O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo-texnologiya instituti shahrisabz filiali «oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan foydalanish


“Oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan foydalanish


Download 5.03 Kb.
Pdf ko'rish
bet263/346
Sana08.11.2023
Hajmi5.03 Kb.
#1756627
TuriСборник
1   ...   259   260   261   262   263   264   265   266   ...   346
Bog'liq
TKTI-Shahrisabz-konfrensiya-2022

“Oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan foydalanish 
muammolari” ilmiy-amaliy anjumani Shahrisabz-2022 yil 22-23 aprel 
254 
TARVUZ SHINNISINI ISHLAB CHIQARISH TADQIQI 
Katta o‘qituvchi J.B. Farmonov, talaba Raxmonova O.
 
Toshkent kimyo texnologiya instituti Yangiyer filiali 
 
Respublikamiz tarvuz yetishtirish bо‘yicha Xitoy (8,1 mln t) Turkiya (4,4 mln t) Eron (3,9 mln 
t) dan keyingi 4-о‘rinni egallab yiliga 2,3 mln tonna tarvuz yetishtiradi. Yetishtirilgan tarvuzning 40 % 
qismi iste’molchilarga yetkazilmasdan dala ekin maydonlarida qolib isrof bо‘lib qolmoqda. О‘zbekiston 
о‘zining shirin ta’mli va ajoyib shifobaxsh xususiyatlarga ega poliz mahsulotlari bilan dunyoga dong 
taratgan. 
Tarvuz о‘zida L-sitrullin – aminokislotasi kо‘p bо‘lib, bu bо‘g‘imlar orasidagi og‘riqni 
tо‘xtatadi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, tarvuzning mazali mevasida A va V
6
vitaminlarining 
mavjudligi birinchidan kо‘zning turli infeksiyalardan himoya qilib, tiniq kо‘rishini ta’minlasa, 
ikkinchidan xotirani mustahkamlab, fikrlash tezligini oshiradi. 
Inson organizmi ultrabinafsha nurlariga qarshi kurash olib borishiga bir nechta mahsulotlarni 
о‘rni beqiyosligi ilmiy jihatdan isbotlangan. Tarvuz ham aynan shu mahsulotlar qatoriga kiradi. Unda 
likopin moddasining mavjudligi turli nurlanishga qarshi kurashishda yordam beradi [1]. 
Tarvuzning etida glyukoza, fruktoza va saxaroza kо‘rinishida tо‘planadigan 12 foizgacha yengil 
о‘zlashtiriladigan qandlar mavjud. Shuningdek, unda C, B
1
, B
2
, A, foliy kislotasi, pektin moddalari
karotinoidlar, kaliy tuzlari, temir, magniy va kalsiy moddalari, aminokislotalar ham bor. 
Ma’lumki, tarvuzda glyukoza 2,4%, fruktoza - 4,3%, saxaroza - 2,0%, gemitsellyuloza - 0,1%, 
tola - 0,5%, kraxmal - 0,1% va pektin - 0,5%. 100 g tarvuzda ß-karotin 0,1 mg, vitamin C - 7,0 mg, 
vitamin B6 - 0,09 mg, niatsin - 0,24 mg, riboflavin - 0,03 mg, tiamin - 0,04 mg, folatsin - 8 mkg mavjud. 
Tarvuzning ozgina kislotaliligi bor: organik kislotalarning (molik, limon, oksalat) miqdori 1,2 g / dm3 
ni tashkil qiladi [1]. Tarvuz tarkibidagi makroelementlarning massa ulushi: Na - 16 mg%, K - 110 mg%, 
Ca - 14 mg%, Mg - 12 mg%, P - 7 mg% [2,3]. 
Tarvuz tarkibida inson organizmi uchun foydali 
moddalar kо‘pligini va yetishtirilgan kо‘p miqdorda tarvuz iste’molchilarga yetmasdan nobud bо‘lishini 
inobatga olib uni qayta ishlash dolzarb hisoblanadi.

Download 5.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   259   260   261   262   263   264   265   266   ...   346




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling