O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo-texnologiya instituti shahrisabz filiali «oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan foydalanish


Download 5.03 Kb.
Pdf ko'rish
bet267/346
Sana08.11.2023
Hajmi5.03 Kb.
#1756627
TuriСборник
1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   346
Bog'liq
TKTI-Shahrisabz-konfrensiya-2022

Obyektlar va usullar: Tadqiqotlar uzumni qayta ishlash natijasida chiqadigan chiqindi ustida 
olib borildi.
Uzum xom ashyo sifatida har xil mahsulotlar ishlab chiqarish uchun keng qо‘llaniladi. Bularga 
uzum sharbati, uzum shinnisi (vakuum susla) sharob, konyak va mayiz kiradi. 
Uzum boshlarini mexanik tarkibi sharob ishlab chiqarishda katta ahamiyatga ega. Sharbat va 
sharob sifatiga uzum boshining qattiq qismlari (mevapoyalari, pо‘sti, urug‘i) katta ta’sir kо‘rsatadi.
Xo‘raki uzumini qismlarga ajratish 
1-rasm 
(1-rasm). Xo‘raki uzumini qismlarga ajratilganda g’ujumdan uzum urug’i 6 %, meva poyasi 4 
%, meva eti 84,50 %, meva po‘sti 3,0 %, tagas 2,50 % ni tashkil etdi. Bu chiqindilar biologik qiymatga 
ega bо‘lgan hamda makro va mikroelementlarga boy bо‘lib, ularni nafaqat inson ozuqasida xom ashyo 
sifatida foydalanish mumkin, balki oziq-ovqat mahsulotlarini yangi turlarini ishlab chiqarish imkoniyati 
mavjud bо‘ladi. Misol uchun birgina uzumni urug‘i moyliligi 9-24,5 % gacha bо‘lib, shifobaxsh uzum 
moyi ishlab chiqarilganda inson salomatligi uchun qо‘yidagi natijalarga erishish mumkin [3]. 
Sharq tabobati asoschilaridan biri buyuk bobokalonimiz Abu Ali ibn Sino ta’limotiga kо‘ra, 
uzum urug‘ining yog‘ida inson organizmi uchun nihoyatda foydali bо‘lgan tabiatning asl xazinasi 
jamlangan. Yuqori sifatli ozuqa moddasi, davolash-profilaktika va kosmetika vositasi ekanligiga asosiy 
sabab – uning tarkibida vitaminlar (E, A, B
1
, B
2
, B
3
, B
6
, B
9
, B
12
, C) makro-mikro elementlar (kaliy, 
kalsiy, natriy, temir va b.), yog‘ kislotalari, flavonoidlar, fitosterol, parchalovchi moddalar, fitonsidlar, 
xlorofill va enzimlarning kо‘pligi. 
Uzum danagining yog‘i melanin kislotasi va Omega-6 (70% gacha)ga boy. Shuning uchun bu 
mahsulot terini namlantiradi, qarish jarayonini sekinlashtiradi. 

Download 5.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   346




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling