O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo-texnologiya instituti shahrisabz filiali «oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan foydalanish
“Oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan foydalanish
Download 5.03 Kb. Pdf ko'rish
|
TKTI-Shahrisabz-konfrensiya-2022
“Oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan foydalanish
muammolari” ilmiy-amaliy anjumani Shahrisabz-2022 yil 22-23 aprel 68 Begona o‘tlar urug‘lari yig‘im-terim davrida asosiy o‘simlik donlariga qo‘shilib ketadi va don massasini ifloslantirib yuboradi, don massasining sifati pasayadi. Shuning uchun donlar saqlashga joylashtirilishidan oldin yaxshilab tozalanishi lozim. Donning sifati va saqlanuvchanligi ko‘p jihatdan yig‘im-terim jarayonlariga bog‘liqdir. Mazkur jarayonlar qanchaliik sifatli tashkillashtirilsa hosil sifati va miqdori shuncha yuqori bo‘ladi. Respublikamizda don ekinlarini yig‘ishtirib olish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri yig‘ib olish usulida amalga oshiriladi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri yig‘ib olish usuli terim muddatini mumkin qadar qisqartirish lozim, bu esa yuqori mo‘l hosil olishga erishish hisoblanadi. Terim muddati qanchalik cho‘zilib ketsa, donlar to‘kila boshlaydi va nobudgarchilikni keltirib chiqaradi. Donli ekinlari asosan mexanizatsiya yordamida yig‘ishtirib olinadi. Mexanizatsiya turi, ishlash prinsiplari va rusumlari donning sifati va xususiyatlariga katta ta’sir ko‘rsatadi. Donni iloji boricha mexanik shikast yetkazmay, begona aralashmalarsiz yig‘ib olish lozim hozirgi kunda mamalakatimizda donni sifatli yig‘ishtirib olish uchun zamonaviy ilg‘or texnologiyalar joriy qilingan. Jumladan, Amerikaning ”Keys” kompaniyasining zamonaviy, yuqori samaradorlikka ega bo‘lgan kombaynlaridan mexanizatsiya ishlarida keng ko‘lamda foydalanilmoqda. Don mahsulotlarini qayta ishlash korxonalariga topshirishdan oldin don dastlabki saqlash uchun tuman don qabul qilish punktlarida ochiq xolatda xirmonlarga joylashtiriladi. Bu bosqich don partiyasiga bog‘liq holda bir necha soat va sutkadan bir oygacha va undan ortiq bo‘lishi mumkin. Donni dastlabki saqlashda zararkunandalar bilan zararlanishi, namlanib qolishi va mikroorganizmlar rivojlanishidan juda ham ehtiyot qilish lozim. Donning zararlanishiga ko‘pincha uni xirmonlarda, dala sharoitlarida, o‘tgan yilgi qoldiqlardan yaxshi tozalanmagan omborxonalarda saqlash sabab bo‘ladi. Don massasi sifatining pasayishi uni tashish jarayonida ham kuzatilishi mumkin. Don massasining sifati va saqlanuvchanligi ko‘p jihatdan yig‘ib olingan zahoti joylashtirilgan joyning sharoitiga bog‘liq. Don yig‘ib olingan zahoti darhol belgilangan manzilga yetkazilishi lozim. Donning mexanizatsiya vositalari bunkerlarida qolib ketishi uning sifatini pasayishiga olib keladi. Don ishlab chiqarish korxonalariga turli xolat va sifat ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan xolda keltiriladi. Keltirilgan don massasiga mas’uliyatli munosabatda bo‘lish talab etiladi. Qabul qilingan don to‘g‘ri analiz qilinishi va sifati bo‘yicha aniq ajratilishi lozim. Bundan tashqari ularga xujjatlarni rasmiylashtirish, saqlashda to‘g‘ri rejimlarni qo‘llash va zamonaviy ishlov berish tizimlarini joriy qilish lozim. Tajribalarimizga asoslanib olib borilgan tajribalarimiz natijalariga asoslangan xolda urug‘lik donlarni yig‘ishtirib olish, 1-2 xafta oldin boshlanadi ular 3 oy mobaynida quritilib, tozalab, saralab, dorilab, quritilib qadoqlanib yopiq omborlarda yoki nishabli xavo yaxshi aylanadigan, chiqindilardan tozalangan omborlarda paddonlarda 1 tonnadan shaxmat usulida saqlab, so‘ng oktabr oyining 2 va 3 o‘n kunligida ekish uchun tarqatiladi. Daladan to qabul qilish korxonalariga olib kelgunga qadar 10-12% yo‘qotuvlar sodir bo‘ladi. Zararli xasva kemiruvchisini ta’siri 2 % ni va undan ko‘proq ko‘rsatkichni ham tashkil etadi. Tovar uchun yig‘ishtirilgan donlar tinim davrini va yetilish davrini o‘tash uchun, ochiq sharoitda iyun, iyul, avgust, sentabr oylarida quyoshli betonli maydonlarda saqlab turiladi. Bu vaqtda 4 oy mobaynida tashqi muxit ta’siridan qushlar, xavodagi chang va iflos gardlar donning ustki qismiga joylashib ulguradi. Olingan natijalarni taxlil qiladigan bo‘lsak faqat don bilan oziqlanadigan kalamush yil davomida 22-25 kg, 1 dona qush bir kunda 8-12 g, 1 yilda 4 kg 320 gr donni yeb qo‘yadi. Chumchuqlar kaptarlar va boshqa qushlar ombor yoki don uyumlariga ochiq maydondagi va xirmondagi donlarga ko‘plab qiron keltiradi. Bundan tashqari ular don uyumlarini o‘z axlatlari, patlari bilan ifloslantirib yuboradi. Donning sifati zararkunanda va kasalliklar ta’sirida ham o‘zgaradi. Ayniqsa zararkunandalar donning nonvoylik sifatini keskin tushiradi. Viloyatimizda joylashgan donni qayta ishlash korxonalarining 3 tasida zamonaviy don omborlari mavjud, ammo ko‘plari bir qavatli uy shaklidagi yopiq omborlar bo‘lsa, ayrimlarida ochiq shaklldagi nishabli ayvonlarda don zaxiralari saqlanib kelinadi. Ochiq nishabli ayvonlarda yilning fasllari o‘zgarishi oqibatida ham yo‘qotishlar sodir bo‘ladi. Don va don maxsulotlarini saqlash boshqa ko‘pgina tovarlar singari mamlakatda murakkab tadbir xisoblanadi. Don maxsulotlarini saqlashni tashkil etish katta miqdorda moddiy-texnik baza xamda malakali mutaxassislarni talab etadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling