O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo-texnologiya instituti shahrisabz filiali «oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan foydalanish


Download 5.03 Kb.
Pdf ko'rish
bet259/346
Sana08.11.2023
Hajmi5.03 Kb.
#1756627
TuriСборник
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   346
Bog'liq
TKTI-Shahrisabz-konfrensiya-2022

Foydalanilgan adabiyotlar: 
1.Ponomarev A.H.,Merzlikina A.A., Pladneva A.A., Lukin A.L.Antioksidantlardan foydalanish 
istiqbollari// Sut sanoati. 2008. N 6.C.27-30. 
2.Drarin T., Sog’lom ovqatlanish texnologiyalari// Oziq-ovqat sanoati.2005.N 5. C. 11-15. 
3.Ovcharova P.P., Abrech M.O.,Neporojnaya E.IO. Krasnodar qishloq xo’jalik mahsulotlarini 
saqlash va qayta ishlash ilmiy-tadqiqot institute// Oziq-ovqat sanoati.2008.N 2.C.14-15. 
4.https://cyberlininka.ru/article/n/produkty-funktsionalnogo-naznacheniya-i-ih-tol-v-pitanii-
cheloveka. 
5. Baturin A.K., Mendelson P.I.Oziqlanish va salomatlik:XXI asr muammolari//Oziq –ovqat 
sanoati.2008.N 5. C. 10-11. 


“Oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan foydalanish 
muammolari” ilmiy-amaliy anjumani Shahrisabz-2022 yil 22-23 aprel 
250 
ISMALOQNING OZIQ OVQAT SIFATIDA QO’LLANILISHI 
Bak:Ulashova Munisa bak:Qurbonnazarova Durdona, katta o’qituvchi:Xolmurodov Bahodir 
TKTI SHahrisabz filiali 
 
ISMALOQ- shimoliy hududlarda issiqxona majmualarida etishtirish uchun mos bo'lgan eng tez 
o'sadigan ekinlardan biridir. To'g'ri ekish bilan hosildorlik nav va GMOga qarab m² uchun 2 dan 6 kg 
gacha etadi. O'sish davri - namlik va haroratga qarab 20 dan 40 kungacha. Sanoat hosildorligi 250-300 
kg/ga[1]. Yangi (qaynatilmagan) ismaloq ayniqsa antioksidantlarga boy. Bu foliy kislotasining asosiy 
oziq-ovqat manbalaridan biri, B9 vitamini birinchi marta ismaloq barglaridan olimlar tomonidan 
ajratilgan [2]. 
Ismaloq — anemiyani davolaydi va immunitetni yaxshilaydi 
Ismaloqda katta miqdorda mineral tuzlar (birinchi navbatda temir birikmalari), shuningdek, 
ko`pgina vitaminlar (A, B, P, C, PP, D) va turli mikroelementlar, oqsil, yod bor. Ayniqsa. anemiyaga 
chalinganlarga bu ko`kat juda foydali. 
Qish bo`yi vitamin tanqisligidan qiynalgan organizm ismaloq orqali kerakli moddalarni oladi. 
Ismaloqning foydalari: 
— immunitetni yaxshilaydi; 
— tomirlarni mustahkamlaydi
— oshqozon osti bezi faoliyatiga yordam beradi; 
— gipertoniyaning oldini olishga xizmat qiladi; 
— engil surgi ta`siri ko`rsatadi; 
— hujayralarning qarishini sekinlashtiradi. 
Bundan tashqari, asab faoliyati buzilgan va qattiq toliqqan kishilarga ham ismaloqning foydasi 
katta. 
Ich yaxshi yurishmagan va qorin dam bo`lgan mahallarda 10 gramm ismaloq bargini bir stakan 
suvda qaynatib, ichilsa, ichaklar ishi ancha ravonlashib, qorin damligi kamayadi. 
Milklar yallig`lanishida og`izni, bodomsimon bez og`riganda tomoqni ismaloqning yangi olingan 
suvi bilan chayqash foyda beradi. 
Ismaloq bargining qaynatmasi asab tizimi faoliyati buzilganda tinchlantiruvchi vosita sifatida ichib 
turiladi. Qaynatma tayyorlash uchun 1 osh qoshiq to`g`ralgan ismaloq 200 gramm suvda 10 daqiqa 
qaynatiladi va 1 soat tindirib qo`yiladi. Suzib olib, kuniga 3 mahal yarim piyoladan ichib turiladi. 
Ismaloqni bolalarga ko`p bermagan ma`qul. Chunki uning tarkibida shovul kislota ko`p bo`lib, 
buyrak, jigar, o`n ikki barmoq ichak va o`t pufagi faoliyatini salbiy ta`sir ko`rsatadi. Mazkur a`zolari 
kasallangan bemorlar ham uni iste`mol qilishdan tiyilishlari lozim. 
Ismaloqning qari barglariga, ayniqsa, shovul kislotasi ko`p bo`ladi, shuning uchun yangi barglarini 
ishlatish kerak. Qolaversa, uni ko`p saqlab bo`lmaydi, aks holda tarkibida organizm uchun zararli tuzlar 
ko`payib ketadi. 
Ismaloqdan tayyorlangan damlama shamollashni yaxshi davolaydi. Shu bois ham uni laringit, 
angina, faringit, bronxlar va o‘pka yallig‘lanishiga chalingan bemorlar iste’mol qilishi foydali. Mazkur 
damlamada og‘iz chayish orqali turli stomatologik xastaliklarni tuzatish mumkin. 
Ovqatga ishlatilgan ismaloq barglari bosh og‘rig‘ini qoldiradi. 
Ismaloq tarkibida antioksidantlar majmuasi mujassam. Shu bois ham yoshlikni saqlab qolib
saraton paydo bo‘lishining oldini oladi. 
Shveysariyalik olimlar ismaloqni muntazam iste’mol qilish qandli diabetga chalingan 
bemorlardagi insulinga qaramlikni kamaytirishini aniqladi. 
Diyetologlar esa turli noqulay va radiatsion muhitda ishlaydigan odamlarga shu ko‘katni tavsiya 
qilishadi. Chunki uning tarkibida organizmdagi radionuklidlarni me’yoriga tushiruvchi modda mavjud. 
Mastopatiyadan aziyat chekuvchi ayollar har kuni ma’lum miqdorda ismaloq yeyishi lozim. 
Yangi siqib chiqarilgan ismaloq sharbati umumiy organizmni tiklovchi vosita sifatida 
operatsiyadan chiqqan, og‘ir kasallikni o‘tkazgan bemorlarga tavsiya etiladi. 
Ismaloq barglari homilador ayolning o‘ziga ham, farzandiga ham koni foyda. 



Download 5.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   346




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling