O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo-texnologiya instituti shahrisabz filiali «oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan foydalanish


Download 5.03 Kb.
Pdf ko'rish
bet104/346
Sana08.11.2023
Hajmi5.03 Kb.
#1756627
TuriСборник
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   346
Bog'liq
TKTI-Shahrisabz-konfrensiya-2022

Foydalanilgan adabiyotlar 
1. “Овқатланиш гигиенаси фанидан ўқув қўлланма” профессор Г.И. Шайхова таҳрири 
остида// Тошкент – 2014 
2. mt.sammi.uz//Личный кабинет//Tibbiy profilaktika fakulteti//5-kurs//Ovqatlanish gigiyenasi// 
Konserva va konserva maxsulotlarini gigiyenetik tekshirish 
3. 
Epidemiologiya. 
O.M 
Mirtazaev//Toshkent-2016 
4. 
https://mymedic.uz/kasalliklar/infektsion/botulizm/ 


“Oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan 
foydalanish muammolari” ilmiy-amaliy anjumani Shahrisabz-2022 yil 22-23 aprel 
100 
OZIQ-OVQАT MАHSULOTLАRINI GIGIENIK TEKSНIRISН EKSPERTIZASI 
VA SALMONELYOZ KASALLIGINI OLDINI OLISHDAGI ROLI. 
 
Samarqand Davlat Tibbiyot Instituti, ass. Mamurova Nigora Normuratovna,
bakalavr. Maydonov Bahodir Botir o’g’li. Tibbiy profilaktika 502 gr. 
Oziq-ovqat mahsulotlarini sanitar tekshirishdan oʼtkazish sanitar-epidemiologiya xizmati 
faoliyatining asosiy yoʼnalishlaridan biri hisoblanadi. Аholi salomatligini saqlash maqsadida aholi 
ovqatlanishi nazorat qilinadi. Аholi salomatligi uchun mahsulotning ozuqaviy quvvatini va uning 
zararsizligini aniqlash sani- tar-gigienik tekshirishning asosiy vazifalaridan biridir. Sanitar-gigienik 
tekshirish oʼtkazganda mahsulotning organoleptik xususiyatlari aniqlanadi, uning gigienik 
koʼrsatkichlar va talablarga mos kelishi, kimyoviy tarkibi oʼzgarishi va sababi, bakterial zararlanishi 
va infektsiya manbalarining yuqishidagi oʼrni va ovqatdan zaharlanishning mavjudligi, shuningdek, 
saqlash sharoitlari oʼrga- niladi. Shuningdek, mahsulot tarkibi, uning oʼzgaruvchanligi, uni qayta 
ishlash yoki yoʼq qilinishi oʼrganiladi. 
Oziq-ovqat mahsulotlarini sanitar-gigienik tekshirish ama- liyotda murakkab va masʼuliyatli 
jarayon hisoblanadi. Bu soha har taraflama bilim va ularni turli vaziyatlarda qoʼllay olishni talab etadi. 
Bularga laboratoriya tekshiruv usullarini bilish va bu usullarni toʼgʼri qoʼllay olish kiradi. Sanitar 
tekshiruvlarning qiyin vaziyatlarida sanitar shifokor boshqa mutaxassislarni (mik- robiolog, mikolog, 
toksikolog, veterinar vrachlari va b.) jalb qiladi. Yuqoridagilarga asosan oziq-ovqat mahsulotlarini 
gigienik tekshirishdan toʼgʼri oʼtkazish ovqatlanish gigienasi shifokori faoliyatida muhim oʼrin tutadi. 
Ko’pincha ichak infektsiyalari ijtimoiy-iqtisodiy sharoit noxush bo’lgan, sanitariya-gigiena 
qoidalariga amal qilish ko’rsatkichi past bo’lgan hududlar uchun xos bo’lgan kasallik deb hisoblanadi. 
Biroq bu salmonellyozga taalluqli emas, chunki u ko’pincha sanitariya-gigiena yaxshi tashkil etilgan 
katta shaharlarda va kichik aholi punktlarida ham, ya’ni hayvonlar yoki oziq-ovqat mahsulotlari 
mavjud bo’lgan joylarda bir xilda uchraydi. 
Salmonellyoz xavfli yuqumli kasallik bo’lib, o’limga olib kelishi mumkin. Umumiy o’lim 
darajasi 1-3% ni tashkil qiladi. Kasallikdan ko’proq bolalar aziyat chekadi va ularda kasallikning og’ir 
shaklda kechish ko’rsatkichi yuqori bo’ladi, buning natijasi o’laroq 2-3 yoshgacha bo’lgan chaqaloqlar 
orasida o’lim darajasi 3-5% gacha yetishi mumkin. Bundan tashqari, kasallikning o’tkir shaklida 
bemorlarning 1-2 foizida o’lim kuzatilsa, infektsiyalanganlarning 20 foizida kasallik alomatlarsiz 
kechadi. 
Kasallik yuqishi hayvonlarni parvarishlash, go’shtni qayta ishlash zavodlarida so’yish 
jarayonida, shuningdek, tirikligida yoki o’limdan keyin infektsiyalangan hayvon go’shtini iste’mol 
qilishda uchraydi. Sut va sut mahsulotlari ham infektsiya manbai sanaladi. 
Mushuk va itlarning 10 foizga yaqinida salmonellyoz tashuvchanligi qayd etiladi. Sinantrop 
kemiruvchilarda bu ko’rsatkich 40% gacha yetadi. Yovvoyi ko’cha qushlarida (kabutarlar, 
chumchuqlar, chaykalar) orasida kasallik keng tarqalgan. Qushlar najasi bilan atrof-muhit ob’yektlarini 
ifloslantirib, patogenning tarqalishiga yordam beradi. 
Salmonellyoz - zooantroponoz, ya’ni xam xayvonlarda, xam odamlardan yuqadigan va 
ko‘pincha gastroenterit simptomlari bilan, ba’zi xollarda esa tarqoq infeksiya belgilari bilan 
ta’riflanadigan o‘tkir yuqumli ichak kasalligidir. 
Salmonellyoz muloqot yo‘li bilan xam yuqishi mumkin. Bunda u salmonellalar bilan ifloslangan 
idish tovoqlar, o‘yinchoqlar va boshqa buyumlar orqali yuqadi. Va nixoyat, salmonella havo-chang 
orqali yuqishi xam mumkin, chunki salmonellalar 20-25 darajali haroratda 80 kunga qadar tirik saqlana 
oladi. Yoz va kuz oylarida salmonellalar bilan ifloslangan biror ovqatni birdaniga ko‘p odam iste’mol 
qilishi natijasida (masalan, to‘y-xashamda) salmonellez ba’zan epidemiya ko‘rinishida uchraydi. O‘sha 
ovqatdan iste’mol qilganlarning deyarli xammasi bir-ikki kun ichida kasallanadi. 
Salmonellyoz yil davomida uchrab turadi, lekin yoz oylarida ko‘payadi. Bunga oziq – ovqat 
mahsulotlarining saqlanish sharoitining yomonlashishi sabab bo‘ladi. 
Go‘dak yoshdagi bolalarda shifoxona ichi salmonellyozi uchraydi. 



Download 5.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   346




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling