O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo-texnologiya instituti shahrisabz filiali «oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan foydalanish


“Oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan foydalanish


Download 5.03 Kb.
Pdf ko'rish
bet80/346
Sana08.11.2023
Hajmi5.03 Kb.
#1756627
TuriСборник
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   346
Bog'liq
TKTI-Shahrisabz-konfrensiya-2022

“Oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan foydalanish 
muammolari” ilmiy-amaliy anjumani Shahrisabz-2022 yil 22-23 aprel 
74 
QABUL QILINGAN DONNING TEXNOLOGIK XUSUSIYATLARI TARKIBIY 
QISMLARIGA TA’SIR QILADIGAN OMILLAR 
Eshkobilova Moxira Shermatovna Qarshi muhandislik – iqtisodiyot instituti 
Rо‘ziyeva E’zoza G‘ulom qizi Qarshi muhandislik – iqtisodiyot instituti 4- bosqich talabasi 
 
Annotatsiya: Donning kimyoviy tarkibi, tuzilishi, tо‘liqligi yirikligi va boshqa texnologik sifat 
kо‘rsatkichlari har xil bо‘ladi. Don sifatiga о‘g‘itlash ham katta ta’sir kо‘rsatadi. О‘simlikning о‘sishi 
va rivojlanishi sharoitlari, shuningdek donning shakllanishi, hosil sifatiga va miqdorini keskin 
о‘zgartirish uchun va biologik faol moddalarni tо‘plashga katta ta’sir etadi.  
Hayotda oddiy bir yangilikdan tortib, olam-shumul g‘oyalarning paydo bо‘lishini amalga oshirishi 
yengil kechmaydi. Turli iqlim va tuproqlarga ekilgan bir navli urug‘ turlicha rivojlanib, turli hosil berishi 
dala tajribalarimizdan olingan natijalardan kо‘rishimiz mumkin. Shu ma’noda, birinchi Prezidentimiz 
Islom Karimovning shaxsan tashabbusi bilan О‘zbekistonning g‘alla mustaqilligiga erishish siyosati 
ham osonlikcha amalga oshgani yо‘q. Zotan, bunday keng qamrovli say-harakatlarni muvaffaqiyatli 
tarzda poyoniga yetkazish oddiy dehqondan tortib, mutaxassislar, rahbarlardan ham juda katta 
ma’suliyat talab etadi. 
Bir о‘simlikning turli navga xos bо‘lgan donlari saqlash jarayonida turli fiziologik faollikni 
namoyon etishi, shuningdek turli nafas olish jadalligiga ega bо‘lishi mumkin. Ekiladigan urug‘ sifati, 
о‘simlikning unib chiqishi, о‘sishi, rivojlanishi, kasallik,zararkunanda va noqulay ob-havo sharoitlariga 
chidamliligi va hokazolarga ta’sir etadi. [1,2,3]. 
Mavsumiy iqlim sharoitlari ham don sifatiga ta’sir etmasdan qolmaydi. Masalan yig‘im-terim 
oldidan va terim vaqtida yog‘ingarchilik kо‘p bо‘lsa, donning namligi ortib ketadi va saqlanuvchanlik 
kо‘rsatkichlari keskin tushib ketadi. Aksincha qurg‘oqchilik bо‘lsa don haddan tashqari qurib ketadi, 
yoki namlik yetishmasligidan donlar tо‘liq yetilmay qoladi. Donning sifati zararkunanda va kasalliklar 
ta’sirida ham о‘zgaradi. Ayniqsa zararkunandalar donning nonvoylik sifatini keskin tushiradi. Kasallik 
va zararkunandalar ham sifatini va miqdorini pasaytirib yuboradi. Shuningdek don sifati va hosildorlikka 
begona о‘tlar ham katta ta’sir kо‘rsatadi. Begona о‘t bilan ifloslangan dalalarda don ekinlari yaxshi о‘sib 
rivojlanmaydi. Begona о‘t urug‘lari xosildorlikni keskin pasaytiradi va donning sifatini buzadi. Begona 
о‘tlar urug‘lari yig‘im-terim davrida asosiy о‘simlik donlariga qо‘shilib ketadi va don massasini 
ifloslantirib yuboradi, don massasining sifati pasayadi. Shuning uchun donlar saqlashga 
joylashtirilishidan oldin yaxshilab tozalanishi lozim. Donning sifati va saqlanuvchanligi kо‘p jihatdan 
yig‘im-terim jarayonlariga bog‘liqdir. Mazkur jarayonlar qanchaliik sifatli tashkillashtirilsa hosil sifati 
va miqdori shuncha yuqori bо‘ladi. Yig‘im-terim ishlarini о‘z vaqtida va qisqa muddatda tugallash, 
nobudgarchilikning oldini olish, don ekinlaridan mо‘l hosil yetishtirishning asosiy garovidir. [1,2,3,4]. 
Mamlakatimizda don ekinlari tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri yig‘ib olish usulida amalga oshiriladi. Tо‘g‘ridan-
tо‘g‘ri yig‘ib olish usulida terim muddatini mumkin qadar qisqartirish lozim,bu esa yuqori hosil tо‘plash 
garovi hisoblanadi. Terim muddati qanchalik chо‘zilib ketsa, donlar tо‘kila boshlaydi va 
nobudgarchilikni keltirib chiqaradi. Donli ekinlari asosan mexanizatsiya yordamida yig‘ishtirib olinadi. 
Mexanizatsiya turi, ishlash prinsiplari va markalari donning sifati va xususiyatlariga katta ta’sir 
kо‘rsatadi. Donni iloji boricha mexaniq shikast yetkazmay, begona aralashmalarsiz yig‘ib olish lozim 
hozirgi kunda mamalakatimizda donni sifatli yig‘ishtirib olish uchun zamonaviy ilg‘or texnologiyalar 
joriy qilingan. Jumladan, Amerikaning ”Keys” kompaniyasining zamonaviy, yuqori samaradorlikka ega 
bо‘lgan kombaynlaridan mexanizatsiya ishlarida keng kо‘lamda foydalanilmoqda. 
Don mahsulotlarini qayta ishlash korxonalariga topshirishdan oldin don dastlabki saqlash uchun 
xо‘jaliklar omborxonalariga yoki xirmonlarga joylashtiriladi. Bu bosqich don partiyasiga bog‘liq holda 
bir necha soat va sutkadan bir oygacha va undan ortiq bо‘lishi mumkin. [1,2]. 
Donni dastlabki saqlashda zararkunandalar bilan zararlanishi, namlanib qolishi va 
mikroorganizmlar rivojlanishidan juda ham ehtiyot qilish lozim. Yuqoridagilarga bog‘liq holda don 
ishlab chiqarish korxonalariga turli xolat va sifat kо‘rsatkichlariga ega bо‘lgan xolda keltiriladi. 
Keltirilgan don massasiga mas’uliyatli munosabatda bо‘lish talab etiladi. Qabul qilingan don tо‘g‘ri 
analiz qilinishi va sifati bо‘yicha aniq ajratilishi lozim. Bundan tashqari ularga xujjatlarni 



Download 5.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   346




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling