O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo-texnologiya instituti shahrisabz filiali «oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan foydalanish


Download 5.03 Kb.
Pdf ko'rish
bet72/346
Sana08.11.2023
Hajmi5.03 Kb.
#1756627
TuriСборник
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   346
Bog'liq
TKTI-Shahrisabz-konfrensiya-2022

Фойдаланилган адабиётлар 
1.Орипов Р,Сулаймонов, Умрзоқов Э, ―Қишлоқ хўжалиги махсулотларини сақлаш ва 
қайта ишлаш технологияси. Тошкент ―Меҳнат 1991 йил. 
2.Қодиров Й.Қ. ―Ёғларни қайта ишлаш теҳнологиясидан лабаратория машғулотлари. 
Тошкент , 2005 йил36-39б. 
3.Қодиров С. Қ, Худойбердиев Т. С. ―Пахтачилик ,пахта хом ашѐсини тайѐрлаш, сақлаш 
ва дастлабки қайта ишлаш.Андижон, ―Ҳаѐт 2003 йил
4.Ҳалимова Ў. Х. ―Ўсимлик ѐғлари ишлаб чиқариш теҳнологияси.Тошкент.: ―Ўқитувчи, 
1982 йил23-27б. 


“Oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan foydalanish 
muammolari” ilmiy-amaliy anjumani Shahrisabz-2022 yil 22-23 aprel 
67 
DONNI YETISHTIRISH, YIG‘IB OLISH, QABUL QILISH VA SAQLASH DAVRIDA 
YO‘QOTISHLARNING OLDINI OLISHGA TA’SIR QILADIGAN OMILLAR. 
 
Xolmurodova Z.D. magistr Yangiboeva D. 
Qarshi muxandislik-iqtisodiyot instituti 
 
Annotatsiya 
Donni sifatli yetishtirish, yig‘ib olish va uni saqlash sharoitini to‘g‘ri tashkil qilish, don xosilini 
nobudgarchiksiz bartaraf etish qayta ishlash korxonalarining iqtisodiyotini oshirishga zamin yaratadi. 
Annatatsion 
Proper organization of conditions for high-quality cultivation, harvesting and storage of grain, the 
elimination of grain losses will create the basis for increasing the economy of processing enterprises. 
Аннататция 
Правильная организация условий для качественной обработки, уборки и хранения зерна, 
исключение потерь зерна создаст основу для увеличения экономики перерабатывающих 
предприятий. 
O‘simlikning o‘sishi va rivojlanishi sharoitlari, donning shakllanishi, hosil sifatiga va miqdoriga 
katta ta’sir ko‘rsatadi. Shuni nazarda tutish lozimki, turli iqlim va tuproqlarga ekilgan bir navli urug‘ 
turlicha rivojlanib, turli hosil berishi ularning kimyoviy tarkibi, tuzilishi, to‘liqligi yirikligi va boshqa 
texnologik sifat ko‘rsatkichlari har xil bo‘ladi. Don sifatiga o‘g‘itlash ham katta ta’sir ko‘rsatadi.
Ekiladigan urug‘ sifati, o‘simlikning unib chiqishi, o‘sishi, rivojlanishi, kasallik, zararkunanda va 
noqulay ob-havo sharoitlariga chidamliligi va hokazolarga ta’sir etadi. 
Respublikamiz olimlari R.Oripov, N.Xalilov, T.Xodjaqulov, X.Atabaeva, B.Xoliqov, R.Siddiqov, 
S.Negmatovalar olib borgan ilmiy ishlarida ham o‘zining yaqqol isbotini topgan.
Don massasining sifati va xususiyatlariga donning navi, shuningdek ekiladigan urug‘ sifati ham 
qiluvchi ob’ekt hisoblanadi. Don massasining g‘ovakligi ayrim hollarda sochiluvchanligi navga bog‘liq 
holda o‘zgarib turadi. 
Bir o‘simlikning turli navga xos bo‘lgan donlari saqlash jarayonida turli fiziologik faollikni 
namoyon etishi, shuningdek turli nafas olish jadalligiga ega bo‘lishi mumkin. 
Viloyatimizda xududida joylashgan don va dukkakli ekinlar seleksiyasi va urug‘chiligi ilmiy 
tadqiqot institutining ko‘pgina olimlari tomonidan tuproq iqlim, garemsel va qurg‘oqchilikka chidamli 
bo‘lgan o‘ndan oshiq navlar yaratildi. Shu yaratilgan navlar barcha fermer xo‘jalik dalalarida ekilinib 
ulardan mo‘l xosil olishga erishilmoqda. Fermer dalalarida ekish uchun normalar gektariga belgilangan 
ular mln.dona yoki kg hisobida amalga oshiriladi. Urug‘lik donlarni nazorat qilish uchun standartlar 
asosida navning tozaligi, unuvchanligi, namligi, dorilash, quritish va qoplash jarayonlari amalga 
oshirilib fermer dalalarining gektari hisobiga taqsimlab, urug‘ tarqatish shahobchalari orqali yetkazib 
beriladi. Sara urug‘ mo‘l hosil garovi hisoblanadi.
Ma’lumki har bir don yoki urug‘ navi qishloq xo‘jaligida e’tibor qilinadigan xususiyatlaridan 
tashqari hosildorlik, vegetatsiya davri, kasallik va zararkunandalarga chidamliligi, turli iste’mol 
ko‘rsatkichlariga ega bo‘ladi.
Mavsumiy iqlim sharoitlari ham don sifatiga ta’sir qilmasdan qolmaydi. Masalan yig‘im-terim 
oldidan va terim vaqtida yog‘ingarchilik ko‘p bo‘lsa, donning namligi ortib ketadi va saqlanuvchanlik 
ko‘rsatkichlari keskin tushib ketadi. Aksincha qurg‘oqchilik bo‘lsa don haddan tashqari qurib ketadi, 
yoki namlik yetishmasligidan donlar to‘liq yetilmay qoladi. 
Shuningdek don sifati va hosildorligiga begona o‘tlar ham katta ta’sir ko‘rsatadi. Begona o‘t bilan
ifloslangan dalalarda don ekinlari yaxshi o‘sib rivojlanmaydi. Ayniqsa g‘allaga berilgan mineral 
o‘g‘itlarni ko‘p qismini begona o‘tlar o‘zlashtirib olishga erishadi. 
Z.Ibragimov va S.Sullievalarning begona o‘tlarga qarshi olib borgan ilmiy tadqiqot ishlarida 
tajribalaridan shunga amin bo‘ldikki begona o‘tlarni o‘z vaqtida bug‘doy dalasini o‘zida gerbitsidlarni 
qo‘llab yo‘qotish yaxshi samara berganligi takidlangan. Begona o‘t urug‘lari hosildorlikni keskin 
pasaytiradi va donning sifatini buzadi.



Download 5.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   346




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling