O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo-texnologiya instituti shahrisabz filiali «oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan foydalanish
Download 5.03 Kb. Pdf ko'rish
|
TKTI-Shahrisabz-konfrensiya-2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- KASALLIGINI OLDINI OLISHDAGI ROLI. Samarqand Davlat Tibbiyot Instituti, ass. Mamurova Nigora Normuratovna
Фойдаланилган адабиётлар
1. Х.Атабаева, З.Умаров, Х.Буриев ва бош.-Ўсимликшунослик-Т.Мехнат, 2000 2. 100 китоб тўплами. Соя ва махсар етиштириш. Нашриёт уйи “Тасвир” Тошкент – 2021 3. Сулаймонов Б.А., Атабаева Х.Н. ва бошқалар. “Соя экинини етиштиришни биласизми” ТошДАУ таҳририят нашриёт бўлими, Тошкент-2017. “Oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan foydalanish muammolari” ilmiy-amaliy anjumani Shahrisabz-2022 yil 22-23 aprel 242 RATSIONAL OVQATLANISHGA BO’LGAN TALABLAR VA UNING SHIGELLYOZ KASALLIGINI OLDINI OLISHDAGI ROLI. Samarqand Davlat Tibbiyot Instituti, ass. Mamurova Nigora Normuratovna, bakalavr. Maydonov Bahodir Botir o’g’li. Tibbiy profilaktika 502 gr. Аholining turli yosh qatlamlari ovqatlanish holatini ilmiy nuqtai nazardan tashkillashtirish mamlakatimizning asosiy vazifalaridan biri hisoblanib, aholining maʼnaviy va maishiy ehtiyoji maksimal darajada qondirishga yoʼnaltirilgan. Аqliy mehnat va sport bilan shuoʼullanuvchi aholi guruhlarining fiziologik talablarini toʼla qondiradigan ratsion boʼyicha ovqatlanishi shart, bu esa ularning salomatligini mustahkamlash garovi hisoblanadi. Organizmning funktsional holatini belgilashda uning asab, oshqozon-ichak, yurak-qon tomir tizimlari va turli aʼzolar ishiga eʼtibor berish ulardan toʼgʼri ovqatlanmaslik oqibatida kelib chiqadigan belgilarni topishga harakat qiladi. Oddiy ovqatlanishda organizmning strukturasi va funktsiyasi buzilmaydi, uning adaptatsiya qilish rezervi ham yuqori boʼladi. Ovqatlanish ratsioni optimal, yaʼni oʼta muqobil tuzilgan boʼlsa, organizmga tashqaridan boʼladigan har qan- day taʼsirlar hamkor qilmaydi. Аholining turli qatlamlarining yoki individul tartibda ovqatlanishini antropometrik va funktsional tekshirishlar asosida oʼrganish mustaqil ish tartibida olib boriladi. Talabalar amaliy mashgʼulotlar davomida, asosan, katta yoshdagi aholining ovqatlanish tartibini oʼrganadi. Soʼnggi yillarda koʼpgina rivojlangan mamlakatlarda nomutano- sib ovqatlanish natijasida kelib chiqadigan noinfektsion kasallik- lar bilan kasallanayotgan kishilar soni ortib bormoqda. Ortiqcha tana vazni va semirish bilan booʼliq quyidagi patologik holatlar koʼplab uchramoqda: ateroskleroz, gipertoniya, glyukozaga boʼlgan tolerantlikning pasayishi, modda almashinuvi jarayonlarining buzilishi, ik- kilamchi immuntanqislik. Yuqoridagi holatlarning rivojlanishida nafaqat ovqatlanish omili, balki boshqa bir qator omillar, xususan, asosiy oziq-ovqatlar tarkibida koʼplab sunʼiy kimyoviy vositalar- ning mavjudligi, hayot tarzi, yaʼni jismoniy faollikning kamay- ishi va stress holatlarning tobora koʼpayib borayotgani yuqoridagi kasalliklarning rivojlanishiga turtki boʼlmoqda. Yana yuqoridagi holatlarning rivojlanishiga asosiy taʼsir etayotgan sabablardan biri – sanoatning rivojlanayotganligi, shaharlashuv, oziq-ovqat va xizmat koʼrsatish sektoridagi ommalashuv, nafaqat oziq-ovqat sanoatining takomillashib borishi, balki ovqat vositalarini tanlash stereotipining oʼzgarib borayotganligidir. Butun Jahon Sooʼliqni Saqlash Tashkiloti (BJSST) 2010 yilda aholi oʼrtasidagi oʼlim koʼrsatkichlari oshishida ovqatlanish bilan booʼliq boʼlgan quyidagi koʼrsatkichlarni keltirgan: 60 % dan ortiq oʼlim koʼrsatkichlari ovqatlanishning baholab boʼlmaydigan holatlardagi buzilishi bi- lan booʼliqdir: yurak-qon tomir tizimi kasalliklari (ateroskleroz, infarkt, insulьt). Onkologik kasalliklarning 75–80 foizi zararli ekologik omillar, ichimlik suvi va oziq-ovqat mahsulotlari bilan booʼliq; osteoporoz 50 yoshdan oshgan odamlarda koʼp uchraydi. II turdagi qandli diabet (kun sayin ortib borishi bilan birgalikda yosharib bormoqda); mikroelementlar va vitaminlarning yetishmasligi (er kurrasida 5 milliard aholi ushbu xastalikka chalingan); agar qachondir tibbiyot oʼlim darajasiga olib keluvchi birinchi va ikkinchi oʼrinda yurak-qon tomir va oʼsma kasalliklarini davolashga erishsa, bu faqat ovqatlanish muammosini hal etish orqali amalga oshiriladi. BJSST taxmin qilishicha, Shimoliy Аmerika va Yevropaning oʼzida 0,5 mln aholi yil davomida semirish bilan booʼliq kasalliklardan vafot etadi. BJSST mutaxassislarining taxmin qilishlaricha, 2025 yilga kelib, semirish hozirgiga nisbatan 2 barobar ortishi kutilmoqda. Shigellyozlar (ichburug‘) – shigella avlodiga mansub bakteriyalar chaqiradigan, odamlarda uchraydigan yuqumli kasallik bo‘lib, yo‘g‘on ichakning oxirgi qismlarining zararlanishi, umumiy intoksikatsiya belgilari va ich ketishi alomatlari bilan xarakterlanadi. Barcha shigella bakteriyalarining tarkibida, zaharli ta’sir ko‘rsatuvchi glyusido-lipid-protein moddasi mavjud bo‘lib, buni endotoksin deb ataladi. Shigellalarning faqat bitta turi – Sh.dysenterie 1 da(Grigorev-Shig shigellasi) ekzotoksin mavjud, shuning uchun shigellaning bu turi klinik jihatdan og‘ir kechadigan kasallikni chaqiradi. Bu turdagi shigella O‘zbekistonda deyarli uchramaydi. Shigella ekzotoksining tarkibida epitelial hujayralarni jarohatlaydigan sitotoksin, ichak epiteliyalarining suyuqlik ajratishini kuchaytiradigan enterotoksin, ba’zi shigellalar neyrotoksin ishlab chiqarishi mumkin. Endotoksin organizmga zaharli ta’sir ko‘rsatadi. Kasallikning asosiy yuqish mexanizmi fekal-oral mexanizmi hisoblanadi. Shigellezlar |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling