O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo-texnologiya instituti shahrisabz filiali «oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan foydalanish


muammolari” ilmiy-amaliy anjumani Shahrisabz-2022 yil 22-23 aprel


Download 5.03 Kb.
Pdf ko'rish
bet112/346
Sana08.11.2023
Hajmi5.03 Kb.
#1756627
TuriСборник
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   346
Bog'liq
TKTI-Shahrisabz-konfrensiya-2022

muammolari” ilmiy-amaliy anjumani Shahrisabz-2022 yil 22-23 aprel 
108 
OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHDA ULARGA QO'YILADIGAN 
DAVLAT STANDARTLARI 
Abdugofurov Shohjaxon Muhammadqobul o’g’li. 
Komilov Elshod Rasuljon o'g'li. 
Andijon davlat universtiteti Tabiiy fanlar fakulteti talabalari. 
 
Anotatsiya. Hozirgi kunga kelib oziq-ovqat sanoati jadal rivojlanib bormoqda. Aholini oziq-ovqat 
bilan ta'minlashda uning sifat ko'rsatgichlari, holati, davlat standarti talablarga qay darajada javob berishi 
qat'iy tartibda nazorat qilib boriladi. Batafsil aytadigan bo'lsak, shuni ta‘kidlash orinliki, oziq-ovqat 
xavfsizligini ta‘minlash bilan bog‘liq normativ-hujjatlarda xalqaro standartlarga mos qoidalar 
o'rnatilgan bo'lsada, lekin ularni qat'iy tartibda nazorat qilishni talab qiladi. Bu borada ISO 22000 oziq-
ovqat xavfsizligining yagona standarti bo‘lib, u turli milliy standartlarni amalga oshirish oson va jahon 
miqyosida e’tirof etilgan, tushunarli talablar to‘plamiga birlashtiradi. 
Abctract. Today, the food industry is developing rapidly. In providing the population with food, 
its quality indicators, condition, the extent to which it meets the requirements of state standards are 
strictly controlled. In particular, it is important to note that food safety regulations are in line with 
international standards, but require strict oversight. In this regard, ISO 22000 is the only standard of 
food safety, which combines various national standards into a set of requirements that are easy to 
implement and globally recognized. 
 
Kalit so'zlar. Oziq-ovqat xavfsizligi, ISO 22000 standarti, SMT, davlat standartlari. 
Keywords. Food safety, ISO 22000 standard, SMT, state standards. 
Kirish. Soʻnggi yillarda mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, qishloq xoʻjaligi 
mahsulotlari sifatini va eksport salohiyatini oshirishga boʻlgan yondashuv mutlaqo oʻzgardi, davlat 
siyosatining ustuvor yoʻnalishiga aylantirildi.
Aslida oziq-ovqat xavfsizligi juda keng tushuncha bo’lib, u, eng avvalo, aholi ehtiyojini fiziologik 
me’yorlarga mos ravishda iste’mol tovarlari bilan ta’minlashni nazarda tutadi. Biroq keyingi paytda 
oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining o’sishi aholi soni va ehtiyojlarining ortishidan orqada 
qolayotgani, ayniqsa, qishloq xo’jaligi hamda qayta ishlash sanoati rivoji uchun yetarli sharoit mavjud 
bo’lmagan mamlakatlarda muammo tobora chuqurlashib borayotgani tashvishlanarlidir. 
Bunday paytda O’zbekistonimizda aholining muhim kundalik iste’mol tovarlariga bo’lgan talabi 
to’liq qondirilibgina qolmay, katta miqdorda eksport qilinayotgani tahsinga loyiq. Bu esa 
mamlakatimizda oziq-ovqat mahsulotlarini sifatini nazorat qilib borish borasida qabul qilingan qonun 
qoidalar naqadar ahamiyatli ekanligini ko'rsatadi. 

Download 5.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   346




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling