“Oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan
foydalanish muammolari” ilmiy-amaliy anjumani Shahrisabz-2022 yil 22-23 aprel
205
Oʻzbekistonda navlar, ekish muddatlari, qoʻllanilgan agrotexnikaga bogʻliq holda kuzda oʻsuv
davri 220-250, bahorda 95-110 kunni tashkil qiladi. Kuzgi tritikale, bugʻdoyga nisbatan 5-10 kun
kech yetiladi. “Sardor” navi: Don va dukkakli ekinlar ilmiy tadqiqot instituti Gʻallaorol ilmiy tajriba
stansiyasida Plot-40 VAR-18 (meksika) liniyasidan koʻp karrali yakka tanlash uslubida yaratilgan.
Nav biologik duvarak. Oʻsuv davri kech kuzda ekilganda 262-265 kun, erta bahorda ekilganda
105-110 kunni tashkilqiladi. Oʻsimlik boʻyi 105-110 sm, tuplanish oʻrtacha (2-3 dona), poyasi
mustahkam, yotib qolishga chidamli, bargi och yashil, keng bargli, uzun, tuksiz, poyaga yaqin
joylashgan, qurgʻoqchilikka,sovuqqa chidamli, boshogʻi silindrsimon, rangi oq sariq, boshoq uzunligi
10-14 sm, boshoqdagi doni toʻkiluvchan emas, bitta boshoqdagi don soni 58-60 ta, 1000 dona don
vazni 39,4-41,3 g, don naturasi 752 g/l, don tarkibidagi protein miqdori 17,7 %, don hosildorligi lalmi
maydonlarda gektariga 16-18 sentnerni tashkil etadi. Sariq va qoʻngʻir zang kasaliklariga chidamli.
2016-yilda Respublikamizning Qashqadaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarining lalmikor
maydonlarida ekishga tafsiya etilgan.
1.4.
Tajribalarning ko’rsatishicha tritikalening yaxshi navlarida (AD-206) oqsilning miqdori javdar
uniga nisbatan 1,22-1,77 marotaba ko’p ekan. Tritikale unining chiqishi qanchalik yuqori bo’lsa, un
tarkibida oqsillar miqdori ham shunchalik ko’p bo‘ladi. Kleykovinaning miqdori tritikale unida 26-
34 % ga sifati kuchsiz ekanligi aniqlangan. Un yuqori avtolitik faollikka ega. Tritikale unining yuqori
avtolitik faolligini, kleykovinasining kuchsizligi, bu undan va uning bug’doy uni bilan
aralashmasidan xamir tayyorlashda hisobga olinishi kerak.
3
Tritikale donini saqlash usullarini samarador usullarini tadbiq etish dolzarb masala hisoblanadi.
Qashqadaryo viloyati sharoitida yetishtirilgan tritikale doniga dastlabki ishlov berish va saqlash
usullarini tadqiq qilish va о’rganilishi ilmiy yangilikdir.
O’zbekiston sharoitida tritikale donni yetishtirish va uni qayta ishlash bilan yem, un, piva,
tayorlashda asosiy mahsulot sifatida ishlatish mumkun.
Do'stlaringiz bilan baham: |