“Oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan foydalanish
muammolari” ilmiy-amaliy anjumani Shahrisabz-2022 yil 22-23 aprel
109
Oziq-ovqat mahsulotlarini sifatini tajribasi shuni ko‘rsatadiki, ISO 22000 standarti talablariga
muvofiq tizimni ishlab chiqish va joriy etish quyidagi shartlar bajarilganda eng samarali hisoblanadi:
- yaxshi ishlab chiqilgan va boshqariladigan zaruriy
tizimlarning mavjudligi;
- yaxshi SMТdan foydalanish;
- oziq-ovqat xavfsizligi va uni doimiy takomillashtirishga qaratilgan boshqaruv madaniyatining
mavjudligi.
ISO 22000 sertifikati yakuniy mahsulot xavfsizligiga ta’sir qiluvchi oziq-ovqat ishlab chiqarish va
ta’minot zanjirining barcha elementlarini qamrab oladi. Standart oziq-ovqat
xavfsizligini boshqarish
tizimlariga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi. ISO 22000 oziq-ovqat xavfsizligining yagona standarti
bo‘lib, u turli milliy standartlarni amalga oshirish oson va jahon miqyosida e’tirof etilgan, tushunarli
talablar to‘plamiga birlashtiradi. Bu jahon miqyosida tan olingan standart qishloq xo‘jaligidan tortib
oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash va ovqatlanishgacha bo‘lgan ta’minot zanjiridagi barcha tashkilotlar
tomonidan qo‘llanilishi mumkin.
ISO 22000 sertifikatining afzalliklari oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish zanjiri bo‘ylab
mahsulotlarni sotish
jarayonini soddalashtirish, oziq-ovqat xavfsizligi standartlariga muvofiqligini
namoyish etish orqali ularning raqobatbardoshligini oshirish, tahdidlarni nazorat qilish va kamaytirish
hamda oziq-ovqat xavfsizligiga sodiqligini tasdiqlashdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: