O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo-texnologiya instituti shahrisabz filiali «oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan foydalanish


Download 5.03 Kb.
Pdf ko'rish
bet186/346
Sana08.11.2023
Hajmi5.03 Kb.
#1756627
TuriСборник
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   346
Bog'liq
TKTI-Shahrisabz-konfrensiya-2022

Foydalanilgan adabiyotlar 
1.”Oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi va sifati toʻgʻrisida”gi qonun”. 1997
yil 30 avgust. 
2. Shaumarov X.B., Islamov S.YA. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash va
birlamchi qayta ishlash texnologiyasi. - T.: ToshDAU, 2011. 
3. Sh.D. Ergashxodjaeva Xalqaro raqobat. Oʻquv qoʻllanma. - T.: TDIU, 2013 y.-328 b. 
Internet saytlari 
4. www.gov.uz – Oʻzbekiston Respublikasi xukumat portali 
5. www.standart.uz – “Oʻzstandart” agentligi sayti 
6. www.iso.som – Xalqaro standartlashtirish tashkiloti sayti 
7. www.metrolog.ru – Metrologiya boʻyicha Rossiya federatsiyasining sayti 


“Oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan foydalanish 
muammolari” ilmiy-amaliy anjumani Shahrisabz-2022 yil 22-23 aprel 
183 
JIYDANING AXAMTIYATI 
Ass 
1
Bozorov Sardorbek ass 

Vaqqosov Zuhriddin,
Namangan muhandislik-texnologiya institut,
Email: sardor.bozorov.87@mail.ru; Tel: +998883010111. 
 
Oziq-ovqat har bir insonning kundalik hayotining ajralmas qismidir. Kishining normal hayoti
ishlashi va boshqa ijtimoiy faoliyati uchun zarur bo‘lgan deyarli barcha moddalarni shu oziq-ovqat bilan 
olishidir.kundalik xayotimizda xalq tabobatida jiyda o’rni kata deb o’ylayman. Sababi qadim zamondan 
beri ota-bobolarimiz tabobatda va oziq-ovqat sifatida foydalanib kelishgan[1]. Ushbu maqolamizda 
jiydani turmush tarzimiz oziq-ovqatlar orasidagi axamiyatini keng miqyosida yoritilishi.
Jiyda jiydadoshlar oilasiga mansub daraxt yoki buta. Tanasi qizg`ish kul–rang. Barglari 
tuxumsimin cho`zinchoq yoki lansetsimon, uzunligi 1,5-5 sm . novdalarining uchi ko`pincha tikanli 
bo`ladi yosh novdalarinin usti va barglari kkumishsimon yaltiroq, maayda guborlar bilan qoplangan. 
Jiyda may oyida gullaydi, gullari mayday ko`rimsiz. Mevasi sentabr- oktabr oyida pishadi u mayda
uzunligi 1-2 sm ga yetadi. U qizil sariq tusda. Uning tarkibida 60 % yaqin qand moddasi bor, shu sababli 
ham uning mevasi spirt sanoatida keng qo`llaniladi. Uning mevasidan kisel ishlab chiqarishda ham 
foydalaniladi. Bu dori sifatita foydalaniladi[1,2].
Janubiy Yevropa, Markaziy va Sharqiy Osiyo, Shimoliy Amerikada hatto Novasibirskiy 
oblastlarida ham uchraydi. Uning 40 ga yaqin turi bor. O‘rta Osiyo, xususan O‘zbekistonda jiydaning 
qarg‘a jiyda, sharq jiydasi, tikanakli jiyda, kumushsimon jiyda, non jiyda turlari o‘sadi. 
Jiyda qurg‘oqchilikka chidamli, yer osti suvlari yuza va sho‘r tuproqlarda ham o‘saveradi. 
Jiydadan ihota sifatida, tuproq eroziyasiga qarshi foydalanish mumkin. Uning ildizida azot elementini 
to‘plovchi tuganak bakteriyalar mavjud bo‘lganligi tufayli tuproqni oziqabop mineral bilan
ta’minlashga yordam beradi. Danagidan, ildiz bachkisidan va qalamchasidan ko‘payadi. Ko‘chati 
o‘tkazilgach, 3-5 yili hosilga kiradi. May-iyun oyida gullaydi, mevasi sentabr-oktabrda pishadi. Bir tupi 
50 kg gacha hosil beradi. Jiyda 60-80 yil yashaydi. 
Jiydaning "go‘shtli" qismida kaliy va fosforli tuzlar, vitaminlardan B
1
, B
2
, PP, E lar bor. Meva 
tarkibida 0,57–1,08 foiz tanin moddasi bor. Jiydaning mevasi yangiligida yoki quritib iste’mol qilinadi. 
Mevasidan spirt va kuchsiz alkogolli ichimliklar tayyorlanadi. Tabobatda oshqozon-ichak kasalliklarini 
davolashda ishlatiladi. Xalq tabobatida jiyda mevasi yoki uning damlamasi bolalarda uchraydigan ich 
ketishiga qarshi yaxshi davo hisoblanadi. O‘simlik mevalari servitamin bo‘lganligi tufayli ilmiy 
meditsinada kamqonlikda, teri qazg‘oqlanishida, bo‘y o‘smasligida iste’mol etish tavsiya qilinadi.
Shuningdek jiyda mevalari organizmda tuz-suv mutanosibligini saqlash uchun, odamni fikrlash 
qobiliyatini oshirish uchun ham iste’mol qilinishi lozim. Damlama nafas yo‘llari shamollaganda ham 
tavsiya qilinadi. Bunday qaynatmalar oshqozon-ichak faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Jiydadan 
qaynatma tayyorlash uchun biror og‘zi yopiladigan idishga bir yarim litr suv quyib, mevadan 50 g 
solinadi va bir oz qaynatib, bir soat mobaynida qo‘yib qo‘yiladi. 
So‘ngra dokada suziladi-da, qaynatma sharbatidan kuniga ovqatdan keyin 2-4 mahal 2 qoshiqdan 
ichiladi. Abu Ali Ibn Sino qonni tozalashda, ich ketishda, ishtaha ochishda jiydani tavsiya qilgan. Jiyda 
oziq-ovqat sanoatida ham keng ishlatiladi. Undan kisel va ta’timli sharbatlar (kompot) tayyorlash 
mumkin. 
Non jiyda mevali daraxt sifatida ekiladi, o‘rta bo‘yli daraxt. Sernam yerlarda yaxshi o‘sadi 
serhosil. Meva mazali, qizg‘ish-qo‘ng‘ir rangli. Uni qadimdan xalqimiz non sifatida xam istemol qilib 
kelishgan. O‘zbekiston o‘rmonchilik ilmiy tekshirish institutida uning 20 ga yaqin navi ta’riflangan. 
Qizil jiyda, Ra’no, Urganch, Xurmoy, Toshkent deserti, Cho‘liqandak, Kizil qandak va boshqalar.
Sharq jiydasining bargi oddiy, ensiz, kumushrang. Daraxti 8-10m, tikanli yoki tikansiz. Guli ikki 
jinsli, sariq, serasal, xushbo‘y, efir moyli. Mevasi sarg‘ish, mag‘izsiz danakli, eti 31,2-88,7%, unsimon, 
xushxo‘r, 1,3% kislota, 200 mg% C vitamini mavjud. 
Sharq jiydasining mevalari tuyilib un olinadi, uni non va boshqa oziq-ovqat mahsulotlariga qo‘shib 
iste’mol qilish mumkin. Yog‘ochidan turli xil buyumlar yasaladi, parfyumeriya sanoatida, gulidan efir 
moyi olinadi. Barglari C vitaminiga juda boy. Bahor va yoz oylarida 150-200 mg, kuz oylarida 251-330 



Download 5.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   346




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling