabuli uchun to‘lovni taqdim etadigan tibbiyot polisini ko‘rib chiqamiz. Polisda birgalikda to‘lash haqida band bo‘lsa, bemor har bir qabul uchun shifokorga gonararning bir qismini o‘zi to‘laydi. Agar polisda birgalikda to‘lash haqida shart o‘rniga 1000 sh.b. miqdorida franshiza kiritilgan bo‘lsa, mijoz franshiza summasi butunlay tugamaguncha shifokor qabuli uchun barcha to‘lovlarni o‘zi amalga oshiradi, undan keyingi qabullar uchun u hech narsa to‘lamaydi. Shunday qilib, franshiza 1000 sh.b. summaga yetgandan keyin qo‘shimcha qabullardan tiyilishga stimul paydo qilmaydi, birgalikda to‘lov holatida esa shunday shart-sharoit yuzaga keltiriladi. Sug‘urta polisida franshiza ham, birgalikda to‘lash sharti ham bo‘lishi mumkin.


Sug‘urta sug‘urtalanuvchiga muayyan shartlar asosida yo‘qotish riskini sug‘urtachiga o‘tkazish imkonini bergan holda uni yo‘qotishlardan moliyaviy himoya qiladi. Sug‘urta shartnomasining asosiy xususiyatlari quyidagilar hisoblanadi:







  • Download 0.61 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   151




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling