O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo-texnologiya instituti shahrisabz filiali «oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan foydalanish


“Oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan foydalanish


Download 5.03 Kb.
Pdf ko'rish
bet184/346
Sana08.11.2023
Hajmi5.03 Kb.
#1756627
TuriСборник
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   346
Bog'liq
TKTI-Shahrisabz-konfrensiya-2022

“Oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan foydalanish 
muammolari” ilmiy-amaliy anjumani Shahrisabz-2022 yil 22-23 aprel 
180 
omborda saqlashning pirovard natijasiga e’tibor bermay, hosilni yig‘ishtirib olishda uzoq muddat 
saqlashga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan tadbiriy choralarga rioya qilishmaydi. SHu sababdan saqlash 
vaqtida mahsulotning 20% dan ko‘prog‘i nobud bo‘ladi. Masalan, piyoz hosilini yig‘ishtirish oldidan 
sug‘orish to‘xtatilmaydi, yig‘ishtirib olingani esa saqlashdan oldin yaxshilab quritilmaydi. Buning 
oqibatida tayyorlov va savdo tashkilotlarida piyozning chirishi va ko‘klab ketib, me’yordan ortiq 
chiqitlar chiqishi natijasida katta zarar ko‘radilar. 
Foydalanilgan adabiyotlar 
1. Shaumarov X.B. Islamov S.Ya. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va birlamchi qayta 
ishlash texnologiyasi. - Toshkent, 2011 
2. 
X. CH. Bo‘riev, R. Jo‘raev, O. Alimov. Meva-sabzavotlarni saqlash va ularga dastlabki 
ishlov berish. T., —Mehnat”, 2002. 
3. 
A. Rasulov. Kartoshka, sabzavot va poliz mahsulotlarini saqlash. T., —Mehnat”, 1995.


“Oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan 
foydalanish muammolari” ilmiy-amaliy anjumani Shahrisabz-2022 yil 22-23 aprel 
181 
QISHLOQ XO’JALIGI MAXSULOTLARINI SIFATINI BAXOLASH OMILLARI 
 
Xatamova Hamidaxon Komiljonovna 
Andijon qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar instituti katta o’qituvchisi, 
No’monjonov Xojiakbar Nabijon o’g’li “Agronomiya” ta’lim yo’nalishi 2-11 gurux talabasi 
 
Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish mahsulot sifatini taʻminlashning asosiy 
yoʻnalishlaridan hisoblanadi. Metrologiya mahsulotlar sifatini ilmiy – texnik nazorat qilishning asosi 
hisoblanadi. Qaerda mahsulot holati, oʻlchamlari zamonaviy ishlash va oʻlchash vositalari orqali 
aniqlansa, oʻsha yerda yuqori sifatga erishish mumkin. Mahsulotni sertifikatlashtirish esa ularni 
standartlar talablariga javob berishini isbotlovchi ish tartiblarini belgilaydi. Bu esa ishlab 
chiqarilayotgan mahsulot sifatini taʻminlash gorovi hisoblanadi. Mahsulot sifatiga qoʻyiladigan 
talablar ham standartlar va standartlashtirishning boshqa meʻyoriy hujjatlari orqali belgilanadi. 
Standartda fan, texnika va xalqaro tajribaning ilgʻor yutuqlari shakllanadi, chunki standartlarni 
tuzishda mahsulot sifatiga qoʻyiladigan ichki va tashqi bozor, inson hayoti, mol - mulki va atrof muhit 
uchun xavfsizlik talablari belgilanadi. SHuningdek milliy standart va texnik shartlarning xalqaro
mintaqaviy va MDH davlatlararo standartlari bilan uygʻunlashtirish ham sifatni yaxshilash, uni 
taʻminlash va boshqarishda muhim ahamiyat kasb etadi. Jumladan, mahsulot uchun moʻljallangan 
standart talablariga qatʻiy rioya qilish mahsulot sifatini talab darajada taʻminlashga koʻplab imkon 
yaratib beradi.[7]. 
Mahsulot sifati ko’rsatkichlari – uni ishlab chiqarish va iste’mol qilish bilan bog’liq ma’lum 
sifat ko’rsatkichlari parametrlarining miqdoriy o’lchamini ifodalaydi. Qishloq xo’jaligida bunday 
ko’rsatkichlarga oziq-ovqat mahsulotlari bo’yicha ularning foydalilik darajasi, texnologik 
parametrlari, standartlashtirish xususiyatlari, ishonchliligi, ekologik tozaligi, to’yimliligi kabi 
ko’rsatkichlar kirsa, paxta xomashyosida uning navlari, turi, tola va chigit chiqish nisbati, tolaning 
uzunligi va pishiqligi kabi ko’rsatkichlarni misol qilib keltirish mumkin 
Oziq-ovqat mahsulotlari sifatini baholashda uning tarkibiga kiruvchi vitaminlar
mikroyelimentlar va to’yimliligi asosiy ahamiyat kasb etadi. Bulardan tashqarii mahsulotning 
iste’molchilar uchun ishonchliligi, ya’ni laboratoriya tekshiruvidan o’tganligi va iste’mol uchun 
xavfsizligi ham muhim ko’rsatkichlar hisoblanadi.[3]. 
Ma’lumki qishloq xo’jaligi mahsulotlarining bir qismi qayta ishlash sanoati uchun xomashyo 
sifatida ishlatiladi. Bunga paxta, don, meva va sabzavotlar, sut, ipak, qorako’l va boshqa bir qator 
mahsulotlarni misol qilib keltirish mumkin. Iste’molchi sifatida chiqadigan qayta ishlash korxonalari 
nuqtai nazaridan yondoshganda «xomashyo sifatida ishlatiladigan qishloq xo’jaligi korxonalarining 
sifat ko’rsatkichlari birinchi navbatda ularning texnologik parametrlari bilan o’lchanadi
1
». Bunda 
asosiy e’tibor yaratilishi lozim bo’lgan mahsulotga qo’yiladigan talablar xomashyoda mavjudligiga 
qaratiladi va uning texnologik jarayonlarga mos kelishi e’tiborga olinadi.[2]. 
Meva va sabzavot sifati - bu xususiyatlarning yig’indisi, qiymatini belgilaydigan xususiyatlar 
yoki xususiyatlar yig’indisi. 
Sifat ko’rsatkichlariga quyidagilar kiradi: 
- tashqi ko’rinishi, 
- ta’mi 
- ozuqaviy ko’rsatkichlariga, tarkibidagi C vitamini, fenolik birikmalar, antioksidant qobiliyati, 
karotinoidlar, diyetali minerallar va boshqalar kiradi. Iste’molchilar meva va sabzavotlar sifatini 
baholaydilar. Bunda tashqi ko’rinishiga e’tibor beriladi.
YAngi meva va sabzavotlarning sifati quyidagilarga bog’liq: 
- naviga 
- hosil yig’ib olish oldidan o’tkazilgan tadbirlarga; 
- iqlim sharoitlariga; 
- yig’ib-terib olish davriga: 



Download 5.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   346




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling