O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo-texnologiya instituti shahrisabz filiali «oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan foydalanish


“Oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan


Download 5.03 Kb.
Pdf ko'rish
bet106/346
Sana08.11.2023
Hajmi5.03 Kb.
#1756627
TuriСборник
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   346
Bog'liq
TKTI-Shahrisabz-konfrensiya-2022

“Oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan 
foydalanish muammolari” ilmiy-amaliy anjumani Shahrisabz-2022 yil 22-23 aprel 
102 
SUT VA SUT MAHSULOTLARINI ORGANOLEPTIK KO‘RSATKICHLARINI 
ANIQLASH VA UNING ICHAK ESHERIXOZI KASALLIGINI OLDINI OLISHDAGI 
ROLI. 
 
Samarqand Davlat Tibbiyot Instituti, ass. Mamurova Nigora Normuratovna, 
bakalavr. Maydonov Bahodir Botir o’g’li. Tibbiy profilaktika 502 gr. 
Sut oqsillari yuqori biologik qiymatga ega va 98% hazmlanadi. Ularda optimal 
muvozanatlashgan almashtirilmas aminokislotalarning butun boshli to‘plami mavjud. Shu bilan birga 
sigir suti echki, qo‘y yoki biya sutidan farqli o‘laroq, birozgina oltingugurtli aminokislotalar 
tanqisligiga egadir. Sut oqsillari tarkibiga kazein (barcha oqsillarning 82 % ga yaqini), laktoalbumin 
(12 %) va laktoglobulin (6 %) kiradi. Kazein – sutning asosiy oqsili – bu fosfoproteindir, uning 
tuzilishida fosfor kislotasi oksiaminokislotalar (serin, treonin) bilan murakkab efir tashkil etadi. 
Kazein, shuningdek, kalsiy va fosfor bilan yagona majmua tashkil etib, ularning biologik 
ommabopligini oshiradi. Laktoalbuminlar va laktoglobulinlar zardobdagi va issiqlik ishlovi 
berilmagan sutdagi oqsillarning fraksiyalariga mansub bo‘lib, antibiotik faollik tashuvchilari bo‘ladi. 
Yuz berish ehtimol bo‘lgan allergik ko‘rinishlar ko‘proq darajada aynan shu albuminlar va globulinlar 
bilan bog‘liqdir. Biya va eshak sutlarida kazein kam (50 % dan kamroq) va laktoalbuminlar ko‘proq 
bo‘ladi. 
Tashqi ko‘rinishi. Sut begona qo‘shimchalarsiz va (xashak, go‘ng, jun, qon, yiring va hk.) 
cho‘kmalarsiz bo‘lishi kerak. 
Konsistensiyasi. Suyuq to‘kiluvchan. Mikroorganizmlar bilan bog‘liq shilimshiqli achish 
jarayoni boshlangan bo‘lsa, sut shilimshiqli cho‘ziluvchan konsistensiyaga ega bo‘ladi. Bunday sut 
iste’molga yaroqsiz hisoblanadi. 
Rangi. Sutning rangi oq fonda stakanda aniqlanadi.Tabiiy sutning rangi oq - sarg‘imtir bo‘ladi. 
Suv qo‘shilgan, yog‘i olingan sut ko‘kimtir rangga ega bo‘ladi. Qizil rang esa sutda qon aralashmalari 
borligi yoki hayvonga berilayotgan ovqatga bog‘liq bo‘ladi. 
Hidi. Yangi sut o‘ziga xos hidga ega bo‘lishi, begona, yoqimsiz hidlarga ega bo‘lmasligi kerak. 
Begona hidlar sutni noto‘g‘ri saqlash jarayonida paydo bo‘lishi mumkin (sutni kerosin, sovun, seld va 
boshqa o‘tkir hid taratuvchi mahsulotlar bilan birga saqlash natijasida). 
Mazasi. Sutning ta’mi o‘ziga xos xushbuy, ozgina shirinroq (uglevodlarning hisobiga), begona, 
yoqimsiz ta’mlar bo‘lmasligi kerak. 
Ichak esherixiozlari – ichak tayoqchalarining patogen shtammlari chaqiradigan, fekal-oral 
mexanizmi bilan yuqadigan, umumiy intoksikatsiya va ich ketish alomatlari bilan kechadigan bir guruh 
yuqumli kasalliklardir. 
Yuqish mexanizmi – fekal-oral. Kasallik qo‘zg‘atuvchisining turiga qarab asosiy yuqish yo‘llari 
har xil bo‘lishi mumkin. EPIT chaqiradigan kasalliklarda asosiy yuqish mexanizmi, maishiy-muloqot 
mexanizmi bo‘lib, kasallik asosan chaqaloqlarni parvarish qiladigan kishilarning qo‘li orqali yuqadi. 
Shuningdek, kasallik o‘yinchoqlar, so‘rg‘ich, qoshiq va boshqa predmetlar orqali yuqishi mumkin. 
Kasallik, asosan, ifloslangan ovqat, sut mahsulotlari orqali yuqadi, bu kasallikning suv omili orqali 
tarqalishi deyarli kuzatilmaydi, chunki chaqaloqlarga, odatda, qaynatilmagan suv berilmaydi. 
EIIT chaqirgan esherixiozlar, asosan, oziq-ovqat mahsulotlari orqali yuqadi. Asosiy yuqtirish 
omili ham zararlangan oziq-ovqat mahsulotlari hisoblanadi. Shuningdek, ushbu ichak tayoqchalari 
chaqiradigan kasalliklar suv omili orqali, ba’zida maishiy-muloqot yo‘li bilan ham tarqalishi mumkin. 
ETIT chaqiradigan esherixiozlar, asosan, suv orqali tarqaladi, ba’zida oziq-ovqat va maishiy-
muloqot yo‘li bilan tarqalishi mumkin. 
 
Kasallik chaqiradigan patogen ichak tayoqchalariga nisbatan odamlardagi tabiiy moyillik har xil. 
EPITlariga chaqaloqlar va nimjon bolalar ko‘proq moyil. Bemor bilan muloqotda bo‘lgan bolalarning 
35% da bakteriya tashuvchilik rivojlanadi. Kasallikdan keyin ichak tayoqchasining turiga nisbatan 
immunitet qoladi. 



Download 5.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   346




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling